Намуна (Образец)


 Kontrolling xizmatini tashkil etish



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/113
Sana11.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#490359
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113
Bog'liq
1 - NAZARIYA VA AMALIYOTDA KB

19.4. Kontrolling xizmatini tashkil etish 
Korporatsiyada kontrolling xizmatini kimlar olib borishi va kimlar tatbiqni 
tashkil etishi tayyorlov bosqichida amalga oshiriladi. Agar bu vazifalar bilan 
korporatsiya rahbari shug‘ullansa, taklif qilinayotgan ekspress tahlilga zarurat 
bo‘lmaydi. Bunga asos, korporatsiya rahbarining korporatsiya holati haqidagi 
asosiy tushunchalari, korporatsiya bo‘linmalarining faoliyat ko‘rsatishi, tezkor 
axborotning kim tomondan to‘planishi va taqdim etilishi, qanday hujjatlar qanday 
muddatlarda kimlar uchun tayyorlanayotganligi, xarajatlar holati va kim tomonidan 
tahlil etilayotganligi va byudjet tuzishilganligi hamda uning ijrosi kim tomondan 
nazorat qilinayotganligi hisoblanadi. Korporatsiyada kontrolling xizmati bo‘limini 
yaratishda quyidagi asosiy talablarni hisobga olish zarur: 
1.
Kontrolling xizmati bo‘limi zarur axborotni buxgalteriya, moliya 
bo‘limi, reja-iqtisodiyot bo‘limi, mahsulot sotish bo‘limi va moddiy- texnika 
bo‘limidan olish imkoniga ega bo‘lishi kerak. 
2.
Kontrolling xizmati bo‘limi korporatsiyaning boshqa iqtisodiy 
bo‘limlari yordamida tahlil va xulosalar uchun talab etiladigan qo‘shimchalarni 
to‘plash maqsadida imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak. 
3.
Kontrolling xizmati bo‘limi doimiy asosda tahliliy axborotlarni 
to‘plashning yangi vazifalarini tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
4.
Kontrolling xizmati bo‘limi korporatsiyaning yuqori rahbariyatiga 
axborotlarni zudlik bilan etkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
5.
Korporatsiyaning kontrolling xizmati bo‘limi u yoki bu moliyaviy-
iqtisodiy bo‘limiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. 


229 
YUqorida keltirilgan talablarga mos ravishda korporatsiyaning tashkiliy 
tuzilmasida kontrolling xizmati bo‘limiini yaratish va uning o‘rnini belgilashning 
mumkin bo‘lgan variantlari paydo bo‘ladi. 
Kontrolling xizmati o‘z faoliyatining birinchi bosqichida 3-4 kishidan iborat 
bo‘lgan ishchi guruhga ega bo‘lib, bu guruh analitik xizmat vazifasini bajaradi va 
korporatsiya rahbarlarini korporatsiyadagi xarajatlar haqidagi tezkor axborot bilan 
ta’minlaydi, analitik hisobotlarni tuzadi, korporatsiyaning moliyaviy-iqtisodiy 
holati ko‘rsatkichlarini prognoz qiladi, xarajat va foydalarga bog‘liq bo‘lgan 
boshqaruv echimlarini ekspertiza qiladi va reja-iqtisodiy bo‘limida rejalashtirish 
uslubiyatini tartibga soladi. SHunday qilib, kontrolling xizmati bo‘limi ushbu 
faoliyat muddati davomida umumiy iqtisodiy axborot hajmiga murojaat etish 
imkoniga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislardan iborat bo‘ladi. 
Moliyaviy-iqtisodiy xizmat bo‘limi kabi kontrolling xizmati bo‘limi ham 
o‘zining yaratilish muddati davomida boshqa xizmat bo‘limlari bilan aloqalar 
o‘rnatadi, axborot hamkorligini tartibga soladi hamda amallarning aniq bo‘linishi 
amalga oshadi. 
Kontrolling xizmati bo‘limining korporatsiya bosh rahbariga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri bog‘liqligini ta’minlash zarur va bunda kontrolling xizmati bo‘limi boshlig‘i 
boshqa moliyaviy-iqtisodiy xizmat bo‘limlari boshliqlariga nisbatan mustaqillikka 
erishadi. 
Kontrolling xizmati bo‘limi boshqa moliyaviy, iqtisodiy bo‘limlardan farqi 
shundaki, iqtisodiy vazifalarni takomillashtirish amal (strategik masala)larini hal 
etadi. 
Kontrolling xizmati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1. Xususiyatlari o‘lchanmaydigan jarayonlar, parametrlar va holatlarni 
takomillashtirish mumkin emas.
2. Biznes - jarayonlar bajarilishini nazorat qilib borish kerak va normadan 
parametrlarning ixtiyoriy og‘ishlarini o‘z vaqtida tartibga solish. Har bir jarayon 
uchun miqdoriy va sifat qiymatlari (natijaviy muhim ko‘rsatkichlar (KPR)) 
aniqlangan bo‘lishi kerak. 


230 
Kontrolling xizmatini tashkil qilish va uni samarali bajarilishi uchun mos 
keluvchi AT echimlar zarur bo‘lib, ular avvaldan ma’lum bo‘lgan muhim natijaviy 
ko‘rsatkichlarni muddatli o‘lchash asosida biznes jarayonlarning sifati va 
natijaviyligini baholash imkonini beradi. 
Kontrolling xizmatini tashkil etishda quyidagi to‘rt bosqichdan 
foydalaniladi: rejalashtirish, tatbiq etish, kontrolling va takomillashtirish. 
Korporatsiyalar ko‘p xollarda fakat ikki bosqichdan, ya’ni jarayonni rejalashtirish 
va uni tatbiq etishdan foydalanadilar. Bunda quyidagi salbiy holatlar mavjud 
bo‘lishi mumkin, ya’ni boshqaruv sikli yopik emasligi, biznes jarayonlar bajarilishi 
samaradorligining to‘laqonli nazorati mavjud emasligi hamda o‘zgaruvchan ichki 
va tashqi sharoitlarga jarayonlarning moslashuvchanligi va ularning tahlili mavjud 
emasligi. SHuning uchun jarayonlar kontrolling xizmati quyidagi bosqichlar 
asosida amalga oshiriladi: 
5.
Jarayonlarda natijalarni nazorat qiluvchi ko‘rsatkichlar va nazorat 
nuqtalarini aniqlash. 
6.
Natijaviy ko‘rsatkichlarni statistik qayta ishlash va monitoringini o‘tkazish. 
7.
Monitoring natijalarini tahlil qilish, ya’ni amaldagi va reja ko‘rsatkichlarini 
taqqoslash hamda og‘ishlar sabablarini aniqlash. 
8.
Aniqlangan kamchiliklar asosida kompaniya faoliyati bo‘yicha tekshiruv 
xulosa va dalolatnomalarini tuzish hamda rasmiylashtirish. 
9.
Tekshiruv xulosa va dalolatnomalar asosida rahbariyatga tegishli choralarni 
ko‘rish uchun taqdim etish. 
Kontrolling xizmatida korporatsiyada biznes jarayonlar samaradorligi 
darajasining zaruriy holatiga erishish va jarayonlar kontrollingini samarali tatbiq 
etish uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: 
1.
Biznes jarayonlardagi kamchiliklarni aniqlash. 
2.
Biznes jarayonlardagi vaqtni tejash va xarajatlarni qisqartirish imkonini 
beruvchi bo‘g‘inlarni aniqlash. 
3.
Biznes jarayonlarning imkoniyatlarini bajariladigan hajmiga mos 
kelishini tekshirish, biznes jarayonning qismlarini bajarilishini rejalashtirilgan 


231 
vaqtga amal qilishni tekshirish. 
4.
Rejalashtirilgan biznes jarayonlar bajarilishida xarajatlarning aniq 
darajalari mosligini tekshirish. 
5.
Biznes jarayonlar bajarilishi uchun rejalashtirilgan manbalarning kerakli 
miqdori ta’minlanganligiga ishonch hosil qilish. 
Kontrolling xizmatida to‘plangan ma’lumotlar kontrolling tizimi 
ma’lumotlar bazasida birlashtiriladi va tizimga joylashtirilgan muhim natijaviy 
ko‘rsatkichlarning maqsadli qiymatlarini hisobga olgan holda tahlil qilinadi. 
Biznes jarayonlar kontrollingini tashkil etish uchun mo‘ljallangan 
maxsuslashtirilgan tizimlar amaliyoti o‘z ichiga quyidagi bloklarni oladi: 
6.
XML - adapterlar (agentlar) ular turli axborot tizimlarida ko‘rsatkichlarni 
to‘plash va qayta shakllantirishni ta’minlaydilar. 
7.
Process Warehouse - (KRP ma’lumotlar bazasi) ular muhim natijaviy 
ko‘rsatkichlar qiymatlarini to‘plashni ta’minlaydilar. 
8.
Frontend - (tahlillar bloki) ular foydalanuvchilar uchun jarayonlarni 
natijaviyligi va samaradorligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish imkoniyatini 
ta’minlaydilar. 
9.
Report - (hisobotlar) ular foydalanuvchilar so‘rovlari bo‘yicha turli analitik 
hisobotlar yaratilish imkoniyatini beradilar. 
Korporatsiyada samarali biznes jarayonlarni amalga oshirish uchun albatta 
kontrolling xizmati kerak va ushbu xizmatda axborot oqimlarining zamonaviy 
avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanilishi yo‘lga qo‘yilishi zarur. Kontrolling 
xizmatining vositalarini amaliyotda keng miqyosda tatbiq etilishi korporatsiya 
darajasida jarayonlar boshqaruvining ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasiga 
ega bo‘lishga va samarali biznes jarayonni amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish