2.2. Korporativ boshqaruvning Germaniya modeli
Bugungi kunda bir qancha mamlakatlarda korporativ boshqaruv tizimi joriy
etilmoqda. Chunki barcha tomonlarning manfaatlari himoya qiladigan bu tizim
barcha davlatlar tajribasida o‘zini oqlab kelmoqda. Korporativ boshqaruv
andozalarini joriy etishning iqtisodiy jihatlari, korporatsiyalar boshqaruvining
samarali tizimini shakllantirish, boshqaruvning tamoyillari, uni tuzishishga ta’sir
etuvchi omillar kabi masalalar hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi. Boshqaruv
organlari tuzilmalari va ular faoliyatini tashkil qilishning turli modellarini
baholashda, har bir model o‘zining kuchli va zaif tomonlariga ega ekanligini
tushunish muhimdir. Agar tizimlar mos ravishdagi boshqaruvi bilan o‘zlari
joylashgan ayni bir ijtimoiy tizimning huquqiy, madaniy va ijtimoiy-iqtisodiy
mohiyatiga monand bo‘lsa, ularning har biri ham samarali bo‘lishi mumkin.
Boshqa davlatlardagi korporativ boshqaruv tizimi singari Germaniyada ham
korporativ boshqaruv tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi o‘zining yaqqol isbotini
topib kelmoqda. Shuni ham ta’kidlash joizki, Germaniyada korporativ boshqaruv
tizimida aksiyadorlik kapitalining katta qismi boshqa kompaniyalar egaligida
turadi: umumiy kapitalining yarmidan ko‘pini bir-birining aksiyalariga egalik
qilish tizimi o‘z ichiga oladi. SHaxsiy investorlar bu modelida ikkinchi yirik
investorlar guruhini tashkil qilsa ham (nemis kompaniyalari umumiy aksiyalarning
taxminan 16%iga egalik qiladi) ular aksiyalarining ko‘p qismi sertifikat
ko‘rinishiga ega bo‘lib, bu sertifikatlar ularning egalari topshirig‘iga ko‘ra, xususiy
aksiyadorlar aksiyalarining juda katta qismi jamlangan banklar tomonidan
boshqariladi. SHuning uchun, Germaniya kompaniyalarini erkin sotuvda bo‘lgan
aksiyalarining juda katta ulushi (90% dan ortig‘i) tashkilot-investorlar tomonidan
boshqariladi (o‘zlari aksiya egalari bo‘lmasa ham). Nemis kompaniyalarining
23
aksiyadorlik kapitali yirik aksiyadorlarning o‘zida jamlangan. Buning natijasida
nemis mulkdorlari va kapitalni boshqaruvchi moliya institutlari o‘z kompaniyalari
bilan ish munosabatlarida ancha yaqin bo‘ladilar. Oqibatda ular mulkchilik
huquqlaridan faol foydalanishdan va kompaniya faoliyati ustidan nazorat qilishga
qatnashishdan ko‘proq darajada manfaatdor bo‘ladilar.
Germaniya korporativ boshqaruvi tizimiga ta’sir o‘tkazuvchi yana bir omil
bu, yuqorida ta’kidlanganidek, huquqiy asoslar bo‘lib, bu tizim o‘zgargan normativ
muhit sifatida kirib keldi. Natijada Germaniya nazorat organlari bozorlashgan
moliyalashtirishni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan bir nechta qarorlar qabul
qilishiga to‘g‘ri kelgan. Moliya va qonun ekspertlari davlat qonunlari va qarorlari,
uning korporativ moliyalashtirish tajribasi, uning korporativ boshqaruv tizimi
o‘rtasidagi aloqani rivojlantirish borasida bir nechta uslublar ishlab chiqdilar.
Bundan tashqari, Germaniya korporativ boshqaruv tizimida islohotlarni
amalga oshirishda huquqiy qarorlardan biri bu minoritar aksiyadorlarning
huquqlarini mustahkamlashdan iboratdir. Minoritar aksiyadorlar huquqlarini
mustahkamlashda ovoz berishning ko‘p tarmoqliligidan foydalanishnn bekor
qilindi. Shuningdek, yopiq sotuvlarni nazorat qilina boshlandi. SHuningdek,
qimmatli qog‘ozlar savdosi uchun Federal Nazorat Organi tashkil qilindi,
keyinchalik bu organ Federal Moliyaviy Nazorat Organining bir qismiga aylandi.
Natijada aksiyadorlar 1990-yillarning boshlariga nisbatan huquqiy himoyaga ega
bo‘ldilar. CHunki 1990-yillarda Germaniyadagi aksiyadorlarni himoya qilish
boshqa Evropa davlatlariga qaraganda ancha zaif hisoblanar edi.
Bundan tashqari, ichki boshqaruv organi, ya’ni Kuzatuv kengashi faoliyati
ancha rivojlantirilib yaxshilandi. Bunda, nafaqat ularning javobgarligini oshirish,
balki ijrochi bo‘lmagan direktorlarning potensial layoqatini oshirishga erishildi.
Kuzatuv kengashi faoliyati tubdan o‘zgarib, kengash a’zolari muhim vazifalarni
bajaruvchi javobgar shaxslar deb belgilandi.
Shu bilan birgalikda, Germaniya hukumatining huquqiy qarorlarining asosiy
maqsadi bu nemis kompaniyalarida aksiyadorlar bazasini kengaytirish bo‘lgan.
Xuddi mana shu nuqtada o‘z ta’sir doirasiga ega bo‘lgan ikkinchi omil ya’ni,
24
investorlar omili o‘z kuchini ko‘rsatardi. Avvalo, Germaniyada uy xo‘jaliklari
aksiya bozorlarida investitsiya kiritishni hohlamagan. 1990-yillarda 171 ta nemis
kompaniyalarining 85% ining ovoz beruvchi aksiyalarining 25% i bir kishiga
tegishli edi. Bu kompaniyalarning 57% ida ovoz beruvchi aksiyalarning yarmidan
ko‘piga egalik qiluvchi aksiyadorlar mavjud. Bu esa, o‘z navbatida,
samaradorlikning pasayishiga olib kelgan. Chunki qarorlar majoritar aksiyadorlar
tomonidan qabul qilinar edi va qaysidir ma’noda, kompaniyalar ularning qo‘llarida
bo‘lgan. Ammo bulardan voz kechishda ikkita muammoni hal qilishga to‘g‘ri
kelardi. Birinchi asosiy muammo - bu nafaqat banklarni o‘rnini egallash, balki
korporativ sektorni mablag‘ bilan ta’minlaydigan “yangi“ investorlarni topish
hisoblanar edi. Bunda, bitta echim ya’ni chet ellik investorlarni jalb qilish edi.
Ammo ushbu harakatlarda ham bir qancha muammolar kelib chiqdi. Bularni qal
qilish uchun Nemis Korporativ Boshqaruv Kodeksi 2002-yilda ishlab chiqildi va
unda ikkita asosiy maqsad belgilandi. Ushbu maqsadlar quyidagilarni tashkil etadi.
Birinchidan, xalqaro investorlar uchun nemis kompaniyalari tajribalari va
hukumatning muhim siyosatlarini oshkoraligini mavjduligi hamda nemis
kompaniyalari raislari uchun korporativ boshqaruvning eng yaxshi xalqaro tajriba
qoidalari bilan ta’minlanishiga erishish ko‘zlangan edi va bunga erishildi.
Ikkinchidan, amalda bo‘lgan soliq rejimi korporativ boshqaruvga katta ta’sir
ko‘rsatardi. Mana shu nuqtada, solik siyosati korporativ boshqaruv rivojiga turtki
bo‘la oldi. SHuni ta’kidlash joizki, aksiyadorlar ancha yillardan beri o‘zlarining
aksiyalariga egalik qilishardi va mos ravishda, daromad darajalari ham yildan-yilga
oshib borardi. O‘z navbatida, ular davlatga katta miqdordagi soliqlarni ham to‘lab
borardilar. Bu muammoni hal qilish maqsadida, Germaniya Ijtimoiy Demokratlari
2001-yilda korporatsiyalarga soliq to‘lashdan ozod qilingan holda, aksiyalarini
sotishga ruxsat beradigan “Soliqlarni kiskartirish to‘g‘richida”gi qonunni qabul
qildi. Banklar tomonidan ushlab turilgan raislik o‘rinlari soni ham keskin tushib
ketdi va shu sababli banklar korporativ sektorga ta’sir qiluvchi ikkita muhim rolini
yo‘qotishiga to‘g‘ri keldi.
25
Umuman olganda, Germaniya korporativ boshqaruv tizimi rivojlangan
mamlakatlar korporativ boshqaruv tizimlari orasida eng samarali va natijaviy
tizimlardan biri hisoblanadi. Albatta, o‘z-o‘zidan bu darajaga chiqib bo‘lmaydi.
Germaniya korporativ boshqaruv tizimi rivojlanishida quyidagi uchta omillar
muhim rol o‘ynaydi. Bularning eng birinchisi va eng muhimi bu iqtisodiy raqobat
va huquqiy asoslar hisoblanadi. Ikkinchisi, halqaro investorlar muhim hududiy
xususiyat hisoblangan hukumat tizimi orqali jalb qilinadi ya’ni Germaniya
korporativ boshqaruv tizimi 2 pog‘onali hisoblanadi. Uchinchisi va so‘nggi omil
esa soliq siyosati hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bu uchta
muhim omillar o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini ko‘rish mumkin hamda quyidagilarni
alohida ta’kidlash lozim: nemis kompaniyalari ancha xalqaro ko‘lamiga ega.
Germaniya kompaniyalari moliyalashtirishda so‘nggi 25 yillikda muhim
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va shu bilan birga, Germaniya korporativ boshqaruv tizimi
ham o‘zgardi.
Ikki pog‘onali (manfaatdor shaxslar) Germaniya modeli – rahbarlik va
ijrochilik organi hisoblanib, ularni Kuzatuv kengashi (Direktorlar kengashi) hamda
Ijroiya organi tashkil etadi. Ushbu modelda vazifalarning qat’iy taqsimlanishi va
Kengash a’zolari Ijroiya organiga a’zolik qilishi mumkin emas.
Germaniyada investorlarning ulushi tarkibi quyidagicha shakllantirilgan:
1. Yakka tartibdagi investorlar hissasiga 17 foiz aksiyalar to‘g‘ri keladi,
2. Korporativ investorlar esa nemis kompaniyalarining aksiyasini 64 foizini
nazorat qiladi, SHundan (22 foizi banklar, sug‘urta kompaniyalari, pensiya
jamg‘armalari va boshqa moliya institutlari; 42 foizi nomoliya korporatsiyalari)
3. Bundan tashqari Germaniya korporatsiyalari kapitali tuzilmasida xorijiy
investorlarning (14%) va davlatning ulushi (5%) bu ko‘rsatkich esa Buyuk
britaniyadagi ko‘rsatkichlardan ikki barobar yuqori.
Aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv modeli uch bo‘g‘in bo‘lib, o‘z
ichiga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilish, Kuzatuv kengashi va Ijroiya organing
boshqaruvni oladi, Bu modeldan Fransiyadagi 20 foiz korporatsiyalarda hamda
Belgiyada, Markaziy va Sharqiy Evropaning aksariyat mamlakatlarida ham
26
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |