Namozov Asliddin Turobovich intensiv kurs


Badiiy adabiyotning turlari



Download 0,97 Mb.
bet36/172
Sana30.06.2021
Hajmi0,97 Mb.
#105469
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172
Bog'liq
Namozov A.T. Adabiyotdan testlar 5-11 sinflar

Badiiy adabiyotning turlari

1. Badiiy asarlar necha turga bo’linadi?

A) 1 B) 2 C 6 D) 3

2. Bir yoki bir necha odamning hayoti, tag’diri ularning boshqa odamlar bilan munosabati haqida hikoya qiluvchi asrlar…

A) dramatik asarlar B) lirik asarlar C) epik asarlar D) fantastik asarlar

8-SINF

1-DARS. KIRISH. XALQ OG’ZAKI IJODI. “KUNTUG’MISH DOSTONI”. (3-48-betlar)

Reja:

1. O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi.



2. Kirish.

3. “Kuntug’mish” dostoni.

4. “Kuntug’mish” dostonining bayoni.

5. Nazariy ma’lumot. Ishqiy-qahramonlik dostonlari.


O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi

1. O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qaysi band bilan boshlanadi?

A) Serquyosh hur o’lkam senda tole mo’l… B) Oltin bu vodiylar, jon O’zbekiston C) Serquyosh, hur o’lkam senga baxt najot D) Serquyosh hur o’lkam elga baxt najot

2. O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasining nechanchi bandida erkin va yosh avlodlarning o’zbek xalqiga zo’r qanot bo’lajagi ta’kidlanadi?

A) birinchi bandida B) to’rtinchi bandida C) uchinchi bandida D) naqoratida
Kirish

1. XX asr boshlariga kelib baxshilarimiz ijodiy bisotida qancha xalq dostonlari mavjud bo’lgan?

A) ikki yuzdan ortiq B) ikki yuzi ellikga yaqin C) bir yuzi ellikdan ortiq D) ikki yuzga yaqin

2. “Oltovlon va yettinchi” nomli afsona kimning qaysi asarida keltirilgan?

A) Ch.Aytmatov “Qiyomat” B) Yu.X.Hojib “Qutadg’u bilig” C) Navoiy “Sab’ai Sayyor” D) Navoiy “Farhod va Shirin”
Kuntug’mish” dostoni

1. “Alpomish” dostonining 1000 yilligi jahon miqyosida keng nishonlangan sanani aniqlang.

A) 2000- yil B) 1999- yil C) 2001- yil D) 1998- yil

2. “Kuntug’mish” dostonida Xolbeka bilan Kuntug’mish bir birlarini qanday ko’rib qoladilar?

A) ov paytida B) tushlarida C) nard o’yinida D) ziyofatda

3. “Kuntug’mish” dostonidagi Kuntug’mishning yurti to’g’ri berilgan qatorni aniqlang.

A) Zangar B) Chanbil C) No’g’ay D) Qalmoq

4. “Kuntug’mish” dostonida Qilichxon laqabli shaxs uchraydi. U aslida kim edi?

A) Zangar podshosi B) Azbarxo’ja C) Nugay podshosi D) Xolmo’min yasovulboshi

5. 1) Ergash Jumanbulbul o’g’li; 2) Fozil Yo’ldosh o’g’li; 3) Bekmurod Jo’raboy o’g’li; 4) No’rmon Abduvoy o’g’li; 5) Egamberdi Ollomurod o’g’li; 6) Xodi Zaripov; 7) Po’lkan Shoir; 8) Qodir Baxshi. Yuqorida keltirilgan baxshilardan qaysilarida “Kuntug’mish” dostonining yozib olingan variantlari mavjud?

A) 1, 2, 4, 6 B) 1, 2, 3, 4, 6 C) 1, 3, 4, 7 D) 1, 3, 4, 5

6. “Bizlarga farzand bersa, o’g’il bo’lsa qo’l-qanot bo’lsin, qiz bo’lsa do’st bo’lsin” degan fikrlar qaysi dostonda keltirilgan?

A) “Kuntug’mish” B) “Alpomish” C) “Malika ayyor” D) “Ravshan”

7. “Har kim meni olaman desa, oldiga nard o’yinini qo’yaman, o’ynayman, utsa tegaman, utdirsa so’yaman” deb shart qo’ygan malika kim va u qaysi doston qahramoni?

A) “Kuntug’mish” Xolbeka B) “Ravshan” Zulxumor C) “Malika ayyor” Gulqiz D) “Alpomish” Barchin

8. «Kuntug‘mish» dostonidagi Mohiboy bilan Gurkiboy Zangar shahrida onalarini birinchi marta qayerda ko‘radilar?

A) Xolmo‘min yasovulboshinikida B) Buvraxon podshonikida C) Olim sayyodning uyida D) Kampirning uyida

9. Qadimgi urf-odatlarga ko‘ra, kimning boshiga saroydan uchirilgan qush uch marta qo‘nsa, o‘sha odamni oq kigizga chiqarib, saroy ayonlari chir tevaragidan ko‘tarib, taxtga o‘tqazish va jarchilarning; - zamon kimning zamoni, qalandarxonning zamoni, - deb ko‘chalarda jar solish marosimi qaysi dostonda berilgan?

A) «Alibek va Bolibek»da B) «Malika ayyor»da C) «Kuntug‘mishda D) «Sanobar»da

10. «Haqiqat izlagan senga osildi,

Assalomu alaykum, dorning og‘ochi», – degan nola kimga tegishli?

A) Barchin B) Kuntug‘mish C) Xolbeka D) Alpomish

11. «Kuntug‘mish» dostonida Kuntug‘mishni halokatdan saqlab qolgan timsol kim?

A) Qilichxon laqabli podsho B) Xolmo‘min yasovulboshi C) Qosim qabilaboshi D) Qatag‘anlik Olim sayyod

12. «Kuntug‘mush» dostonining qaysi xalq baxshilaridan yozib olingan variantlari mavjud?

A) Egamberdi Ollomurod o‘g‘li, Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li B) Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Islom shoir, Nurmon Abduvoy o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, C) Bekmurod Jo‘raboy o‘g‘li, Po‘lkan shoir, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Bo‘ron shoir D) Saidmurod Panoh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Umir baxshi shoir, Berdi baxshi

13. «Kuntug‘mish» dostonidagi Kuntug‘mish va Xolbeka taqdirini qaysi timsollarsiz tasavvur etish qiyin?

A) Xolmo‘min, Qilichxon, Azbarxo‘ja B) Mullavachcha, Zamonqul, Qosim C) Xolmo‘min, Toxir vazir, Zamonqul D) Shoir vazir, Avliyoyi Qoraxon, Mullavachcha


Kuntug’mish” dostonining bayoni

1. Sovchilarga “Har kim meni olaman deb kelsa oldiga naru o’yinini qo’yaman o’ynayman yo’tsa tegaman, yo’ttirsa so’yaman” deya shart qo’ygan malika obrazi qaysi dostonda uchraydi?

A) “Kuntug’mish” B) “Alpomish” C) “Ravshan” D) “Rustamxon”

2. Qaysi dostonda chiltonlar va mardon g’oyiblar obrazi mavjud?

A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Malika ayyor” D) “Kuntug’mish”

3. Qaysi dostonda ota o’z farzandiga safar oldida “Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo’r yarar kuningga” degan hikmatomuz maslahat beradi.

A) “Ravshan” B) “Kuntug’mish” C) “Malika ayyor” D) “Alpomish”

4. “Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mishni sotqin Azbarxo’ja ziyofatda mast qilib, kigizga o’rab, ikki o’g’li bilan birga sahroga qoldirib, Xolbekani asir qilib Zangor yurtiga olib ketadi. Shunda kim Kuntug’mishning joniga oro kiradi?

A) Qosim B) Zamonqul C) Mullavachcha D) Xolmo’min

5. Nomus bilan orim ketdi,

Qatorimda norim ketdi,

Shu karvonda yorim ketdi,

Do’st karvonim – dushman bo’ldi. Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?

A) “Alpomish” B) “Suxayl va Guldursin” C) “Kuntug’mish” D) “Malika ayyor”

6. Qaysi dostonda bo’rining “gurk” deb nomlanish holati uchraydi?

A) “Kuntug’mish” B) “Malika ayyor” C) “Alpomish” D) “Ravshan”

7. “U vaqtda podsholarga rasm shu edi: davlatqush degan qushini uchirar edi, kimning boshiga qo’nsa, podsho qilar edi”. Parcha qaysi dostondan olingan?

A) “Ravshan” B) “Kuntug’mish” C) “Alpomish” D) “Malika ayyor”

8. “Kuntug’mish” dostonida Mohiboy va Gurkiboy Zangor shahriga kelishganida Xolmo’min yasovulboshi ularni o’z uyiga xizmatkor qilib olib ketadi. Aslida Xolmo’minga ular kim bo’ladi?

A) amakisi B) hech kimi bo’lmaydi C) tog’asi D) otasi

9. “Kuntug’mish” dostonida Kuntug’mish Mohiboy va Gurkiboyning o’z o’g’li ekanligini qanday bilib qoladi?

A) Mohiboyning jallodlarga aytgan so’zlaridan so’ng B) Xolmo’minning gaplaridan so’ng C) Xolbekaning jallodlarga aytgan so’zlaridan so’ng D) Gurkiboyning otasiga aytgan so’zlaridan so’ng

10. “Kuntug’mish” dostonida Azbarxo’ja bir kosa suv va bir non evaziga Kuntug’mishga qanday shart qo’yadi?

A) Ajdarhoni o’ldirish B) unga qul bo’lish C) farzandlaridan birini berish D) yorini berish

11. Kuntug’mishning daryoga cho’kkan bolasini kim qutqarib qolgan edi?

A) cho’pon ota B) Olim C) Mo’lton D) Kuntug’mishning o‘zi

12. Kuntug’mishning o’g’illariga kim ism qo’ygan?

A) Gurkiboyga baliqchi, Mohiboyga cho’ponlar B) Mohiboyga baliqchi, Gurkiboyga cho’ponlar C) Kuntug’mishning o’zi D) Xolbekaning maslahati bilan Buvraxon

13. “Kuntug’mish” dostonida Mohiboy bilan Gurkiboy balog’atga yetganlaridan so‘ng ilk bor qayerda uchrashadi?

A) bozorda B) daryoning bo’yida C) tog’da D) ziyofatda

14.”Qilichdan seskanmas botirning tani” “Kamlikning kamoli bordir, Manmanning zavoli bordir” “O’zingni er bilsang, birovni she’r bil” kabi ibratli so’zlar qaysi dostonda uchraydi?

A) “Alpomish” B) “Malika ayyor” C) “Ravshan” D) “Kuntug’mish”

15. Dastlab, Kuntug’mish bilan do’stlashib, so’ng o’z manfaati deb unga xiyonat qilgan qahramonning ismi berilgan qatorni toping?

A) Zamonqul B) Xolmo’min C) Azbarxo’ja D) Mullavachcha

16. Xolbeka Kuntug’mish bilan tanishish uchun, sandiqqa nimalarni solib, daryoga oqizib yuboradi?

A) soch, surat, uzuk B) tilla, uzuk, surat C) uzuk, soch, tilla D) soch, surat, tilla

17. Kuntug’mish o’z oilasini topganidan so’ng, taxtni kimga topshiradi?

A) Mohiboyga B) Azbarxo’jaga C) Gurkiboyga D) Xolmo’minga

18. Qaysi dostondagi bosh qahramonning hayoti qahramonlik bilan kechadi?

A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Malika ayyor” D) “Kuntug’mish”

19. “Kuntug’mish” dostoni “Suxayl va Guldursun”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlardan nimasi bilan farq qiladi?

A) fantaziya ko’lami bilan B) ko’z ko’rib, quloq eshitmagan voqealar bilan C) aql bovar qilmaydigan qahramonlar bilan D) barcha javoblar to’g’ri

20. “Kuntug’mish” dostonida Beklik mustahkam bo’lishi uchun to’rt narsaga ega bo’lishi kerak! Quyida keltirilgan fikrlarning qaysilari o’sha fikrlarga to’g’ri keladi?

1) kuchli lashkar; 2) unumdor yerlar va keng yaylovzor; 3) ko’p boylik; 4) badavlat xalq; 5) dono vazir; 6) adolatli siyosat.

A) 1, 2, 3, 6 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 3, 4, 5

21. Ushbu ta’rif qaysi dostonga berilgan? “U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan chalg’itadigan o’rinlar uchramaydi, aksincha har bir voqea, har bir epizod dostonni to’ldiradi”.

A) “Malikai ayyor” B) “Kuntug’mish” C) “Ravshan” D) “Alpomish”


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish