Odil Yoqubov
1. O‘zbek adabiyoti taraqqiyotining XX asr 50- yillaridan boshlangan yangi bosqichida yetishgan navqiron adabiy avlod karvonboshisini toping.
A) O.Yoqubov B) P.Qodirov C) Abdulla Oripov D) E.Vohidov
2. Qaysi adibimizning otasi jamoat ishlariga hayotini tikkan va shu yo‘lda qurbon bo‘lgan?
A) Mirtemir B) Hamza C) O.Yoqubov D) P.Qodirov
3. Qaysi ijodkor talabalik yillarida «Literaturnaya gazeta» ro‘znomasida muxbirlik qilgan?
A) Erkin Vohidov B) O.Sharafiddinov C) O.Yoqubov D) N.Eshonqul
4. «Gulnoza hamda Darvishali o‘n yildirki tirnoqqa zor. Gulnoza eri, ustozi Darvishalini qancha hurmat qilmasin, baribir o‘zini undan qandaydir begona his qiladi». Parcha qaysi asardan olingan?
A) Bir koshona sirlari B) Diyonat C) Adolat manzili D) Er boshiga ish tushsa
5. Mustaqillik davri adabiyotida o‘z davrining o‘tkir ijtimoiy, ma’naviy masalalarini ko‘targan ijodkorni ko‘rsating.
A) O.Yoqubov B) Fitrat C) Cho‘lpon D) P.Qodirov
6. O.Yoqubovning «Muqaddas» asari qaysi janrda yozilgan?
A) qissa B) hikoya C) roman D) drama
7. O.Yoqubovning «Ko‘hna dunyo» romonida Ibn Sino 20 yillik judolikdan keyin Beruniy bilan qayerda uchrashadi?
A) Hirotda B) Damashqda C) G‘aznada D) Samarqandda
8. 70- yillar hayotida keng ildiz otgan turg‘unlik hayoti va mafkurasining zararli oqibatlari jasorat bilan ochib berilgan asarni ko‘rsating.
A) Qanot juft bo‘ladi B) Adolat manzili C) Diyonat D) Matluba
9. «Yurak yonmog‘i kerak» asarining janrini aniqlang.
A) qissa B) feleton C) drama D) hikoya
10. O.Yoqubovning qaysi dramasi 2000- yilda «Ofarin» mukofoti bilan taqdirlandi?
A) Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim B) Bir koshona sirlari C) Olma gullaganda D) Yurak yonmog‘i kerak
11. O.Yoqubovga eng katta shuhrat keltirgan romanlari qaysi javobda berilgan?
A) Ulug‘bek xazinasi, Adolat manzili B) Ko‘hna dunyo, Oq qushlar oppoq qushlar C) Adolat manzili, Er boshiga ish tushsa D) Ulug‘bek xazinasi, Ko‘hna dunyo
12. Ikkinchi jahon urushi yillarida yoshiga bir yosh qo‘shib o‘z arizasiga ko‘ra harbiy xizmatga ketgan adib qaysi qatorda berilgan?
A) O.Yoqubov B) Mirtemir C) P.Qodirov D) E.Vohidov
13. Hayotda yonib yashash, yonib ijod qilish qaysi adibning bosh shiori?
A) Mirtemir B) O.Yoqubov C) P.Qodirov D) E.Vohidov
14. O.Yoqubovning romanlari to‘g‘ri berilgan qatorni aniqlang.
A) Er boshiga ish tushsa, Muqaddas B) Diyonat, Tengdoshlar C) Diyonat, Ko‘hna dunyo D) Izlayman, Tengdoshlar
15. O.Yoqubovning yozuvchi sifatida elga tanitgan asarini aniqlang.
A) Muqaddas B) Tengdoshlar C) Adolat manzili D) Izlayman
16. Sharifjon Odil Yoqubovning qaysi asari qahramoni?
A) Tengdoshlar B) Diyonat C) Muqaddas D) Izlayman
17. O.Yoqubov qaysi asarida «Katta ishlar qabilida» jumlalarini uchratish mumkin?
A) Matluba B) Muqaddas C) Adolat manzili D) Diyonat
18. Otaqo‘zi O.Yoqubovning qaysi asari qahramoni?
A) Diyonat B) Oqqushlar oppoq qushlar C) Ko‘hna dunyo D) Er boshiga ish tushsa
19. Normurod Shomurodov qaysi asar qahramoni?
A) Oqqushlar oppoq qushlar B) Bir koshona sirlari C) Adolat manzili D) Diyonat
20. O.Yoqubovning 50- yillarda yaratgan dramasini toping.
A) Aytsam tilim kuyadi, aytmasam dilim B) Adolat manzili C) Yurak yonmog‘i kerak, Olma gullaganda D) A, C
21. Sarvar va Diloro qaysi asar qahramonlari?
A) Ko‘hna dunyo B) Ulug‘bek xazinasi C) Er boshiga ish tushsa D) Bir koshona sirlari
22 «Diyonat» romanining mantiqiy davomi bo‘lgan asarlarini aniqlang.
A) Adolat manzili, Olma gullaganda B) Oqqushlar oppoq qushlar, Adolat manzili C) Olma gullaganda, Oqqushlar oppoq qushlar D) Yurak yonmog‘i kerak, Olma gullaganda
Do'stlaringiz bilan baham: |