G’azallar
1. Ya’qub bikin ko’p yig’idin qolmadi sensiz
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma. Lutfiy qalamiga mansub ushbu baytda qanday badiiy san’at qo’llangan?
A) tashxis B) talme’ C) istiora D) talmeh
2. Mumtoz she’riyatda ko’p uchraydigan “siym” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) oltin B) qimmatbaho tosh C) kumush D) jannatda uchraydigan nur sochib turuvchi yashil tusli tosh
3. Lutfiyning o’zbek xalq maqollari asosida yozilgan g’azalini anilang.
A) Xoh inon, xoh inonma B) Xaq ul kunkim, jamoling bor etibdur C) Bu ko’nguldur, bu ko’ngul D) Ayoqingg’a tushar har lahza gisu
4. Lutfiyning boshdan oxirigacha irsoli masal san’atidan foydalanib yozgan g’azalini ko’rsating.
A) Haq ul kunkim, jamoling bor etibdur B) Ayoqingg’a tushar har lahza gisu C) Ne bo’lursan D) Bu ko’nguldur,bu ko’ngul
5. Raftor ila bir yo’li muningdek dog’i o’xshash,
Ey sarvi sihi, kabki dariyg’a ne bo’lursan? Ushbu baytda qo’llangan “kabki dariy” so’zi qanday ma’noni anglatadi?
A) tog’ kakligi B) tongdagi shabnam C) yetti olam sohibi D) suv parisi
6. Lutfiyning “Bu ko’nguldur, bu ko’ngul” g’azali qaysi mavzuda?
A) Ollohning ishqi B) vatan sog’inchi C) an’anaviy ishq D) farzand va ona munosabati
Tuyuqlar
1. … bir shari shuki, shu ikki yoki undan ortiq ma’noning biri aniq yuzaga chiqib turadi-yu, asl maqsad ana o’sha yashirinibroq yotgan ma’no bo’ladi. Ushbu ta’rif qaysi badiiy san’at haqida berilgan?
A) iyhom B) muashshax C) ta’rix D) muammo
2. Sof turkiy tildagi badiiy san’atni belgilang.
A) qit’a B) tuyuq C) fard D) ruboiy
3. “Parcha”, “bo’lak” degan ma’noni anglatgan badiiy san’at turini aniqlang.
A) qit’a B) tuyuq C) fard D) musammat
Nazariy ma’lumot. Tuyuq
1. Faqat turkiy she’riyatgagina xos bo’lgan janrni aniqlang.
A) qit’a B) lug’z C) tuyuq D) ta’rix
2. Tuyuq janrining asosiy qoidasiga aylangan xususiyat noto’g’ri berilgan qatorni toping.
A) tuyuq albatta to’rt misradan iborat bo’lishi kerak B) tuyuq albatta ramali musammani mahzuf vaznida yozilishi shart C) tuyuq misralari a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanishi zarur D) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, albatta, tajnisli bo’lishi lozim
3. Tuyuq janri uchun keyinchalik yuzaga kelgan xususiyat (shart) qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) tuyuq misralari , xuddi ruboiydagi kabi, a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi B) tuyuq, albatta, to’rt misradan iborat bo’lishi kerak C) tuyuq, albatta, ramali musaddasi mahzuf vaznida yozilgan bo’lishi shart D) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, albatta, tajnisli bo’lishi darkor
4. Tuyuq qaysi vaznda yozilishini aniqlang.
A) ramali musaddasi mahzuf B) hazaji musammani mahzuf C) ramali murabbai solim D) hazaji musaddasi mahzuf
5. Bir necha adabiy-badiiy talab tuyuq janrining asosi qoidasiga aylangan. Quyida keltirilgan fikrlarning qaysilari tuyuqning 4 ta qoidalariga misol bo’la oladi?
1) tuyuq – to’rt misradan iborat bo’ladi; 2) tuyuq – sochma she’r tarzida bo’lishi kerak; 3) a-a-a-a yoki a-a-b-a tarzida qofiyalanadi; 4) tuyuq – ramali musaddasi mahfuz vaznida yozilishi kerak; 5) tuyuqda qofiyaga olingan so’zlar, omonim (tajnisli) bo’lishi kerak; 6) tuyuq – masnaviy tarzida yozilishi kerak; 7) tuyuq – besh misradan oshmasligi kerak.
A) 1, 3, 4, 7 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6,
Do'stlaringiz bilan baham: |