Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning yasalish asosi
qaysi turkumlarga tegishli ekanligini aniqlang.
A) ot, sifat
B) ot, sifat, fe’l
C) ot, fe’l
D) sifat, fe’l
3. Qaysi javobda keltirilgan gapda otlashgan sifat
qatnashgan?
A) Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili
yuragidadir.
B) Ko‘pi ketib, ozi qoldi.
C) Maqtanganning uyiga bor, kerilganning to‘yiga bor.
D) Birni ko‘rib shukr qil, birni ko‘rib fikr qil.
4. Qaysi javobda quyida keltirilgan tuyuqdagi bir xil
so‘z turkumiga oid omonim so‘zlar to‘g‘ri
ko‘rsatilgan?
Charxi kajraftor elidin yozamen,
Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
Bir meni yorliq bilan yod etmas ul,
Har necha ul shohga qulluq yozamen.
A) 2 va 4-misralardagi “yozamen” so‘zlari
B) 1, 2 va 4-misralardagi “yozamen” so‘zlari
C) 1 va 4-misralardagi “yozamen” so‘zlari
D) 1 va 2-misralardagi “yozamen” so‘zlari
Do'stlaringiz bilan baham: |