17. Kiritma gaplar, remarkalar, izoh
ma’nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalari,
shuningdek, shaxs, joy, asar, hodisa va shu
kabilarning ikki xil shakli berilsa, ulardan
biri ...
A) qo‘shtirnoqqa olinadi
B) qavsga olinadi
C) keyingi satrdan davom ettiriladi
D) ko‘p nuqta bilan davom ettiriladi
18. Anavini qara, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu?
Gapda olmosh turkumiga oid so‘zlar necha
o‘rinda qo‘llangan?
A) 3 B) 2 C) 4 D) 1
19. Faqat tobe so‘zning asosi shakldosh bo‘lgan
otli birikmani toping
A) turli so‘z
B) olmaning guli
C) oshiqning sozi
D) esga olmoq
20. Quyida keltirilgan gapdagi ostiga chizilgan
birlikni aniqlang.
Islom barlos − sodda, dilovar − ov va qush ilmining
piridir.
A) so‘z birikmasi
B) undalma
C) kiritma
D) ajratilgan bo‘lak
Do'stlaringiz bilan baham: |