17
Farg’ona taraflariga kelib, har yerga goh sardobalar kavlab, saqqoyi
mo’miningga chohlari tepasiga gumbazlar qilib, ko’b xalqg’a kaflik ishlarni
qilgan xon ekan. Ul kishi bul Namangonni yeriga kelib, alholda sardoba degan
madrasa bordur // bir Chust va bir aminlik mahalladur, ul yerga tushub, darhol
sardoba kavlatib, necha kunlar tutub, bir tarafli daryo va bir taraf tog’ havosi
yaxshi uchun bu yerga bir shahar bino qilmoq bo’lub o’z ichlaridan bir og’oliq
mansabida turgan kishini amr qilib, shahar qilmoq bo’lganda, o’shal yerni daryo
tarafi butun sho’r ko’l bo’lub yotgan tuz ekan. Binobaron, namak kon deb, ya’ni
tuz kon deb atagan ekan. Bu namak kon lafzini forsiyda gon qilib yozub,
namakkonni namangon deb, bir nuni zoida ilan namangon bo’ldi, asli
namakkondur.
1
Ibrat “Namangan toponimi “namak kon”, ya’ni “tuz koni”
birikmasining davrlar davomida sayqallanish mahsuli degan xulosaga keladi.
Uning fikricha, Namangan polisonimining etimoni tuz koni, sho’r ko’l
ma’nosidagi namak kon birikmasidir.
Namangan shahri markazida sardoba va unga nisbat berib atalgan Sardoba
mahallasi bo’lgan. Sardoba ilmiy manbalarda izohlanishicha, sun’iy suv
inshootidir. Sardoba fors-tojikcha bo’lib, «sovuq», «muzdek», «salqin» ma’nolarini
anglatuvchi sard so’ziga suv tushunchasini anglatuvchi fors-tojikcha ob so’zini va
unga narsa-predmet oti yasovchi -a qo’shimchasining qo’shiluvidan yasalgan:
sard+ob+a > sardoba. O’zbek tilidagi izohli lug’atlarda sardoba «usti gumbaz
shaklidagi g’isht qurilma bilan berkitilgan sun’iy hovuz» deya izohlangan.
2
Ibratning «Farg’ona tarixi» asarining «Tarixi Namangon» bobida shahardagi
Sardoba oykonimi haqida quyidagicha ma’lumot beriladi: «...Buxoro xonlarindan
Abdullohxon bu Farg’ona taraflariga kelib, har yerga goh sardobalar kavlab,
saqqoyi mo’’mininga chohlarni tepasiga gumbazlar qilib, ko’b xalqg’a naflik
ishlarni qilgan xon ekan. Ul kishi bul Namangonning yeriga kelib, alholda
sardoba degan madrasa bordur, // bir Chust va bir aminlik mahalladur, ul yerga
tushub, darhol sardoba kavlatib, necha kunlar tutub, bir tarafi daryo va bir taraf
1
Ибрат. Ўша асар, 325-бет.
2
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Москва: Рус тили, 1981. – II т. – Б. 22.
18
tog’ havosi yaxshi uchun bu yerga bir shahar bino qilmoq bo’lub o’z ichlaridan
bir og’oliq mansabida turgan kishini amr qilib, shahar qilmoq bo’lganda, o’shal
yerning daryo tarafi butun sho’r ko’l bo’lub yotgan tuz ekan...».
Olim boshqa bir o’rinda: «Namangan tarixi Abdullohxon tarixidur.
Abdullohxonni tarixi «zamona xarob»dur, ya’ni to’qqiz yuz oltinchi hijriyda
bo’lubdur. Bu Namangan to’rt mahalla bo’lub, birinchi mahalla Sardoba
mahallasidurki, avvali Abdulloh sardoba bino qilgan yeridur», – deb yozadi.
1
Ibratning ko’rsatishicha, Namangan shahri tarixi Buxoro xoni Abdullohxon tarixi
bilan boshlangan. U hozirgi Namangan shahriga kelib, hijriy taqvimga ko’ra 906
yilda, milodiy sana bilan 1500-yillarda sardoba qurdirgan, biroq bu sardoba
bizgacha yetib kelmagan, buzib yuborilgan. Ana shu sardobaga nisbat berib, uning
atrofidagi Namanganning eng katta to’rt mahallasidan biri Sardoba va shu joydagi
madrasa (hozirda masjid) Sardoba deb atalgan. Bu nom hozirgacha yashab
kelmoqda. Demak, mazkur manbaga ko’ra Namangan shahrining Sardoba
mahallasi 500 yillik tarixga ega.
Ibrat Namangan shahriga mansub Labbaytog’o, Degrezlik, Chuqurko’cha,
toponimlarining
shakllanishini
esa
talqin
etadi:
“Ikkinchi mahallasi
Labbaytog’oduki, ani vajhi tasmiyasi mulla Bozor oxund degan kishi bor ekanlar,
ul kishining bir jiyanlari bor ekan. Har ikki aziz o’rtalari ovoz yetadurgon masofat
ekan. Goho jiyanlarini chaqirganlarida javoban tog’alariga “labbay tog’o” deb
ovoz berganlarida aksar kishilar ul mahallani “labbaytog’o” deb atab
Do'stlaringiz bilan baham: