1) tub tarkibli sodda oykonimlar: Haqiqat, G’uncha, Umid, Chinor,
Obod, Ozod, Bahor, Bo’ston, Go’zal, Chorsu, Lola kabi;
2) yasama so’zlar zaminida shakllangan sodda oykonimlar: Bunyodkor,
Nurchi, Oromgoh, Guliston, Tikuvchi, Ishchi, Yong’ozor, O’rikzor, Olvalizor,
Ziyokor, Anorzor, Gulzor, Gulobod kabi.
Ko’rinadiki, sodda tarkibli mikrotoponimlarning bu turi asosan ot-affiks
modelida bo’lib, morfologik jihatdan o’rin-joy, kasb otlaridan tarkib topgan.
Toponimiyadagi konversiya usuli bilan affiksatsiya usulidagi yasalishni
aralashtirish ko’p hollarda toponimlarning motivlarini noto’g’ri talqin qilishga
olib keladi.
1
Yuqoridagi mikrotoponimlar konversiya usuli bilan, ya’ni tildagi
mavjud yasama so’zlarning joy nomiga o’tishi – atoqli ot vazifasini bajarishga
o’tishi asosida yuzaga kelgan.
Sodda tarkibli mikrotoponimlarning morfologik asosiga ko’ra quyidagi
modellari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |