Chilla tarkibli agiotoponimlar. Chilla so’zi “qirq” ma’nosini anglatuvchi tojikcha chil sanoq soni bilan -a qo’shimchasini qo’shib hosil qilingan bo’lib, qo’shimcha qo’shilganidan keyin l tovushi qatlangan. Bu ot qirq kun ma’nosini anglatadi.2
Chilla so’zi o’zbek tilining barcha taraqqiyot bosqichlarida kuzatiladi. So’z eski o’zbek tilida quyidagi ma’nolarni anglatgan:
1) chilla – qirq kun o’tirish:
Va aning Chillasidin bird aha o’tti.
Nasoyimul-muhabbat, XV-173;
2) chilla – kamonning ipi; girish:
Tori sirishkim Chekib dard qadim qildi ham,
O’ylakim, el Chillani tortib etar yoyi ko’j.
Xazoyinul-maoniy, II b-111.3
Chilla so’zi hozirgi o’zbek adabiy tilida ko’p ma’noli so’z sifatida quyidagi ma’nolarda ishlatiladi:
1. Yilning eng issiq yoki eng sovuq qirq kuni. Chilla kirdi.
2. etn. Bola tuqqan yoki tug’ilgandan, qiz turmushga chiqqanidan, yigit uylangandan, marhum ko’milgan kundan keyingi qirq kunlik davr; turmushdagi ba’zi hodisa-holatlarning eng og’ir, xatarli yoki mas’uliyatli davri. Chaqaloqning chillasi chiqqach, yangi uyga ko’chib bordilar “Yoshlik”.
Chaqaloqning chillasi chiqqach, yangi uyga ko’chib bordilar “Yoshlik”.
3. Din. Sufiy yoki muridning yakka o’zi alohida xona (hujra) da, odamlardan yashirinib, qirq kun davomida toat-ibodat qilishi.1
O’zbek tilida shu so’z asosida yasalgan chilla o’tiriladigan uy ma’nosidagi yasama chillaxona so’zi ham bor.2
Chillamozor qabristoni – Popning Uyg’ur qishlog’i3 hududida joylashgan antik va o’rta asrlar yodgorligi. Maydoni 300 kvadrat metr, tuproqli tepalik. Ayrim manbalarda nekronim Chillamozortepa shaklida kuzatiladi. U yerda qadimiy qayroqtoshlarga yozuv bitilgan qabrtoshlari mavjud bo’lib, ayrimlari sindirilgan. Ilmiy jihatdan o’rganilmagan va tadqiqot olib borilmagan.
Nekronimga ana shu chilla so’zi, aniqrog’i uning sufiy yoki muridning yakka o’zi alohida xona (hujra)da, odamlardan yashirinib, qirq kun davomida toat-ibodat qilishi ma’nosi lug’aviy asos bo’lgan. Demak, nekronim uch asosli nom bo’lib, chilla, mozor, qabriston otlarining qo’shiluvidan ot+ot+ot modelida yasalgan. Nekronim chillada o’tirilgan kishi mozoridan iborat qabriston degan toponimik ma’noga ega.
Mazkur nekronim keyinchalik gidronimni tug’ilishiga asos bo’lgan. Chillamozor bulog’i Pop tumanidagi sobiq “Sirdaryo” jamoa xo’jaligi yerlarining janubiy qismida, Chillamozor yonida joylashgan. Nomi mozorga nisbat berib, Chillamozor bulog’i deb ataladi. Sizot qatlamlarini o’tkazmaydigan qatlamga yetib borgach, sizib chiqadigan buloqdir. Aytishlaricha Chustdagi Mavlono buva buloqlari bilan bog’liq bo’lib, Hazrati Ali hassalari o’rnidan otilib chiqqan, deyishadi. Suv sarfi sekundiga 8 litr. Suvi iste’mol va ekinlarni sug’orish uchun ishlatiladi.4 Demak, nekrogidronim Chillamozor yonidagi buloq degan toponimik ma’noga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |