SHarqiy mintaqa. Ushbu mintaqa o’ziga xosligi bilan boshqa mintaqalardan ajralib turadi. Xususan, mintaqaga xos bo’lgan yangi sanoat korxonalarini kirib kelishi, maxalliy aholi orasida keng miqyosda xunarmandchilikni rivojlanishi, axolini transport sohalari bilan uzluksiz bog’liqligi va yangi turdagi ishlab chiqarish jadallashayotgan xududlar sifatida nomoyon bo’ladi.
Markaziy mintaqa. O’ziga xos infratuzilmaga ega bo’lgan Namangan shahrining eng markaziy chorrahalarini tutashtiruvchi, sanoat, fan va madaniyat, tibbiyot va san’at rivojlangan, servis xizmatlari yuqori darajada shakllanib borayotgan rekreatsion ob’ektlarni o’z ichiga oluvchi rayon hisoblanadi.
Namangan shahrining ayrim hududlarini yangi shaharsozlik loyihalari asosida ko’rinishi
Namangan viloyati hokimligi tomonidan shaharsozlik sohasidagi, xususan o’rganilayotgan masala yuzasidan qonun hujjatlari talablarini bajarishga, mahalliy hokimiyat organlari, qurilish kompleksi korxonalari va tashkilotlari hamda jismoniy shaxslarning bosh rejalar, aholi punktlari, binolar va inshootlarni rejalashtirish va qurilish loyihalariga rioya qilishi, davlat standartlari, qurilish normalari va qoidalari, texnik shartlar, boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya qilishi bo’yicha mas’uliyatini oshirish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.
Keyingi yillarda viloyatda shaharlar, tuman markazlari va shaharchalarning bosh rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishga hamda qurilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. Viloyatda 2011-2013 yillarda Oltinkon, CHorkesar, Navbahor,
O’nhayot shaharchalari bosh rejalarini ishlab chiqish bo’yicha ishlar olib borilmoqda, 73 ta “Hududlarning arxitektura-reja jihatidan tashkil etilishi”ga oid hujjat bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rilmoqda.
Xususan, so’ngi yillarda Namangan shahri bosh rejasiga muvofiq «Tinchlik xiyoboni», «G’isht ko’prik» dahasidagi savdo va aholiga maishiy xizmat ko’rsatish majmuasi barpo etildi, «Do’stlik buyum bozori» qayta ta’mirlandi, ko’p kvartirali uylar va boshqa inshootlar qurildi. Bundan tashqari, 16 ta bolalar sport inshootlari ob’ektlarida, 2 ta dehqon va buyum bozorlarida, shuningdek 155 ta maishiy xizmat ko’rsatish ob’ektlarida qurilish-montaj ishlari olib borildi.
Yakka tartibda uy-joy qurilishi ob’ektlarining bosh rejalarga muvofiqligi monitoringi doimiy ravishda o’tkazilmoqda.
SHuningdek, shaharda tadbirkorlik sub’ektlarini shaharsozlik faoliyatiga, ya’ni ko’p qavatli uylarni, maishiy xizmat, servis ob’ektlarini, mehmonxonalarni qurishga, shuningdek ularning qurilish ob’ektlari yaqinida joylashgan hududlarni obodonlashtirish faoliyatiga jalb etish amaliyoti keng qo’llanilayotgan katta ahamiyat kasb etadi.
SHuning bilan birga shaharsozlik sohasidagi faoliyatda borasida hamon ma’lum kamchiliklar mavjudligi qayd etib o’tildi. Viloyat shahari bosh rejalarini ishlab chiqish bo’yicha olib borilayotgan ishlarga qaramay, ob’ektlarni joylashtirish bosh rejaga mos kelmasligi holatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |