Yassaviya. Xoja Ahmad Yassaviy bugungi Qozog'is- tonning janubidagi Chimkent viloyati Sayram qishlog'ida dunyoga kelgan. Ba'zi manbalarga qaraganda, u Yassida (hozirgi Turkiston) tavallud topgan.
Ahmad Yassaviy o'zining «Devoni Hikmat» asarida ma'naviy poklanish, axloq, halollik, bag'rikenglik g'oyalarini she'riy uslubda bayon qilgan. Yassaviylikning o'ziga xos jihati oshkora uslubda zikr va duolar o'qish, dunyo lazzatlaridan qisman voz kechishda aks etgan. Yassaviylikka xos xususiyatlar keyinchalik yuzaga kelgan ko'plab tariqatlarda aks etgan.
Yassaviya tariqatida Allohni tanish (ma'rifa- tulloh), mutlaq javonmardlik, rostgo'ylik, o'zini Allohga topshirish (tavakkul) va teran tafakkur muhim o'rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |