Abu Ali ibn Sino — «Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri» degan unvonga sazovor bo'lgan. U ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshla- gan. Umri davomida 450 dan ortiq asar yaratgan. Ibn Sinoning tibbiyot va falsafa, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag'ishlangan asarlari dunyo olimlari tomonidan e'tirof etilgan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko'plab olimlar avlodi uning asarlarini o'qib hayratga tushganlar. Yurtimiz allomalari diniy bilimlar bo'yicha ham yetuk darajaga erishganlar. Masalan, Ibn Sino, Mahmud Za- maxshariy, Forobiy, Beruniylar Qur'on, hadis, islom tarixi va huquqshunosligi bo'yicha ham asarlar yozganlar.
Mustahkamlash:
2014-yil 15–16 may kunlari Samarqand shahrida qanday xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi? Anjumanning maqsadi nimalardan iborat edi?
Yurtimiz allomalarining dunyo ilm-fani ravnaqiga qo‘shgan hissalari haqida fikr bildiring.
O‘sha davrda dunyoning boshqa mamlakatlaridagi ilm-fanga munosabat masalasiga ham
e’tibor bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |