Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
1. Tasavvuf va tariqat so‘zlarining mazmunini aytib bering.
2. Movarounnahrda tasavvufning rivojlanishi qaysi allomaning nomi bilan bog‘liq?
3. Yassaviylik tariqati haqida gapirib bering.
4. Kubraviylik tariqatining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?
5. Naqshbandiylik tariqatining asosiy shiori mazmunini tushuntirib bering.
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
Bugun O'zbekiston diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik borasida butun dunyoga namuna bo'lmoqda. O'zbekiston xalqiga xos ushbu fazilat uzoq va murakkab tarixiy jarayonlar natijasida yuzaga kelgan. Og'ir sinovlarni boshi- dan kechirgan turli e'tiqod vakillari qiyin vaqtlarda bir-birlarini qo'llab-quvvatlab, o'zaro yordam qo'lini cho'zganlar. O'lkamiz tarixi turli din vakillari orasida diniy asosdagi nizolar chiqmaganligi bilan ajralib turadi.
Bundan deyarli 1,5 ming yil avval hozirgi Markaziy Osiyoni o'z ichiga ogan G'arbiy turk hoqonligi davrida (552-576) o'lkada ma'lum bo'lgan barcha din vakillariga o'z e'tiqodlarini amalga oshirish uchun keng yo'l qo'yib berilgan.
VIII asr boshida Movarounnahrga islom dini kirib keldi. Bunda yangi diniy e'tiqod va mahalliy urf-odat, an'analar birlashib, boshqa musulmon mamlakatlaridan farqli o'ziga xos shaklni oldi. Keyinchalik shu o'lka ulamolari tomonidan keng rivojlantirilgan hanafiylik mazhabi mazkur urf-odatlarning Qur'on va hadislarga mos qismini diniy manba sifatida qabul qildi. Natijada diniy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda «urf» fiqhiy manbalardan biri bo'lib qoldi.Islom olamida kim musulmon, kim musulmon emas, degan tortishuvlar avj olgan bir paytda Markaziy Osiyo ulamolari islom dinini qabul qilib, o'zini musulmon sa- nagan kishini kofirlikda ayblash mumkin emas, degan qoidani islom dinining manbalari bilan asoslab berdilar. Islom dinining ushbu o'lkada keng tarqalgan mazhabi hanafiylikning bosh aqidaviy tamoyillari ana shunday bag'rikenglikka asoslangan. Imomi A'zam Abu Hanifa (699-767) tomonidan boshlangan bunday bag'rikenglikning ilmiy-aqidaviy asoslari yurtimiz allomalaridan Imom Moturidiy (870944), Abul Muin Nasafiy (1046-1115) kabi zotlar tomonidan davom ettirildi. Ular qoldirgan boy ilmiy meros asrlar osha musulmon mamlakatlar madrasalarida diniy bag'rikenglikka asoslangan qo'llanmalar sifatida o'qitib kelindi va hozirgi kunda ham o'qitilmoqda.
XIII-XIV asrlarda mo'g'ullarga qarshi ozodlik kurashi jarayonida ushbu mintaqa aholisini birlashtiruvchi kuch sifatida yassaviya, kubraviya, naqshbandiya kabi so'fiylik tariqatlari shakllandi. Markaziy Osiyo tasavvuf namoyandalari vatanparvarlik, xalqparvarlik, tinchlik, barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilgan islom dinining ilg'or vakillari sifatida obro'-e'tibor topdilar.Buyuk sohibqiron Amir Temur e'tiqod va ma'na- viyatning katta ahamiyatini to'g'ri idrok etgan edi. Sharafuddin Ali Yazdiy haqli ravishda Amir Temurni e'tiqodi komil inson sifatida ta'riflagan. Eng muhimi, sohibqiron Markaziy Osiyoda keng tarqalgan islomdagi birlashish va ajralmaslik tarafdori bo'lgan yo'nalish «ahli sunna va jamoa»ga doim sodiq, diniy aqidaparastlikka qat'iy qarshi bo'lgan. Amir Temur islom dinini mutaassiblikdan xoli tushungan. Uning komil e'tiqodi boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo'lmagan. Shu sabab1i ham u nafaqat o'z asri, balki keyingi davrlar uchun ham namuna bo'ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda ajdodlarimizning buyuk va ulug'vor mehnati hamda me'rosini o'zida mujassam etgan diniy qadriyatlar rivojlanmoqda. Yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan turli e'tiqod vakillari ham davlatimizning bu siyosatini to'g'ri tushunib, qo'llab-quvvatlamoqdalar.O'zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo'lsa-da, e'tiqod erkinligini ta'minlash borasida davlatimiz tomonidan tartibli va tizimli ravishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 2000-yilda — O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Far-moniga binoan Toshkent va O'rta Osiyo Arxiyepiskopi Vladimir dinlararo bag'ri-kenglikni mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlandi.
Markaziy Osiyodagi musulmon va boshqa din vakillari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hurmat va bag'rikenglikka asoslangan. Bugun respublikamizda 16 konfessiya vakillari emin-erkin faoliyat olib bormoq- dalar. Murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor yengib o'tishlari natijasida shakllangan diniybag'rikengl ik muhiti mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va farovonlikka xizmat qilmoqda. Chunki bu holatdan barcha din vakillari manfaatdordirlar. Mana shu oliyjanob maqsad yo'lida barcha konfessiyalar yurtimizda va xorijda tashkil etilayotgan ma'naviy va ma'rifiy tadbirlarda respublikamizda diniy bag'rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlab kelmoqdalar.
Bugungi kunda O'zbekistonda har bir diniy konfessiya o'zining diniy tashkilotiga ega bo'lib, diniy marosimlarini amalga oshirmoqda. Konfessiyalar o'z faoliyatlarini O'zbekistonning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonuniga amal qilgan holda olib bormoqdalar.
XX asr bashariyat tarixiga ikkita jahon urushi sodir bo'lgan asr sifatida yozildi. Butun jahon afkor ommasi XXI asr — tinchlik asri bo'lmog'i uchun kurashmoqda. Bu yo'lda diniy bag'rikenglik, dinlararo muloqot katta ahamiyat kasb etadi. An'anaviy diniy bag'rikenglik o'lkasi sifatida ma'lum va mashhur bo'lgan O'zbekiston bu jabhada ham o'z vazifasini sharaf bilan ado etmoqda
Guruhlarda rasmlar tarqatiladi
Rasmlar orqali guruhlar taqdimoti o’tkaziladi.
1 – Guruh:
2 – Guruh:
3 – Guruh :
Do'stlaringiz bilan baham: |