Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli maktab va Namangan Ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari sport-maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjon



Download 0,98 Mb.
bet102/183
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#171879
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183
Bog'liq
10 DIN 34-m tayyor

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti

O`tilgan mavzuni so`rash

1. Tasavvuf va tariqat so‘zlarining mazmunini aytib bering.

2. Movarounnahrda tasavvufning rivojlanishi qaysi allomaning nomi bilan bog‘liq?

3. Yassaviylik tariqati haqida gapirib bering.

4. Kubraviylik tariqatining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?

5. Naqshbandiylik tariqatining asosiy shiori mazmunini tushuntirib bering.


Yangi mavzuning bayoni:

Reja:


Bugun O'zbekiston diniy bag'rikenglik, millatlararo totuvlik borasida butun dunyoga namuna bo'lmoqda. O'zbekiston xalqiga xos ushbu fazilat uzoq va murakkab tarixiy jarayonlar natijasida yuzaga kelgan. Og'ir sinovlarni boshi- dan kechirgan turli e'tiqod vakillari qiyin vaqtlarda bir-birlarini qo'llab-quvvatlab, o'zaro yordam qo'lini cho'zganlar. O'lkamiz tarixi turli din vakillari orasida diniy asosdagi nizolar chiqmaganligi bilan ajralib turadi.

Bundan deyarli 1,5 ming yil avval hozirgi Markaziy Osiyoni o'z ichiga ogan G'arbiy turk hoqonligi davrida (552-576) o'lkada ma'lum bo'lgan barcha din vakillariga o'z e'tiqodlarini amalga oshirish uchun keng yo'l qo'yib berilgan.

VIII asr boshida Movarounnahrga islom dini kirib keldi. Bunda yangi diniy e'tiqod va mahalliy urf-odat, an'analar birlashib, boshqa musulmon mamlakatlaridan farqli o'ziga xos shaklni oldi. Keyinchalik shu o'lka ulamolari tomonidan keng rivojlantirilgan hanafiylik maz­habi mazkur urf-odatlarning Qur'on va hadislarga mos qismini diniy manba sifatida qabul qildi. Natijada diniy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda «urf» fiqhiy manbalardan biri bo'lib qoldi.Islom olamida kim musulmon, kim musulmon emas, degan tortishuvlar avj olgan bir paytda Markaziy Osiyo ulamolari islom dinini qabul qilib, o'zini musulmon sa- nagan kishini kofirlikda ayblash mumkin emas, degan qoidani islom dinining manbalari bilan asoslab berdilar. Islom dinining ushbu o'lkada keng tarqalgan mazhabi hanafiylikning bosh aqidaviy tamoyillari ana shunday bag'rikenglikka asoslangan. Imomi A'zam Abu Hanifa (699-767) tomonidan boshlangan bunday bag'rikenglikning ilmiy-aqidaviy asoslari yurtimiz allomalaridan Imom Moturidiy (870­944), Abul Muin Nasafiy (1046-1115) kabi zotlar tomo­nidan davom ettirildi. Ular qoldirgan boy ilmiy meros asrlar osha musulmon mamlakatlar madrasalarida diniy bag'rikenglikka asoslangan qo'llanmalar sifatida o'qitib kelindi va hozirgi kunda ham o'qitilmoqda.

XIII-XIV asrlarda mo'g'ullarga qarshi ozodlik kurashi jarayonida ushbu mintaqa aholisini birlashtiruvchi kuch sifatida yassaviya, kubraviya, naqshbandiya kabi so'fiylik tariqatlari shakllandi. Markaziy Osiyo tasavvuf namoyandalari vatanparvarlik, xalqparvarlik, tinchlik, barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilgan islom di­nining ilg'or vakillari sifatida obro'-e'tibor topdilar.Buyuk sohibqiron Amir Temur e'tiqod va ma'na- viyatning katta ahamiyatini to'g'ri idrok etgan edi. Sharafuddin Ali Yazdiy haqli ravishda Amir Temurni e'tiqodi komil inson sifatida ta'riflagan. Eng muhimi, sohibqiron Markaziy Osiyoda keng tarqalgan islomdagi birlashish va ajralmaslik tarafdori bo'lgan yo'nalish «ahli sunna va jamoa»ga doim sodiq, diniy aqidaparastlikka qat'iy qarshi bo'lgan. Amir Temur islom dinini mutaassiblikdan xoli tushungan. Uning komil e'tiqo­di boshqa dinlarni rad etish hisobiga bo'lmagan. Shu sabab1i ham u nafaqat o'z asri, balki keyingi davrlar uchun ham namuna bo'ldi. Bugungi kunda mamlakatimizda ajdodlarimizning buyuk va ulug'vor mehnati hamda me'rosini o'zida mujassam etgan diniy qadriyatlar rivojlanmoqda. Yurtimizda faoliyat ko'rsatayotgan turli e'tiqod vakillari ham davlatimizning bu siyosatini to'g'ri tushunib, qo'llab-quvvatlamoqdalar.O'zbekistonda din davlatdan ajratilgan bo'lsa-da, e'tiqod erkinligini ta'minlash borasida davlatimiz to­monidan tartibli va tizimli ravishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, 2000-yilda — O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Far-moniga binoan Toshkent va O'rta Osiyo Arxiyepiskopi Vladimir dinlararo bag'ri-kenglikni mustahkamlash borasidagi xizmatlari uchun «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Markaziy Osiyodagi musulmon va boshqa din vakillari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hurmat va bag'rikenglikka asoslangan. Bugun respublikamizda 16 konfessiya vakillari emin-erkin faoliyat olib bormoq- dalar. Murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor yengib o'tishlari natijasida shakllangan diniybag'rikengl ik muhiti mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va farovonlikka xizmat qilmoqda. Chunki bu holatdan bar­cha din vakillari manfaatdordirlar. Mana shu oliyjanob maqsad yo'lida barcha konfessiyalar yurtimizda va xorijda tashkil etilayotgan ma'naviy va ma'rifiy tadbirlarda respublikamizda diniy bag'rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlab kelmoqdalar.

Bugungi kunda O'zbekistonda har bir diniy konfessiya o'zining diniy tashkilotiga ega bo'lib, diniy marosimlarini amalga oshirmoqda. Konfessiyalar o'z faoliyatlarini O'zbekistonning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonuniga amal qilgan holda olib bormoqdalar.

XX asr bashariyat tarixiga ikkita jahon urushi sodir bo'lgan asr sifatida yozildi. Butun jahon afkor ommasi XXI asr — tinchlik asri bo'lmog'i uchun kurashmoqda. Bu yo'lda diniy bag'rikenglik, dinlararo muloqot kat­ta ahamiyat kasb etadi. An'anaviy diniy bag'rikenglik o'lkasi sifatida ma'lum va mashhur bo'lgan O'zbekiston bu jabhada ham o'z vazifasini sharaf bilan ado etmoqda

Guruhlarda rasmlar tarqatiladi

Rasmlar orqali guruhlar taqdimoti o’tkaziladi.

1 – Guruh:

2 – Guruh:

3 – Guruh :



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish