Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli maktab va Namangan Ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari sport-maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjon



Download 0,98 Mb.
bet71/183
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#171879
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   183
Bog'liq
10 DIN 34-m tayyor

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti

O`tilgan mavzuni so`rash

1. Uning jahon diniga aylanishidagi tarixiy shart-sharoitlarni aniqlang.

2. Xristianlikda dastlabki bo‘linish qachon sodir bo‘lgan, uning tarixiy sabablari nimada edi?

Yangi mavzuning bayoni:

Reja:


  1. XRISTIANLIK YO‘NALISHLARI

Katoliklik xristianlik dinining eng yirik yo'nalishi hisoblanadi. «Katolik» so'zi butun jahon, butun dunyo (umumiy, dunyoviy) degan ma'noga ega. Bu yo'nalish, asosan, G'arbiy, Janubi-G'arbiy va Markaziy Yevropa, Boltiqbo'yi, Ukraina va Belarusning g'arbiy hududlarida, Lotin Amerikasi va AQSHda tarqalgan.

Katoliklik xristian dinining yo'nalishi sifatida uning asosiy aqidalari va marosimlarini tan olishi bilan birga, ta'limoti, marosimlarni amalga oshirish, tashkil topishida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Katolik ta'limotining asosini xristianlikda tan olingan Muqaddas kitob — Bibliya va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi. Katolik Cherkovi Tashkiloti jiddiy ravishda markazlashganligi bilan ajralib turadi. Rim Papasi bu Cherkovning rahbari hisoblanadi. U din va axloq masalalari bo'yicha qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati Butun Jahon Soborlaridan yuqori turadi. Katoliklik ta'limotiga ko'ra, Cherkov gunohlarni afv etish, kechirim tuhfa qi­lish huquqiga ega. Bu huquq indulgensiyalar to'g'risida- gi ta'limotning, ya'ni pul evaziga yoki cherkov oldidagi xizmatlari uchun gunohlarni kechirishning vujudga keli-higa sabab bo'lgan.

Katoliklikda 1870-yilda Vatikanda o'tkazilgan 1-soborda qabul qilingan Papaning begunohligi haqidagi aqidalar mavjud. Papani kardinallar yig'ilishi (kollegiyasi) saylaydi. Protestantlik Yevropa mamlakatlarida katoliklikda kechayotgan jarayonlarga qarshi qaratilgan reformatsiya harakati natijasida vujudga kelgan. Reformator- lar katoliklik amallarini Injil ideallaridan qaytish deb talqin qiladilar. Oksford universiteti professori J. Viklif (1320-1384) Rim Papasining Angliyadan olinadigan soliqlariga qarshi chiqdi, ingliz cherkovining fuqarolar ishlari bo'yicha Angliya qiroliga bo'ysunishi lozimligi va Muqaddas kitobning cherkov rivoyatlaridan ustunligi to'g'risidagi g'oyalarini ilgari surdi. Bu g'oyalarni ing­liz kambag'al ruhoniylari qo'llab-quvvatladilar.

Protestantlik dunyoviy kishilarni ruhoniylardan ajratmaydi, bu ta'limotga ko'ra, barcha dindorlar ruhoniy- dir. Sirli marosimlardan faqat cho'qintirish va non bi­lan tamaddi qilishni tan oladi. Dindorlar Rim Papasiga bo'ysunmaydilar. Ibodat va'z o'qish, birgalashib ibodat qilish va diniy qo'shiqlar (psalomlar) aytishdan iborat.

Protestantlar Bibi Maryamning ilohiy ekanini tan olmaydilar, tarkidunyochilik, go'daklarni cho'qintirish, ruhoniylar kiyadigan kiyimlar, ikonalarni rad etadilar.

Yan Gus kuydirilgandan yuz yil keyin Germaniyada Vittenberg universiteti professori Martin Lyuter (1483­1546) Protestantlar Cherkov asoslarini yaratadi. U ham indulgensiya sotilishini tanqid qiladi. M. Lyuter diniy-axloqiy jihatdan mehnatni qadrlash lozimligi g'oyasini ilgari surdi. Lyuterning fikricha, inson va Xudo o'rtasida bevosita aloqa bo'lishi mumkin. Lyuter ta'limoti protestantlikdagi yo'nalishlardan biri — lyuteranlikka asos soldi. Bu ta'limotga ko'ra, odamlar vijdon va tavba-tazarruni ongli ravishda va muntazam nazorat qilishlari lozim. M. Lyuter tavba-tazarru uzoq davom etadigan jarayon ekanligini qayd etadi. Lyuteranlar ta'limotiga ko'ra, Papa o'zi buyurgan yoki cherkov nizomida belgilangan jazolardan ozod qilishi mumkin, ammo cherkov insonni xudoning jazosidan ozod qilolmaydi deb hisoblanadi.

Indulgensiyalarni sotib olishning befoydaligini M. Lyuter shunday asoslaydi: «Xudo chin ko'ngildan tavba qiluvchilarning gunohidan kechadi, abadiy qiynoqlardan ozod qiladi, osiy bandalar Papaning yorlig'isiz ham bundan umid qilishlari mumkin». Lyu- teranlik Germaniya, Daniya, Norvegiya, AQSHda tarqalgan. Xristianlikda bu yo'nalishlardan tashqari kalvinizm, presviterianlar, anglikan cherkovi, baptizm, anabaptizm, mennonitlar, unitarizm, metodistlar, kvakerlar, pyatidesyatniklar, adventistlik yo'nalishlari mavjud.

Bugungi kunda xristianlik yo'nalishlaridan mamlaka- timizda pravoslav, katolik, arman apostol, nemis yevan- gellyuteran, yevangel xristian-baptistlar, yettinchi kun xristian adventistlari, koreys protestant, to'liq injilchi, «Golos Bojiy» kabi chekovlari ro'yxatdan o'tgan.

Ular mamlakatimizda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonun talablariga amal qilishlari shartligi ham belgilab qo'yilgan.

Nikeya va Konstantinopolda o'tkazilgan Butun Jahon Soborlarida qabul qilingan «E'tiqod timsolida» xristianlikning ta'limot asoslari 12 bandda belgilandi, bular:


      1. Olamni yaratgan yagona Ota-Xudo — Muqaddas Uchlikning birinchi yuzi haqida;

      2. O'g'il-Xudo, ya'ni IsoMasihga ishonish haqida;

      3. Ilohiy mujassamlashuv, ya'ni Iso Xudo bo'la turib, bokira Bibi Maryamdan tug'ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida;

      4. Gunohlar kechirilishi — Isoning tortgan azoblari va o'limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechirilishi haqida;

      5. Isoning qayta tirilganligi haqida;

      6. Isoning osmonga ko'tarilishi haqida;

      7. Isoning kelajakda ikkinchi marotaba yerga qaytishi haqida;

      8. Muqaddas Ruhga ishonish haqida;

      9. Cherkovga yagona, muqaddas, havoriylar (apostollar) cherkovi sifatida munosabatda bo'lish haqida;

      10. Cho'qintirish sirli marosimininggunohlardan forig' qilishi haqida;

      11. О'Iganlarmng ommaviy tirilishi haqida;

      12. Abadiy hayot haqida


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish