Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli maktab va Namangan Ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari sport-maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjon



Download 0,98 Mb.
bet56/183
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#171879
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   183
Bog'liq
10 DIN 34-m tayyor

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti

O`tilgan mavzuni so`rash

1 Buddaviylikning Markaziy Osiyoga yoyilishi qaysi davrlardan boshlanganligini eslang.

2. Bu davrda Markaziy Osiyodagi xalqlar qaysi dinlarga e’tiqod qilgan?

Yangi mavzuning bayoni:

Reja:


1. Buddaviylik yo’nalishlari

Mahayana (sanskritcha — katta g'ildirak) yo'nali- shi Budda ta'limotining barcha tomonlarini isloh qildi. Buddaga ilohiylik tusini berib, diniy marosim va ibo- datlarni joriy etdi. Ushbu yo'nalishlarning mahalliy qadriyatlar va boshqa dinlar bilan aralashuvi lamaizm, vajrayana, dzen (chan) buddizm, tyantay, dxiana kabi yo'nalishlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. Xudolarga yetish yo'llari barcha uchun mumkin bo'lgani sababli «mahayana» yo'nalishi «katta arava» nomini olgan.

Dzen buddizm V-VI asrlarda Xitoyda paydo bo'lgan mahayana yo'nalishidagi maktablardan biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Bodxidxarma hisoblanadi. «Dzen» (lotincha - meditatsiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qi­lish) buddizmning asosiy xususiyatlari shundaki, unda nazariyadan ko'ra amaliyotga, diniy o'git va qonun-qoidalarni yodlash o'rniga mushohada qilishga alohida e'tibor berilgan.Dzen buddistlar jismoniy mehnat qilish, san'at turi bilan shug'ullanishga katta ahamiyat beradilar. Dzen buddizmda tashqi olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlashga alohida e'tibor beriladi.Hozir dunyo bo'yicha dzen buddistlar 10 milliondan ortiq, ularning 85 foizi Yaponiyada yashaydi. Yaponiyada dzen ibodatxonalari diniy, siyosiy va madaniy markazga aylanib, yoshlar tafakkuri, turmush tarzi, faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Ayniqsa, dzen san'ati Xitoy va Yaponiya madaniyati an'analaridan biriga aylangan.

Lamaizm (tibetcha — eng ulug') VII-XIV asrlarda Tibetda mahayana yo'nalishi ta'sirida vujudga kelgan. «Kang'yur» va «Teng'yur»da bayon qilingan barcha qonun-qoida va talablar lamaizm e'tiqodining asosini tashkil etadi. Lamaizm ta'limotiga ko'ra, inson faqat lamalar yordamida najot topadi, gunohlardan poklanadi, ularning yordamisiz oddiy kishilar jannatga tusha olmaydi. Buddaning Yer yuziga yana qaytishi va dunyoda adolat o'rnatishiga ishonch lamaizm ta'limotida muhim o'rin egallaydi. Xudolarning Yerdagi vakili hisoblangan lamalarga va dunyoviy hokimiyatga so'zsiz bo'ysunish, ibodat va rasm-rusumlarni dabdabali o'tkazish, muqad­das kitoblar talqinini teatrlashtirilgan tomoshalarda aks ettirish lamaizmga xos xususiyat hisoblanadi. Odam o'ldirish, o'g'rilik, yolg'onchilik, tuhmat, g'iybat, bekorchi so'zlash, ochko'zlik, kek saqlash, zino qilish la- maizmda ham og'ir gunoh sanaladi.«Lamaizm» tibetliklarning asosiy dini hisoblana­di. Tibetda 3000 dan ortiq buddaviylik ibodatxonalari mavjud. Shuningdek, lamaizm Rossiyaning Buryatiya, Tuva, Oltoy kabi hududlarida ham keng tarqalgan.

Neobuddizm XX asrning 40-50-yillaridan boshlab keng tarqala boshlagan oqim bo'lib, Birma, Tayland, Laos, Vetnam mahalliy ziyolilarining ozodlik va milliy uyg'onish harakati bilan bog'liqdir. Uning asosida yangi zamon talabiga javob bera oladigan bunyodkor g'oyalarni targ'ib qilish kabi masalalar yotadi. Aql-idrokning ahamiyatsizligi, dinning najotkorligi e'tirof etilib, bud­daviylik g'oyalarini tushuntirishda bilish nazariyasi usullaridan foydalaniladi. Milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan neobuddizm oqimi diniy-islohotchilik harakati kuchayishiga katta ta'sir ko'rsatgan.

Lamaizmning oliy diniy rahna- mosi Dalaylama (tibetcha - «dengizdek ulug' lama») tug'ilgan mavjudotlarning eng ulug'i, «bod- hisattva»ning Yerdagi ko'rinishi, tirik xudo hisoblanadi.

Kamchilik va nuqsonlaringni ko'rsatib, seni koyigan donishmandning etagidan mahkam tut. Zero, u zot xazinaga eltayotgan yo'lboshchiga o'xshaydi va sen sira kam bo'lmaysan.

Mustahkamlash:

1. Neobuddizm nechanchi kelib keng tarqala boshlagan?

2. Lamaizm nechanchi kelib keng tarqala boshlagan?


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish