Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism: salomlashish, davomat aniqlash, siyosiy-ma’naviy daqiqa
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
Telegram orqali «ishlaringiz yaxshi bo‘lishini xohlasangiz ushbu xabarni o‘nta odamga yuboring, aks holda...» degan xabar oldingiz. Bu xabar va topshiriqqa munosabatingiz qanday bo‘ladi?
O’quvchilar fikri o’qituvchi tominidan to’ldirilib, faol o’quvchilar baholanadi.
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
Dunyo dinlarida hayotga tajovuz qilishning qoralanishi
Islom dinida hayotning qadrlanishi
Jahon dinlari ichida eng keng tarqalgan xristianlik dini o‘z joniga qasd qilishni qat’iy qoralaydi, chunki insonning necha yil yashashi Xudo tomonidan belgilanib, taqdirdan qochish deb qaraladi. Bundaylarning ruhini poklash va mozorga ko‘mish man qilinadi. O‘rta asr g‘arb davlatlarida buning oldini olish uchun o‘z joniga qasd qilganlarni qattiq tahqirlashar edi. O‘z joniga qasd qilib, tirik qolganlarni esa, qotil sifatida juda og‘ir ishlarga surgun qilinar edi. Ular markaziy ko‘chalarga oyog‘idan osib qo‘yilar, yuragiga yog‘och qoziq qoqib, chorrahaga ko‘mib qo‘yishar, o‘lgan hayvonlarni ham yoniga qo‘shib qo‘yishar edi. Masalan, Fransiya podshosi Lyudovik XIV davrida o‘z joniga qasd qilganning tanasi yuzi yerga qaragan holatda ko‘chalar orqali zambilda sudralib, osilib, keyin qassobxonaga tashlanar edi.
Xristianlik dinining pravoslav yo‘nalishida o‘z joniga qasd qilish — qotillik va umidsizlikni sodir etganligi uchun og‘ir gunohlardan sanaladi. Mazkur ishga qo‘l urgan kishining dafn marosimida marsiya (otpevanie) o‘qilmaydi. Agar o‘z joniga qasd qiluvchining aqli noraso bo‘lsa bundan mustasno. 1950-yillarga qadar o‘z joniga qasd qilganlar qabristondan tashqarida ko‘milgan. Bularning barchasi o‘z joniga qasd qilish og‘ir gunohligini bildirish hamda o‘zgalarni ogohlantirish uchun qilingan. Injilning «Havoriylar faoliyati» kitobi 16-bob, 28-qatorda o‘z joniga qasd qilmaslik haqida quyidagi so‘zlarni ko‘rish mumkin: «Lekin Pavlus baland ovozda baqirib: «Zinhor o‘z joningga qasd qilma», dedi». Buddaviylikda esa o‘z joniga qasd qilish insonning hayotga nisbatan qilgan noshukurligi sifatida baholangan.Qadimgi slavyan xalqlarida o‘z joniga qasd qilganlarni «nopoklar» deb ataganlar. Bunday kishilarning ruhi tiriklarga ozor beradi, balo keltiradi, azobga qo‘yadi, deb ishonganlar. O‘zga insonlarga zarar keltirmasin deb ularning qabriga tog‘terak tayog‘i qoqilgan. Shuningdek, Xitoyda ham o‘z joniga qasd qilish qoralanadi. Xitoyliklar o‘z joniga qasd qilganning ruhi osmonga ko‘tarilmasdan, suiqasd sodir etgan uyida qolishiga va oila a’zolariga omadsizlik, balo-ofat keltirishiga ishonganlar.
Islom dinida begunoh insonlarning qonini nohaq to'kish katta gunoh ekanligi ta'kidlanib, bunday qabih ish insoniyatga qilingan tajovuz hisoblanadi.Qur'oni karimda inson o'zining yashash huquqiga tajovuz qilishi ham man etilib: «Bir-biringizni nohaq o'ldirmangiz! Albatta, Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir» (Niso surasi, 29-oyat), deya ogohlantirilgan.
Muhammad (s.a.v.) hadisi shariflarda o'z-o'zini o'ldirish harom ekanligi, bunday ishni qilgan kishiga oxiratda abadiy azoblar borligi haqida aytib o'tgan. Xususan, Jundub ibn Abdullohdan rivoyat qilingan quyidagi hadisda shunday deyiladi:
«Rasululloh (s.a.v.) shunday dedilar: «Sizlardan avvalgilar ichida jarohatli bir kishi bor edi. Jazavaga tushib, pichoqni olib qo'lini kesdi. Qon to'xtamadi va shu sababli vafot etdi. Alloh taolo aytdi: «Bandam nafsini mendan shoshiltirdi. Men unga jannatni harom qildim».Rasululloh (s.a.v.) o'z joniga qasd qilgan kishining janozasini o'qimaslikni uqtirgan deyiladi, bu esa mazkurishning naqadar yomonligidan dalolat beradi. Shunga ko'ra, islom manbalarida o'zini o'ldirgan kishiga masjid imomi janoza o'qishi mumkin emas, deyilgan.Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda: «Kimki tog' tepasidan tashlab, o'z-o'zini o'ldirsa, o'lgandan so'ng jahannamda ham shu xil azobga giriftor bo'ladi. Agar zahar ichib o'zini o'zi o'ldirsa, jahannamda ham abadiy shu azobga mubtalo bo'ladi. Kimki o'zini temir parchasi bilan o'ldirsa, u kishi temir parcha qorniga suqilgan holatda jahannam o'tida abadiy qolur», deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy va Imom Ter- miziy rivoyati).Islom ta'limotiga ko'ra, hayot ne'mati insonga Alloh taolo tomonidan beriladi. Bu ne'matning qadriga yetish, har soat, har daqiqada xayrli va savobli ishlarni qilish talab etiladi.
Hozir ba'zi guruh va shaxslar «o'zini o'ldirish» tushunchasini shahidlik bilan qorishtirib talqin qilish- moqda. «Shahid» Alloh taoloning sifatlaridan biri bo'lib, «guvohligi ishonchli, har doim hozir bo'luvchizot» degan ma'nolarni anglatadi. «Shahid» so'zining yana bir ma'nosi o'zga shaxs tomonidan nohaq o'ldirilgan musulmondir.
Shaxsning ma'lum maqsadlar yo'lida o'zini o'zi o'ldirishini shahidlik amaliyoti deb baholash ayni adashishdir. Yovuz niyatli kuchlar o'z harakatlarini oqlash maqsadida keltirgan barcha dalillarni islom ulamolari qoralashgan va asossiz, deb topishgan.Kishining o'zini o'zi o'ldirishi, garchi niyati din yo'lida deb e'lon qilinsada, o'z joniga suiqasd qilish deb baholanadi. O'zini o'zi o'ldirish — bu o'z hayotini qasddan to'xtatish, parvardigor bergan hayotga tajovuz qilish darajasidagi gunohi kabira hisoblanadi.
Alloh taolo bu haqda shunday deydi: «Ana o'sha (ilk qotillik) tufayli Isroil avlodiga shunday hukmni bitib qo'ydik: «Biror jonni o'ldirmagan yoki yerda (buzg'unchilik va qaroqchilik kabi) fasod ishlarni qilmagan insonni o'ldirgan odam xuddi hamma odamlarni o'ldirgan kabidir. Unga hayot baxsh etgan (o'limdan qutqarib qolgan) odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir». Ularga rasullarimiz (ilohiy) hujjatlarni keltirganlar. So'ngra ularning ko'pchiligi o'shandan keyin (ham) yerda isrof qiluvchilardir» (Moida, 32-oyat)
Mustahkamlash:
1. Xristianlik dinida o‘z joniga qasd qilish haqida nima deyiladi?
2. Qadimgi slavyan va Xitoy dinlarida o‘zini o‘ldirgan insonga qanday munosabat bildirilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |