Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli maktab va Namangan Ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari sport-maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjon



Download 0,98 Mb.
bet133/183
Sana30.12.2021
Hajmi0,98 Mb.
#171879
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   183
Bog'liq
10 DIN 34-m tayyor

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Tashkiliy qism

Navbatchi axboroti

O`tilgan mavzuni so`rash

1. Dunyo dinlari ta’limotida tinchlikni asrash g‘oyalari qanday talqin etiladi?

2. «Avesto»da aks etgan «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» ta’limotining tinchlikparvarlikka qanday aloqasi bor?

Yangi mavzuning bayoni:

Reja:


  1. Sektalar

  2. Missionerlik uslublarinig faollashuvi

  3. Missionerlar va bolalar

  4. Missionerlikka qarshi kurash

Missionerlik dinlar orasidagi tabiiy muvozanatning buzilishi, dinlararo ziddiyatlarning kelib chiqishiga sabab bo'luvchi qonunga zid bo'lgan illatlardan biridir. Bugun ayrim sekta va guruhlar missionerlik faoliyatini jamiyatni ichidan yemirish, g'arazli maqsadlarga erishish yoki pul topishga yo'naltirganlar. Ularning bu faoliyati minglab insonlar, ayniqsa, yoshlarning hayoti, sog'lig'i va ruhiyatiga jiddiy tahdid tug'diradi.Ko'pchilik sektalar «Vatan» tushunchasini umuman inkor qiladilar. Bu esa insonlarda Vatandan begonalashish, uning taqdiriga nisbatan loqaydlik va befarqlik kayfiyatining shakllanishiga olib keladi.

Ayrim missionerlik tashkilotlari o'z a'zolariga harbiy xizmatga borishni taqiqlaydi. Bu kabi g'oyalarga qat'iy sadoqatning talab etilishi o'z mohiyatiga ko'ra, milliy xavfsizlikka to'g'ridan-to'g'ri tahdid tug'diradi. Ayrim sektalar esa «Bibliya»dagi ba'zi ko'rsatmalarni g'ayriinsoniy mazmunda talqin qiladilar.Ba'zi sektalarda bir insonning qonini boshqasiga quyish gunoh hisoblanadi. Inson hayoti uchun kutilmagan vaziyatlarda qon quyish hal qiluvchi ahamiyat kasb etishini inobatga oladigan bo'lsak, bunday g'oyaviy targ'ibot fojiaviy oqibatlarga olib keladi. Missionerlar makon va zamonga moslashgan holda o'z uslub va vositalarini doimiy takomillashtirib kelganlar.Xususan, so'nggi vaqtlarda ular ma'lum bir ijtimoiy qatlamni ajratib olib, ushbu qatlam bilan maqsadli ish olib borishga intilmoqdalar.

Jumladan, missionerlar asosiy e'tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a'zolari, ilgari hech bir dinga e'tiqod qilmagan, og'ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya'ni moddiy va ma'naviy ko'makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Shu bilan birga, missionerlar sanoat korxonalari joylashgan hududlarda ishchilar va vaqtincha ishsizlar hamda xususiy tadbirkorlar bilan ishlashga ham alohida e'tibor bera boshlaganlarini ta'kidlash zarur.Shuningdek, san'at sohasi xodimlari, kutubxonachilar, o'rta maktab o'qituvchilari, turli idoralar xizmatchilari faol missionerlik targ'iboti obyekti sifatida tanlanayotganini ham qayd etish lozim. Bunda sekta Missionerlar o'zlari haqida ijobiy tasavvurni shakllantirish va shu yo'l bilan o'z faoliyatlarini kengaytirish maqsadida maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashga ham alohida e'tibor bermoqdalar. Jumladan, bolalar uchun yozgi oromgohlar tashkil etish orqali tegishli e'tiqodiy ta'lim-tarbiyani amalga oshirishdan keng foydalanilayotganini ta'kidlash zarur. Bunday yo'nalishdagi harakatlar O'zbekistonda ham kuzatilganini qayd etish lozim.

Yozgi ta'til davrida bolalarni dam olish joylariga qisqa muddatga olib chiqish, cherkov hududida bir necha smenali, kamida 2 mahal ovqat beriladigan kunduzgi dam olish oromgohlari tashkil etish ham missionerlar faol foydalanadigan usullardan hisoblanadi.

Odatda, bunday amaliyot cherkovga qatnaydigan fuqarolarning bolalari uchun tashkil etilgani haqida hamma joy da ochiq-oshkor e'lon qilinadi ham. Ammo aslida bunday harakatlar «e'tiqodiy tarbiyadan chetda qolayotgan bolalar» uchun mo'ljallangani hech kimga sir emas.

Cherkovga ibodatga keladiganlar orqali mahalla va maktablarda bolalar oromgohlariga bepul yo'llan- ma borligi, dam olish davrida turli to'garaklar faoliyat ko'rsatishi, bolalarning dam olishi mazmunli o'tishi, qa­dimiy joylarga sayohatlar tashkil etilishi haqidagi e'lonlarning tarqatilishi ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.Missionerlar tarqatayotgan kitoblar ichida bolalar uchun mo'ljallangan «Injil»ning bo'lishi esa tashqaridan qaragan odam uchun kichik bir tasodifdek tuyulishi mumkin, ammo missionerlar taktikasidagi tabiiy-qonuniy hol hisoblanadi. Missionerlikka qarshi kurash masalalari O'zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida»gi Qonuni bilan belgilab qo'yilgan.Qonunga binoan «Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo'lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar» (5-modda).Lekin bugungi kunda missionerlar dunyo bo'yicha demokratik qadriyatlar, inson huquqlari ustuvor ahamiyat kasb etib borayotganidan ham o'z maqsadlari yo'lida ustalik bilan foydalanishga intilmoqdalar.


Mustahkamlash:

1. Sekta deganda nima tushuniladi?

2. Sektalar faoliyatining zararlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

3. Missionerlar bolalar orasida ish olib borishda nimalarga e’tibor bermoqdalar?




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish