Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Tashkiliy qism
Navbatchi axboroti
O`tilgan mavzuni so`rash
1. Diniy ksenofobiyaning kelib chiqishiga qanday omillar sabab bo‘ladi?
2. Islamofobiyaning ma’naviyatga tahdidi bormi? Fikringizni asoslang.
3. Islom dining ezgulik mohiyati haqida fikr bildiring.
Yangi mavzuning bayoni:
Reja:
Dunyo dinlarida tinchlik
Tinchlikni asrash
Ilm-fan, madaniyat, iqtisodiyot va boshqa barcha jabhalarning taraqqiy etishi tinchlik, osoyishtalik bilan bog'liqdir. Shu sababli ham bugungi kunda xavfsizlik butun dunyoda eng dolzarb masala bo'lib qolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarning oshib borishi fikri- mizni tasdiqlaydi. Biroq faqatgina zamonaviy qurol-ya- roqqa ega bo'lishning o'zigina tinchlikni ta'minlamaydi. Chunki zamonaviy buzg'unchi kuchlar ochiqcha jang qilmay, balki to'satdan qo'poruvchilik amaliyotlarini qo'llash, harbiylar emas, balki tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanmoqdalar. XX asrning ikkinchi yarmida dunyoda 300 dan ortiq tinchlikka raxna soluvchi nizolar qayd qilingani ham afsuslanarli holdir.
Xristianlik dunyoda eng keng tarqalgan din hisoblanadi. Tarixda mazkur dinni niqob qilib buzg'unchilik xunrezlik maqsadlarida foydalanilgani, «Salb yurishlari», «Inkvizitsiya» nomlari ostida ko'plab sha-harlar vayron qilingani, minglab odamlarning halok bo'lgani tarixdan ma'lum. Holbuki, xristianlikda hech kimga yomonlik qilinmaslik haqida ta'lim beriladi. Bu din ham barcha dinlar kabi inchlikparvarlik, yaxshilik qilish va ezgulikka chaqiradi.Buddaviylik ta'limotining o'ziga xos jihatlari barcha jonli narsa-larga muhabbat bilan qarashning targ'ib etilishida, aql ko'rsatmalariga qat'iy bo'ysunish va hissiyotga berilmaslikda ham aks etgan. Tinchlikparvarlik va ezgulik g'oyalari buddaviylikning «Pancha shila» (sanskritcha — besh nasihat) qoidasida ham aks etadi. Unga ko'ra buddaviy qotillik, o'g'rilik, gum-rohlik, yolg'on so'z, mast qiluvchi narsalardan saqlanishi lozim. Bu dinga e'tiqod qilgan har bir rohib o'zgalar mulkiga ko'z olaytirmaslik, birovga nafrat bilan qaramaslik, adolat haqida o'ylash, munosib insonlardan yaxshilikni ayamaslik, axloqiy xatti-harakat qoidalariga amal qilishi lozim hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda yuzaga kelgan zardo'shtiylik dini ham o'zining tinchlikparvarligi bilan alohida ajralib turgan. Bu «Avesto»da aks etgan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» ta'limotida ham o'z aksini topgan. Ayni damda, Videvdat kitobining ikkinchi fragardida tinchlikning muhimligi borasida fikrlar bildirilgan. Yasna kitobining 12-bobida har bir zardo'shtiy tiyilishi lozim bo'lgan narsalar qatorida chorvani talon-taroj qilish, talafot va vayrongarchilik keltirishdan tiyilish ham sanab o'tilgan.
Milliy dinlardan bo'lgan hinduiylik va jayniylikda tinchlikparvarlik g'oyalari «ahimsa» — kuch ishlatmaslik ta'limotida o'z aksini topgan. Unga ko'ra yer yuzida buzg'unchilik qilish, nafaqat insonlar, balki barcha jonzotlarga ozor berish taqiqlanadi. Ayni damda mazkur ta'limot zo'ravonlikka zo'ravonlik bilan javob berish, urush qilganga qarshi urushishni ham qoralab chiqadi.Tinchlik g'oyasiga eng katta e'tibor qaratgan dinlardan biri islom dinidir. Zero, «Islom» so'zining ma'nolaridan biri ham tinchlik demakdir.Tinchlikni qadrlash, osoyishta hayot uchun shukronalik uni saqlab qolish va mustahkamlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Islom ta'limotida masalaning bu jihatiga ham alohida e'tibor berilgan.
Islom dini ta'limotida ulug' ne'mat bo'lgan el-yurt tinchligi, xalq xotirjamligini qadrlash, asrab-avay- lash, unga putur yetkazishdan saqlanish zarurligi haqida qat'iy ko'rsatma beriladi. Bu masala islom dinining muqaddas manbalarida muhim o'rin egallaydi.Islom ta'limoti Alloh taoloning ulug' ne'matlari — tinchlik va xotirjamlikning qadriga y etish, hushyor va e'tiborli bo'lishga chaqiradi. Loqaydlik, e'tiborsizlik, befarqlik, noshukurchilik emas, balki berilgan ne'matni e'tirof etish, uning qadriga yetish, e'zozlash, asrab-avaylash shukronalikning mohiyatini tashkil etadi. O'zaro nizolarni yarashish, kelishish yo'li bilan hal etish, jamiyatdagi tinchlikka tahdid qilishda, tajovuzkorlik va zo'ravonlikda davom etadiganlarga nisbatan qat'iy va tezkor choralar ko'rish zarurligi qayd qilinadi.
Tinchlikni saqlash uchun har bir kishi mas'ul, uni saqlab qolish va mustahkamlash uchun har kim o'z hissasini qo'shishi lozim. Tinchlikka qarshi da'vatlar ayrim hududlarda notinchlik, beqarorlik, xunrezlik va xudkushliklar hukm surayotgan hozirgi davrda mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalikni ta'minlash o'z-o'zidan bo'lmayotganini anglashga, o'zaro yanada inoq va ahil bo'lib yashashga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |