Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli To’raqo’rg’on tuman -sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati Fizika fani o’qituvchisi Abdurasulov Ikromjon Inomjonovichning Fizika fanidan
Namangan viloyati Xalq ta’limi boshqarmasiga qarashli To’raqo’rg’on tuman 4-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati Fizika fani o’qituvchisi Abdurasulov Ikromjonning Fizika fanidan “Zaryadlarning o’zaro ta’siri va Kulon qonuni” mavzusida 8-sinflar uchun tayyorlagan dars TAQDIMOTI
Mavzu: Zaryadlarning o’zaro ta’siri va Kulon qonuni Reja:
1.Jismlarning elektrlanishi
2.Elektr zaryadlarining ikki turi
3.Zaryadlarning o’zaro ta’siri
4.Kulon qonuni
5. Uyga vazifa
Elektr hodisalari bilan insonlar juda qadimdan qiziqib kelgan.Mo’ynaga ishqalangan qahrabo tayoqchasi pat, qog’oz va shunga o’hshagan yengil jismlarni o’ziga tortishini mil.av. 640-550 yillarda yashagan Yunon faylasufi Fales Meletskiy kuzatdi. Bu hodisa uzoq yillar ochilmay keldi.Keyinchalik 16 asrda Fales ushbu tajribani takrorladi.Shisha tayoqchani shoyi matoga yoki ebonit tayoqchani mo’ynaga ishqalab mayda qog’oz parchalarini o’ziga tortishini o’rgandi.
Bunday hodisalar 17 asr boshlarida elektr deb ataldi. Elektr so’zi grekcha “elektron” so’zidan olingan bo’lib, “qahrabo” deganidir. Ebonit va shisha jismlar boshqa jismlarni tortganligi sabab ularni zaryadlangan jismlar deb ataldi. Shisha tayoqcha shoyi matoga ishqalanishi natijasida musbat zaryadlanib qoladi. Ebonit tayoqcha mo’ynaga ishqalanishi natijasida manfiy zaryadlanib qolar ekan.
1733-yilda Fransuz fizigi Sharl Dyufe ishqalangan jismlarda zaryadning ikki turi mavjud bo’lishini aytdi. Musbat(+) va manfiy(-) zaryadlar mavjudligini va ularni mana shunday belgilanishini 1750 yilda amerikalik olim B.Franklin fanga kiritdi.
Ikki jismning ishqalanishi natijasida qaysi jism elektron bersa u musbat zaryadlanib qoladi. Elektron elgani esa manfiy zaryadlanib qoladi.Lekin zaryadning umumiy miqdori o’zgarmaydi.
Zaryadni q harfi bilan belgilaymiz.
Zaryadning saqlanish qonuni:
q1+q2+……….+qn=const
Yopiq sistemada barcha zaryadlarning algebraic yig’indisi o’zgarmas!!!
Jismlarning zaryadlanganligini aniqlab beradigan asbobni Elektrometr deyiladi. Elektrometr zaryadlarning o’zaro ta’siriga asoslanib ishlaydi. Uni birinchi marta rus olimi G.Rixman ixtiro qilgan.
Tinch turgan zaryadlarni o’rganuvchi elektr bo’limi Elektrostatika deyiladi. Zaryadlarning o’zaro ta’sir qonuni bu elektrostatikaning bosh qonunidir.Agar ikkita musbat zaryadlar bir-biriga yaqin bo’lsa ular o’zaro itarishadi, agar musbat va manfiy zaryadlar bo’lsa ular o’zaro tortishadi
Zaryadlarni o’zaro ta’sir qonun birinchi bo’lib 1785 yil fransuz fizigi Sh.Kulon tajribada aniqladi va uning sharafiga bu qonunni Kulon qonuni deb ataldi
Kulon o’zining buralma tarozisi yordamida ushbu qonunni yaratdi.
Kulon kuchi:Vakuumda joylashgan ikkita qo’zg’almas zaryadlarning o’zaro ta’sir kuchi zaryad miqdorlarining ko’paytmasiga to’g’ri zaryadlar orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir.
Bu yerda K proporsionallik koyeffisiyenti bo’lib uning son qiymati K=9*109 N*m2/c2