Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axborotini tmglash, siyosiy daqiqa o'tkazish, oltin qoidlarni eslatish.
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni so'rash: guruhlarda “E'tiborni jamlang“, “Guruhlarda ishlash” metodlari hamda xarita bilan ishlash orqali
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni: o'quvchilarga mavzu asosida ma'lumotlarni videotasvir orqali tushuntirish, og'zaki bayon, slayd namoyishi va guruhlar hamkorligi
|
17 daqiqa
|
4
|
Darsni mustahkamlash: Guruhlar o'rtasida tezkor savollar va xarita orqali mavzuni mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni:
Xulosalash, guruhlar hamda o’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish.
|
5 daqiqa
|
Yangi mavzu bayoni:
Reja:
Yer va litosferaning paydo bo’lish
Materiklar va okeanlar botiqlarining paydo bo’lishi
Litosfera pilitalari tektonikasi
Olimlarning ta’kidlashicha, Quyosh sistemasi va Yer Koinotda harakatlanayotgan changsimon zarrachalar birikishidan hosil bo’gan.
Litosfera va yer po‘sti yer ichki moddalarining saralanishi natijasida hosil bo‘lgan. Qizigan holatdagi yeming yengil moddalari tepaga ko‘tarilgan, og'ir moddalari esa pastga cho‘kkan. Oqibatda nisbatan yengil va qattiq litosfera (yunoncha, tosh qobiq) hamda yer po‘sti, mantiya va yadro tarkib topgan.
Mobilize (yunoncha, siljiydigan, harakatlanadigari) gipotezasini 1912-yilda nemis geologi A. Vegener ishlab chiqqan. Lekin undan deyarli 9 asr awal vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) materiklarning siljishi haqida shunday degan: „Qit’alar go‘yo suv sathida suzib yurgan daraxt barglari singari bir-biri tomon yaqinlashib yoki uzoqlashib, sekin harakatda bo‘ladi“. Beruniyning bu fikri mobilizm gipotezasi mohiyatining o‘zidir.
Taxminan 200 mln yil muqaddam Yer yuzida yagona Pangeya materigi va yagona Pantalassa okeani bo‘lgan. Keyinchalik Pangeya ikkita yirik materikka: Lavraziya va Gondvanaga, Pantalassa esa Paleotinch va Tetis okeanlariga ajralgan. 0‘z navbatida, 65 mln yil awal Lavraziyadan Shimoliy Amerika va Yevrosiyo, Gondvanadan esa Afrika, Avstraliya, Antarktida va Janubiy Amerika materiklari ajralib ehiqqan. Ular oralig‘ida hozirgi okeanlar tarkib topgan.
O lingan yangi ma’lumotlar natijasida litosfera plitalarining turli tomonga, har xil tezlikda harakatlanayotganligi ma’lum bo‘ldi. Bunga yuqori mantiya va astenosfera qatlamlaridagi moddalarning uyurmali harakati sababdir
Mantiya moddalarining yuqori tomonga harakatlanishi nati- jasida litosfera plitalari bir-biridan uzoqlashadi. Natijada o‘rta okean tizmalari paydo bo‘lib, bazaltli okean po‘sti kengayadi. Bu hududda darz (rift)lar, yer yoriqlari, harakatdagi vulqonlar mavjud hamda kuchli zilzilalar bo‘lib turadi. Kengayish ho- disasi Afrika yer yorig‘i, Baykal ko‘li, Qizil dengiz va boshqa joylarda ham kuzatilgan.
Hozirgi holati
135 mln yil avval
65 mln yil avval
180 mln yil avval
Materiklarning turli davrlardagi holati
Fan-texnika taraqqiyotining yangi ma’lumotlari asosida materiklar va okeanlarning vujudga kelishi haqida yanada mu- kammalroq gipotezalar yaratilishi mumkin. Hozircha litosfera plitalari tektonikasi gipotezasi ko‘pchilik tadqiqotchi olimlar tomonidan tan olingan.
Mustahkamlash:
Yer qanday hosil bo’lgan?
Beruniy gipotezasi qanday?
Hozirgi materiklar qaysi plitalarning bo’linishidan hosil bo’lgan.
Kengayish hodisasi qayerlarda kuzatiladi?
Rag’batlantirish: baholash
Uyga vazifa: mavzuni o’qib kelish
Do'stlaringiz bilan baham: |