O’zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi
Namangan viloyati
Xalq ta’limi boshqarmasi
To’raqo’rg’on tumanidagi 17-sonli Davlat
ixtisoslashtirilgan maktab-internatining
8-A sinf tarbiyachisi
USMONOV ODILJONnING
ma’naviyat soati mashg’ulotidan “buyuk allomalarning ma’naviy qarashlari”mavzusida tayyorlagan bir soatlik
Dars mavzusi: “Buyuk allomalarning ma’naviy qarashlari’’
Dars maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: o`quvchilarga allomalarning asari haqida ma`lumot berish, ma’naviy qarashlari bilan tanishtirish.
b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalash,ularni har doim to`g`ri bo`lishga, yolg`on so`zlamaslikka o`rgatish;
V) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarda mavzu yuzasidan bilim,
ko`nikma va malakalar hosil qilish, o’zlari o’qigan asarlar yuzasidan xulosalar chiqarishga o’rgatish.
Dars uslubi: An’anaviy
Dars jihozi: Alisher Navoiy va Bobur suratlari,tezkor savollar ro`yxati,mavzuga doir slaydlar, .
Dars rejasi quyidagi slayd asosida ko`rsatiladi:
1. A.Navoiyning hayot yo’li va ma’naviy qarashlari.
2. “Hayrat ul-abror” dostoni.
3. Asar g`oyasi va tarbiyaviy ahamiyati.
Tashkiliy qism:
a)salomlashish;
b)davomatni aniqlash;
s)sana sharhi;
d)ajdodlarni xotirlash- muqaddas qadriyat.
O`qituvchi:
-Aziz o`quvchilar ,bugungi sanamizni kim eslatib o`tadi?
O`quvchi:
aprel oyining 1-kuni.
O`qituvchi:
-O’quvchilar,biz fevral oyida qaysi buyuk siymolarning tavallud ayyomlarini nishonlaymiz?
O`quvchi:Bobokalonlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning.
O’qituvchi Boburning quyidagi mashhur ruboiysini ifodali o`qiydi:
Tole` yo`qi jonimg`a balolig` bo`ldi,
Har ishniki ayladim , xatolig` bo`ldi,
O`z yerni qo`yib Hind sori yuzlandim ,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig` bo`ldi.
-o`quvchilar bu ruboiy kimning qalamiga mansub?
- Zahiriddin Muhammad Boburning.
_To`g`ri topdingiz,bu ruboiy shoh va shoir bobomiz Bobur qalamiga mansub. Bugungi darsimiz bevosita Navoiy ijodiga doir bo`lganligi uchun darsimizning kirish qismida buyuk ajdodimiz, hamyurtimiz Boburmirzoni yodga olamiz.(Quyidagi slayd asosida Bobur haqida qisqacha suhbat tashkil etiladi)
Aziz o’quvchlar , endi darsimizning asosiy qismiga o`tsak.Biz o`tgan darsimizda siz bilan Alisher Navoiy hayoti va ijodi haqida gaplashganmiz. Bugun bir necha usullar asosida siz shoir hayotiga doir ma`lumotlarni qanday egallaganligingizni sinaymiz. 1-usul Blits so`rov usuli .Bu usulda siz shoir ijodiga doir savollarga tezkorlik bilan javob berasiz.(Savollardan namuna 2-slaydda ko`rsatilgan.O`quvchilarning har bir to`g`ri javobi bir ballik sistemada baholanadi.)
2-usul.Bu usulimiz” Sonlar tilsimi” deb nomlanadi. Bu topshiriqda siz berilgan yillarga qisqacha izoh yozasiz. Topshiriq asosida shoir hayotiga doir muhim sanalarni qay darajada egallaganligingiz aniqlanadi.
O`quvchilar bajargan topshiriqlar quyidagi slayd asosida tekshiriladi.To`g`ri bajarilgan har bir javobga 1 baldan beriladi.
O`qituvchi o`quvchilarning fikrlarini umumlashtiradi:
-O`quvchlar , mana siz buyuk shoirning bolaligi, hayot yo`li haqida ma`lumotga ega bo`ldingiz.Shoir haqli ravishda daho ijodkordir.U o`zining boy adabiy merosi,go`zal lirik she`rlari bilan o`zbek adabiyotiga ulkan xissa qo`shdi . O`zining “Muhokamat ul-lug`atayn” asarida esa turkiy til bilan fors-tojik tilini qiyoslab turkiy tilning ham go`zal va boy til ekanligini isbotlab berdi va o`zining mashhur “Xamsa “ asarini shu tilda yaratdi.
Davlat arbobi sifatida ham ulkan ishlarni amalga oshirdi. Do`sti Husaynni davlatni har vaqt adolat bilan boshqarishga da`vat etib, o`z hisobidan madrasalar,shifoxonalar,yo`llar,hammomlar qurdirdi, ilm-u
fan ahliga homiylik qildi.
O`qituvchi shoirning serqirra hayot faoliyatini klaster usulida tushuntirib fikrini yakunlaydi.
Baholash
O`quvchilar to`plagan ballar umumlashtirilib, o`quvchilar baholanadi.
Vazifa:
Mavzuni mustahkamlash va insho yozib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |