O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI
XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI
Norin tumani XTB ga qarashli 7-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi matematika fani o’qituvchisi Shomirzayeva Mahbubaning matematika fanidan
2019-2020 o’quv yilida tayyorlangan namunaviy 1 soatlik
Ushbu dars ishlanma innavatsion usullardan foydalanish va DTS talablari asosida tayyorlandi.Bu dars ishlanmadan umumiy o’rta ta’lim maktablarining matematika fani o’qituvchilari foydalanishi uchun mo’ljallangan.
Muallif: Norin tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 7-umumiy
o’rta ta’lim maktabining 1-toifali matematika fani o’qituvchisi
Shomirzayeva Mahbuba
Muxarrir: Norin XTBga qarashli matematika fani uslubchisi
G`ofurov Hamidullo
Taqrizchi: Norin tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 14-sonli IDUMI oliy toifali o’qituvchisi Rahmonov Shermuhammad
Norin tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 7-umumiy o’rta ta’lim maktabining 1-toifali matematika fani o’qituvchisi Shomirzayeva Mahbubaning 1 soatlik dars ishlanmasiga
T A Q R I Z
Pedagog o’z mehnatini ijodiy mehnatga aylantirganda pedagoglik ishining nazariyasini ham amaliyotni ham astoydil o’rganib,tashabbuskorlik bilan ishlab, o’quvchilarni qiziqtirishi,ularning ishini faollashtirishi, o’rganilayotgan ma’lumotlarni hayot bilan bog’lagandagina o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalashda muvaffaqiyatli natijalarga erishadi.
Namangan viloyati Norin tumanidagi 7-umumiy o’rta ta’lim maktabining
1-toifali matematika fani o’qituvchisi Shomirzayeva Mahbuba o’z mehnatiga sidqidildan yondoshadigan, yangi usullar va vositalarni ishlab topib, darslarga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko’radigan texnika vositalari hamda ko’rgazmali qurollardan o’rinli va samarali foydalanib dars berib kelayotgan jonkuyar o’qituvchilardan biri hisoblanadi.
O’qituvchining 7-sinflar uchun tayyorlangan ’’Har xil ishorali sonlarni qo`shish ’’ mavzusidagi mazkur dars ishlanmasida ham ilmiylik va izchillikka alohida e’tibor berilgan.
Interfaol usullardan, Insert jadvalini ,,BBB’’ usulida tuldirish , ’’ Klaster ’’, tezkor savol javob usullaridan unumli foydalanilgan.
Mazkur dars ishlanmasi Norin tuman metodik kengashining 2020-yil ------ ------------- kunida bo’lib o’tgan yig’ilishida ----- sonli qarori bilan viloyatda ommalashtirishga tavsiya etildi.
Mavzuni yoritishda bevosita,Vatan tuyg’usi, Tasviriy san’at fanlariga bog’lanib o’tilganligi darsni tushunarli
bo’lishiga olib keladi.
Bu esa o’quvchilar mavzuni tez va oson o’zlashtirishiga sharoit yaratadi.
Mavzuni tushuntirish mobaynida hayotiy voqelikka bog’langanligi tufayli dars qiziqarli chiqqan.
Shu bilan birgalikda o’quvchilarda o’zini o’zi rivojlantirish,milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantiradi,bilim,ko’nikma,malaka hosil qiladi.
Ushbu dars ishlanma barcha matematika fani o’qituvchilari uchun qo’llanma vazifasini o’tashiga ishonch bildiraman.
Taqriz yozuvchi.
Norin tuman xalq ta’limi bo’limiga qarashli 14-sonli IDUMI ning oily toifali matematika fani o’qituvchisi
Rahmonov Shermuhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |