Namangan viloyati
maktabgacha ta’lim boshqaramsi
Namangan
tumani maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli
13
-sonli MTT psixologi
Bannayev Maxmadin
ning 5 oylik
HISOBOTI
O’tgan oylar davomida quyidagi ishlarni amalga oshirdim:
Katta, o’rta va qisqa guruhlar bilan bilish jarayoniga, shaxsiy zususiyatlarini
o’rganishga oid psixodiagnostik mashg‘ulotlar o‘tkazdim.
Pedagogik majlislarda hamda tashkiliy ishlarda ishtirok etdim. Jumladan Bayram va
ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari o‘z vaqtida olib borildi. Jumladan, yanvar
oyida “Vatan himoyachilari biz bilan birga” nomli tematik kechani, yanvar oyida
tuman miqyosida tashkil etilgan “Ilk qadam” davlat dasturi asosida “Markazlarda
ishlash” mavzusida o‘quv-seminarini, fevral oyida buyuk siymolar –
Alisher
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburlarning tavallud ayyomiga bag‘ishlab tematik
kechalar tashkil etildi. Bundan tashqari “Sog‘ tanda – sog‘lom aql” bellashuvi,
farzandimga kitob sovg‘a qilaman” mavzusida ochiq eshiklar kunini tashkillashga
amaliy yordam berdim.
Turli mashg‘ulotlarda kuzatuv ishlarini olib bordim: 1-kichik
guruhda
bolalarni kechki choydagi ishtirokini va idrokini o‘rganish bo‘yicha, 1-o‘rta guruhda
bolalarni mashg‘ulot jarayonlarini, 1-kichik guruhda mashg‘ulot jarayonini, 2-qisqa
guruhda bolalar bialn trening bajarishini, 3-qisqa guruhda bolalar mashg‘ulotini,
ommaviy ravishda
bolalarni hovlida kuzatish, bolalarni NAVRO‘Z bayram oldi
tayyorgarligini va bayram kuni tadbirda ishtirokini
hamda ommaviy ota-onalarni
kuzatdim.
Xodimlar bilan pedagogik-psixologik maslahatlar,
turli amaliy va nazariy
tavsiyalar berib bordim.
2020-yil 16-martdan boshlab respublikamizda COVID-19 pandemiyasi
sababli karantin e’lon qilinishi munosabati bilan ta’lim-tarbiya faoliyati masofaviy
tarzga o‘tkazildi. 352 nafar tarbiyalanuvchilarga
MTT pedagoglari tomonidan
telegram messenjirida guruhlar tashkil etilgan mashg‘ulotlarga men ham amaliy
yordam berib bordim. Psixologik mashg‘ulotlarni
ota-onalarga videorolik, matn,
rasm, foydali maslahat shakllarda yetkazib berdim.
Bundan tashqari ota-onalar uchun pedagogik-psixologik tavsiyalar, trening-
o‘yinlar, didaktik topshiriqlar berib bordim. Jumladan,
bolalar uchun
“Yetishmayotgan qismni top”, “Ranglarni o’rganamiz”, Hayvonlarni
o’rganamiz”, “Raqamlarni o’rganamiz nomli video-o’in tayyorladim.
Bundan
tashqari
telegram
messenjirida
1500
dan
ortiq
obunachisiga
ega
@psixologiyailmi kanalini muntazam yuritib, unda mamlakatimiz psixologlari va
barcha foydalanuvchilari uchun foydali tavsiyalar berib boryapman. Yozgi
sog‘lomlashtirsh oyida ham MTT xodimlari
bilan faoliyatlarimizni
susaytirmasdan davom ettiramiz.
13
-sonli MTT psixologi:
M.Bannayev