O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ TALIMI BOSHQARMASI
Namangan shaxar 18-Davlat ixtisoslashtirilgan
maktab internati
“Huquqiy madaniyat”
mavzusidagi tarbiyaviy soat ma'ruzasi
Tarbiyachi: Adham Normirzaev
Namangan-2019 yil
HUQUQIY MADANIYAT — umumiy madaniyatning muhim qismi bo'lib, quyidagi asosiy tarkibiy qism-lami o'z ichiga oladi:
1. Davlat tomonidan xalq va jamoat birlashmalari nuq-tayi nazarlarini ham ifodalovchi huquqiy siyosatning ish-lab chiqilishi va amalga oshirilishi. Bu siyosat davrning ruhini huquqda ifodalashi lozim. Masalan, mustaqillik va bozor munosabatlari bilan bog'liq masalalar va vazifalar huquqiy siyosatdagi bosh yo'nalishlardandir.
Yuksak darajada rivojlangan yuridik fanlarning mavjudligi huquqiy madaniyatning muhim qismidir.
Keng va faol huquqiy ong huquqiy madaniyatning bir qismi bo'lib, u davlat va huquqiy voqeliklar haqidagi
g'oyalar, qarashlar, his-tuyg'ular, fikrlar, kayfiyatlar tizimidir. Huquqiy ongda huquqiy ruhiyat va huquqiy mafkura jiddiy o'rin tutadi.
Huquqiy madaniyat — bu insonlarning davlat va huquq haqidagi muhim bilimlarni egallab olganlik darajasidir.
Ilgari erishilgan va to'plangan barcha huquqiy tajriba, huquqiy yodgorliklar va ularning ommaga tarqatilishi
huquqiy madaniyatga kiradi.
Amaldagi me'yoriy huquqiy hujjatlar: Konstitutsiya, qonunlar, kodekslar, farmonlar, qarorlar va boshqa huqu
qiy manbalar huquqiy madaniyatning asosini tashkil etadi.
Huquq ijodkorligi madaniyati, huquq me'yorlarini yaratish masalasi, yuridik texnika darajasi, masalan, deputatlar va apparat xizmatchilarining huquqiy bilimlari, dunyoqarashi, huquqqa yondashuvi qanchalik yuqori va xolisona bo'lsa, huquqiy madaniyat ham shunchalik yuksak bo'ladi.
Huquqni amalga oshirish ishlarining tashkil etilishi qanchalik yuqori bo'lsa, u huquqiy madaniyatga ham o'z
ijodiy ta'sirini ko'rsatadi va aksincha.
Huquqiy madaniyatning yana bir qismi — huquqni amalga oshiruvchi davlat idoralari va mansabdor shaxslarning huquq me'yorlari taSablari darajasida hamda doirasida o'z huquqi, burchlarini bajarishi, ularni anglab olishidir.
10. Mamlakatning davlat va jamiyat hayotidagi qonun-chilik darajasi, hammaning qonun va sud oldida tengligi huquqiy madaniyatning ajralmas qismidir.
Huquqiy madaniyatni muntazam boyitib borish uchun quyidagilar o'ta muhim ahamiyat kasb etadi: yuksak malakali sud-adliya kadrlarini tayyorlab borish; barcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida, maktab, litsey va kollejlarda huquq haqidagi bilimlarni o'rgatish-o'rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televi-deniye, vaqtli matbuotda huquqiy bilimlarni keng targ'ib va tashviq qilish; aholining mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o'rganishi uchun qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquq-shunoslik fanlarini rivojlantirish, oshkoralikni ta'minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o'rganish va ular-dan foydalanish; badiiy adabiyotda, san'atda huquqiy bilimlarni tarqatish; huquqiy xulqni rag'batlantirish. Xullas, huquqiy madaniyat inson madaniyatining muhim qismi, uning bilan o'zaro bog'liqdir.
Huquqiy madaniyat tarixan asta-sekin shakllangan ijti-moiy voqea bo'lib, hozirgi davrda rivojlangan huquqiy davlatlarning va ular fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylandi. Rivojlangan mamlakatlar bu borada sezilarli yutuqlarga erishdilar va ulaming har bir fuqarosi har bir masalada qonunlarga suyanib ish olib bora-di, o'z haq va huquqlari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan buzilgan taqdirda, ulaming darajasi va mavqeyi-dan qat'i nazar, sud orqali adolatli yechimga erishadi.
HUQUQ — hulq-atvor (me’yor) umummajburiy qoidalarining majmui, davlat tomonidan ijozat etilgan, tartibga solinadigan va himoyalanadigan insonning qonuniylashtirligan imkoniyat-lari (mulk huquqi, boshpana huquqi, inson huquqgsari va b.)-Huquqparning asosiy manbai Konstitutsiya hisoblanadi. Uning asosida ijgimoiy hayotning turli sohalarida amal qiluvchi qonunchilik hujjatlari ishlab chiqiladi: mehnat, fuqarolik, mulk haqvdagi, atrof muhitni muhofazalash to‘g‘risidagi, ma’muriy, jinoiy va h.k. Bunda huquqning boshqaruv vazifasi namoyon bo‘ladi. Huquq shuningdek, tarbiya va himoya (muhofazalash) vazi-fasini ham bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |