Namangan viloyat Uychi tuman 19-umumiy
o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi
Mirzahmedov Nuriddinning
11-sinf uchun matematika fanidan 1 soatlik ochiq
DARS ISHLANMASI
Fan : Geometriya
Mavzu: Kesik piramida va uning elementlari. Kesik piramidaning yon sirti.
Darsning loyihasi
Ta’limiy maqsad
|
Kesik piramida va uning elementlari.Kesik piramidaning yon sirti haqida o’quvchilarda bilim, ko’nikma,
malaka hosil qilish.
|
Tarbiyaviy maqasd
|
Vatanparvalik, ota-onani qadrlash, ustozlarga hurmatda bo’lish tarbiyalarini rivojlantirish.
|
Rivojlantiruvchi
maqsad
|
Mustaqil ravishda o’z bilimlarini mustahkamlay olishi, masalalarni ishlashda formulalarni qo’llay olish. Kognitiv kompitensiyani (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlashi) rivojlantirish.
|
Vazifalari
|
O’quvchilarni mavzuga qiziqishi, bilim, ko’nikma, malakalarini shakllantirish, kengaytirishga erishish.Tasavvur qilish qobilyatlarini oshirish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
|
Kompetensiya
|
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish hamda foydalanish
|
Dars usuli
|
Yangi bilimlar berish
|
Metod
|
Induktiv (amaliyotdan nazariyaga qarab borish)
Savol javob va aqliy hujum, Guruhlarda ishlash.
|
Vosita
|
Darslik ,multimediya vositalari(vidioproektor,kompyuter) ko’pyoqlar maketi
Chizmalari, ko’rgazmalari.
|
Nazorat turi
|
Yozma ish va test sinovi
|
Baholash
|
5 ballik tizimda
|
Dars bosqichlari taqsimoti
|
5 daqiqa
|
Tashkiliy qism
|
15 daqiqa
|
Uy vazifasini nazorati
|
10 daqiqa
|
Mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
Mavzunini mustahkamlash
|
1 daqiqa
|
Uy vazifasi
|
Oldingi o’tilgan mavzu bo’yicha aqliy hujum savollari.
1. Kubning nechta simmetriya tekisligi mavjud?
2. Ko’pyoqlarga misollar ayting?
3.Eyler teoremasini ayting?
4.To’rtburchakli prizmada nechta yoq, nechta uch, nechta qirra bo’ladi?
5.Uchburchakli piramida nechta yoq, nechta uch, nechta qirra bo’ladi?
6.Prizmaning hajmi qanday topiladi?
7.Prizmaning yon sirti qanday topiladi?
8.Silindrning yon sirti qanday topiladi?
9.Silindrning to’la sirti qanday topiladi?
10.Silindr hajmini topish formulasini ayting?
Takrorlash uchun topshiriq masala
1. Silindr o’q kesimi diagonali 12 ga teng bo’lgan kvadratdan iborat.Uning hajmini toping.
2.Silindr hajmi 120П ga, yon sirti 60П ga teng. Silindr asosining radiusini toping.
3. Silindr asosining radiusi ikki marta orttirilsa, uning hajmi necha marta ortadi?
Yangi mavzuni o’zlashtirish
Savol va topshiriqlar
1. Kesik piramida qanday hosil qilinadi?
2. Kesik piramida yoqlari haqida aytib bering.
3. Kesik piramida yon sirtini topish formulasini ayting.
Mavzuni mustahkamlash
Mustaqil ish!!!
Uyga vazifa 384-masala.
O`IBDO: ______________ O. Navro’zova
Do'stlaringiz bilan baham: |