Kun tartibida:
Ikkinchi chorak yakunlari va kelgusi chorakdagi vazifalar
(ma’ruzchiS. Sulaymanova)
Navoiyxonlik va Boburxonlik haftaliklarini o’tkazish
“Takrorlash darslarini tashkil etishning zamonaviy usullari”
(ma’ruzachi: M. Jalilova)
4. Dars tahlili
ESHITILDI:
Kun tartibiidagi 1-masalayuzasidan S. Sulaymonova so’zi tinglandi. U o’z so’zida II chirak yakunlari va galdagi vazifalar to’g’risida to’xtaldi.
Navbatdagi masala yuzasidan O. Usubboyeva so;zi tinglandi. U o’z so’zida fevral oyida “Navoiyxonlik” va “Boburxonlik” haftaliklarini o’tkazish, tadbirlaar va tanlovlar tashkil etishning ahamiyati haqida gaprib o’tdi. fevral moyi davomida Navoiyxonlik va Boburxonlik haftaliklari tashkil etilib, bu ikki adabiyot darg’alarining ijodi maktab o’quvchilarning e’tiboriga havola etish, ularga nisbatan chuqur hurmat, ehtirom tuyg’ularini shakllantirish masalalari ko’rib chiqildi. Har bir o’qituvchi bu haftalilkrda o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash va tadbirlar uyushtirishi kerakligi aytildi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi M . Jalilova so’zi tinglandi. U o’z so’zida: “Ona tili ta’limining bosh maqsadi – og’zaki va yozma nutq ko’nikmasini , to’g’ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirishdan iborat. An’anadagi “ Grammatika - grammatika uchun qolipidan voz kechib, endi ona tili ta’limida Grammtika – fikrning aniq va lo’nda ifodasi uchun” shiorini asos qilib olinmog’i kerak. Ona tili darslarida o’quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo’naltirish, ular ongida ma’naviy- ma’rifiy inqilob hosil qilishga erishish lozim.
Tajribali o’qituvchlari O. Usubboyeva va S. Sulaymanovalar buni tasdiqlab, shuningdek, bu borada o’quvchilar bilimidagi bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan ishlar olib borish kerakligini ta’kidladi
Shuningdek, yanvar oyi davomida maktab va tuman miqyosida o’tkazilgan fan olimpiadalari hamda bilimlar bellashuvi natijalariga ko’ra ona tili va adabiyoti fan o’qituvchilarining mehnati yuzaga chiqqanligi va o’quvchilarning umumiy o’rni tuman miqyosida faxrli o’rin ekanligi, kelgusi tanlovlarda ham bundan– da yuqoriroq natijalarga erishish kerakligi muhokama qilindi.
4- masala ham uslubiy birlashma a’zolari tomonidan muhokama qilinib, Ona tili va adabiyoti fanidan saboq beruvchi M. Jalilovaning darslari oy davomida kuzatilib, fan o’qituvchilari tomonidan tahlil qilindi, kutilgan natijalar ko’zga ko’rina boshlagani, o’quvchilarning mehrini qozongani, o’z ustida tinmay ishlayotgani samarasi ekanligi aytilib, yutuq va kamchiliklar haqida fikr – mulohazalar o’rtoqlashildi. Kelgusi darslari uchun maslahatlar berildi. Ishlariga muvaffaqiyat tilandi
Qolavesa, fevral oyi davomida fan o’qituvchilari ko’proq O. Usubboyevaning darslarini kuzatishlari va kelgusi uslubiy birlashma yig’ilishida tahlil qilinishi haqida eslatib o’tildi.
Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’ilish
Do'stlaringiz bilan baham: |