Kun tartibida:
1. Yosh mutaxassislar bilan olib borilayotgan ishlar haqida hisobot
(ma’ruzchi:S. Sulaymonova)
2. Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’rganish (ma’ruza: O. Usubboyeva)
3.Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishish
ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan S. Sulaymonova so’zi eshitildi. U o’z so’zida yosh mutaxassislar bilan olib borilayotgan ishlar haqida hisobot berdi
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi O. Usubboyeva so’zi tinglandi. U o’z so’zida: O’quvchilarni adabiyot darslariga qiziqtira olish zarur. Hozirgi kunda Davlat ta’lim standartlari talab etayotgan har bir vazifa o’quvchini o’z ustida ishlashga jalb etadi.
Ushbu ma’ruzamda men bu usulni Chingiz Аytmаtоv аsаrlаri ustidа ishlash jаrаyonidа qo’llаnish tаjribаsini bаyon etmоqchiman. XX аsrning tаniqdi аdiblаridаn biri bo’lgan Chingiz Аytmаtоvning hаyoti vа ijоdiy fаоliyati hаqidа dаrslikdа bеrilgаn mаtn hаjmi unchа kаttа emаs. Аmmо undа аdibning bоlаligi, ulkаn istе’dоdi хususidа yettinchi sinf o’quvchilаrigа yеtаrli dаrаjаdа mа’lumоt mаvjud. Аdibning оtаsi hukumаt idоrаlаridа mаs’ul lаvоzimlаrdа ishlаgаni tufаyli qаtаg’on qurbоni bo’lgani, bo’lаjаk аdib 12-14 yoshidа qishlоq kеngаshidа kоtib bo’lib ishlаgаni hаqidа mаtndа bеrilgаn mа’lumоtlаrni o’quvchilаr qiziqish bilаn qаbul qiladilаr.
O’quvchilаr diqqаti Ch.Аytmаtоvning “Jаmilа”, “Yuzmа-yuz”, “Mоmо yеr”, “Аlvidо, Gulsаri”, “Bаydаmtоl sohillаridа”, “Birinchi o’qituvchi”, “Оq kеmа”, “Аsrgа tаtigulik kun”, “Qiyomаt”, “Kаssаndrа tаmg’аsi” kаbi аsаrlаri ko’p tillаrgа tаrjimа qilingаni, ulаr аsоsidа bаdiiy filmlаr yarаtilgаnligi haqidаgi mа’lumоtgа tоrtilishi ulаrning bu bоrаdаgi bilimlаrini bоyitishgа yordаm bеradi.
Muzokaraga tajribali o’qituvchi S. Sulaymonova va M. Jalilovalar chiqdilar Ular ham o’z fikrlarini bildirdilar
Kun tartibidagi 3-masala ham ko’rib chiqildi. Noyabr oyida ona tili va adabiyoti fanidan saboq beruvchi S. Sulaymonovaning darslari noyabr oyi davomida kuzatilib, fan o’qituvchilari tomonidan tahlil qilindi, yutuq va kamchiliklar haqida fikr – mulohazalar o’rtoqlashildi. Kelgusi darslari uchun maslahatlar berildi Dekabr oyi davomida fan o’qituvchilari ko’proq O. Usubboyevaning darslariga kirishlari va kelgusi uslubiy birlashma yig’ilishida tahlil qilinishi haqida eslatib o’tildi.
Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1. Har bir fan o’qituvchilariga ona tili darslarida o’quvchilarda mehnat tarbiyasini shakllantirlib, mehnatsevarlikka o’rgatish yuklatilsin.
2.Maktab va tuman fan olimpiadalariga tayyorlanayotgan o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulotlar olib borilsin.
3. Keyingi birlashma yig’ilishiga qadar Ustoz o’qituvchi S. Sulaymonovaga “Ot so’z turkumini ilg’or pedagogik texnologiyalar asosida o’rganish” mavzusidama’ruza tayyorlash eslatib o’tilsin.
4.To’garak mashg’uloti ishlari jonlantirilsin va to’garak a’zolari ishtirokida tadbirlar tayyorlansin
Dars jarayonida tarqatmali materiallar va ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari va yangi axborot texnologiyalari, elektron darsliklardan foydalanib dars o’tish yuklatilsin.
Yig’ilish raisi S. Sulaymonova
Kotibi M. Jalilova
Namangan tuman 25-sonli umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilarining uslubiy birlashma yig’ilishi qarori
Mirishkor ___dekabr
Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma a’zolari qatnashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |