e-qaror.gov.uz
19.10.2022
14
manbalar va moddiy mablag‘larni jalb qilish chora-tadbirlarni amalga oshirish, sport
maktabi xodimlari va o‘quvchi-sportchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-
sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Kuz-qish
mavsumiga tayyorgarlik jarayonida issiqlik energiyasi, tabiiy gaz va elektr
energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarni aniqlaydi va ma’lumotlarni tegishliligi bo‘yicha
viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda mahalliy davlat hokimiyati
organlariga takliflar kiritadi hamda qabul qilingan yoqilg‘ilarning sifati va
saqlanishini nazorat qiladi.
44. Sport maktabining tibbiy bo‘limi o‘quv-mashq jarayonini, sport
musobaqalari va o‘quv-mashq yig‘inlarini tibbiy ta’minlash, mashq yuklamalarining
hajmi va muntazam o‘tkazilishini nazorat qilish, o‘quvchi -sportchilarni
tayyorlashning yakka tartibdagi rejalarini tuzish va tasdiqlashda qatnashish,
chuqurlashtirilgan tibbiy tekshirish o‘tkazilishini tashkil etish ishlariga mas’uldir.
45. Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi budjet va budjetdan tashqari
mablag‘lar bo‘yicha buxgalteriya hisobini 0‘zbekiston Respublikasining
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuniga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga
muvofiq tashkil qiladi, buxgalteriya hisobini yuritishni belgilangan tartibda olib
borishga, bo‘lim sport maktabining buxgalteriya hisobini tashkil qilinishini hamda
to‘liq va aniq yuritilishini, moliya-xo‘jalik operatsiyalarining nazorat qilinishi
tartibini, hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishini, shuningdek buxgalteriya
hujjatlarining saqlanishini ta’minlash ishlarini amalga oshiradi.
46. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha instruktor-metodist faoliyati bo‘yicha
tajribaga ega bo‘lgan, kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotli, xorijiy tillardan
birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishni biladigan hamda shu yo‘nalishda besh yildan kam bo‘lmagan pedagogik
ish stajiga ega bo‘lgan tajribali mutaxassislardan tayinlanadi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha instruktor-metodisti quyidagi ishlarni
amalga oshiradi:
a. sport maktabida ma’naviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish;
b. tarbiyaviy ishlarning yillik va oylik rejalarini ishlab chiqish, guruh treneri va
instruktor-metodisti tomonidan amalga oshiradigan tarbiyaviy ishlar rejalarining
bajarilishini nazorat qilish;
v. “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” majmuasiga kiruvchi fanlar
bo‘yicha o‘zlashtirish, o‘quvchi-sportchilarning davomati va xulqi, tarbiyaviy
tadbirlarning sifati va samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |