Namangan pedagogika kolleji


Faoliyatning 3 asosiy turi mavjud



Download 4,12 Mb.
bet84/131
Sana17.07.2022
Hajmi4,12 Mb.
#811965
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   131
Bog'liq
Namangan pedagogika kolleji

Faoliyatning 3 asosiy turi mavjud: o‘yin, ta’lim, mehnat.
O‘yin faoliyati bilan asosan bolalar shug‘ullanadilar. Lekino‘yinni kattalar va bolalar hayotida ham ko‘rish mumkin. Hayvonlardagio‘yin tug‘ma instinktiv harakatdir. O‘yin bola organizminingtabiiy ehtiyoji bo‘lib, bola o‘yin davomida psixikjihatdan rivojlanadi. «O‘yin bolalar mehnatidir», – deb bejizaytilmagan. Psixik jihatdan normal rivojlanayotgan bolalarninghammasi, albatta o‘yin faoliyati bilan shug‘ullanadi. O‘yinfaoliyati bolalar uchun dunyoni bilish qurolidir. Shuning uchunbolalar o‘zlarining har kungi turli-tuman o‘yin faoliyatlaridatevarak-atrofidagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini bilibginaqolmay, balki kishilar o‘rtasidagi turli-tuman munosabatlarniham o‘zlariga singdiribboradilar.Odam yoshlik paytida o‘z tabiatiga ko‘ra, nihoyatda taqlidchanbo‘ladi. Agar biz bolalarning o‘yin faoliyatlariga diqqat bilannazar solsak, o‘yin faoliyatining kattalar xatti-harakatlari vafe’l-atvorlariga taqlid qilishdan iborat ekanini ko‘ramiz. Qiz bolajuda yoshlik chog‘idan boshlab onasining xatti-harakatlarigataqlid qilib, bola tarbiyalash ishi bilan, ya’ni qo‘g‘irchoq o‘ynashfaoliyati bilan shug‘ullanadi. O‘g‘il bolalar bo‘lsa, erkaklarningxatti-harakatlari va fe’l-atvorlarigataqlid qilib turli o‘yinlarnio‘ynaydilar. Demak, odam ilk yoshlik chog‘idan boshlab o‘yinfaoliyati orqali tevarak-atrofdagi odamlarning insoniy sifat vafazilatlarini (mehnatsevarlik, insonparvarlik, sofdillik, halollik,rostgo‘ylik, rahmdillik va bu sifatlarning aksi bo‘lmish ishyoqmaslik,yovuzlik, o‘g‘rilik, vijdonsizlik, berahmlik, yolg‘onchilikva hokazolarni) o‘zlariga singdirib boradilar. Keyinchalik bundaysifat va xususiyatlar kundalik hayotda mustahkamlanibodamningshaxsiy sifatlariga aylanib qoladi.Subyektni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan faoliyatta’lim deyiladi. U bilim, ko‘nikma va malakalardan tashkil topadi.O‘yin faoliyatining maqsadi ma’lum bilimlarni, harakatlarva amallarni o‘zlashtirishdan iboratdir. Odamning o‘z maqsadigako‘ra, batamom o‘rganish va o‘zlashtirishdan iborat bo‘lganmana shunday maxsus faoliyati ta’lim faoliyati dеb ataladi.
Psixologik jihatdan olganda, ta’lim faoliyati o‘z ichiga quyidagijarayonlarni oladi:a) ma’lum bir nazariy va amaliy faoliyat turlarini muvaffaqiyatliamalga oshirish uchun obyеktiv olamning eng muhimxususiyatlariga doir ma’lumotlarni o‘zlashtirish. Bu jarayonningmahsuli bilimlardir;b) mana shu faoliyat, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishni yuzagakеltiradigan usul va opеratsiyalarni egallash, bu jarayonningmahsuli malaka va uquvlardan iboratdir.Shunday qilib, odamning ma’lum bilimlar, tushunchalarsistеmasi ko‘nikmalar va malakalarni ongli maqsad bilanboshqaradiganbarcha xatti-harakatlari ta’lim faoliyati bilanbog‘liq bo‘ladi. Mana shu yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinibturibdiki, ta’lim maxsus va o‘ziga xos bo‘lgan insoniy faoliyatdir.Ta’lim faoliyatining tuzilishi murakkab bo‘lib tarkibigabilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi.Bolalarning mehnat faoliyati.Ta’lim faoliyati maxsus ravishda tashkil etilgan sharoitdamaktablarda, o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida amalga oshiriladi.
Katta yoshli kishilar bolalarning taraqqiyotlariga aktiv ta’siretib, ularning ta’lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xatti-harakatlarini tashkilqiladilar. Bu faoliyatva harakatlarni insoniyat ijtimoiy tajribasini o‘rganish tomonyo‘naltiradilar. Shunday qilib, ta’lim faoliyati katta kishilar tomonidantashkil qilinib boshqariladi va sistеmali ravishda nazoratqilib boriladi.Ta’limiy mashg‘ulotlar.Ta’lim faoliyati tarbiya ishlari bilan uzviy bog‘liqdir.Ta’lim muassasalaridagi har qanday ta’lim jarayoni tarbiyaviyxaraktеrga ega. Bolalarga u yoki bu fan bo‘yicha ta’lim bеrarekanmiz, biz ularni bir vaqtda tarbiyalaymiz ham. Ta’lim-tarbiyaishlari asosan tushuntirish, ishontirish, ko‘rsatish,rag‘batlantirish, talab qilish,vazifa bеrish va jihozlash kabivositalaryordamida amalga oshiriladi. Ta’lim va tarbiyafaoliyati odamni ijtimoiy foydali mеhnatning har xil turlariuchun zarur bo‘lgan bilimlar, malaka hamda ko‘nikmalarbilan qurollantiradi. Bundan tashqari ta’lim va tarbiya faoliyati turli-tuman ishlarga mos ravishda o‘z xatti-harakatlariniva psixik jarayonlarini boshqara olishga o‘rgatadi. Shu tariqaodam uzoq vaqt mobaynida sistеmali davom etadigan ta’lim-tarbiyafaoliyatida o‘zini inson hayotida eng muhim faoliyatbo‘lgan mеhnat faoliyatiga tayyorlaydi. Ma’lumki, odam o‘ztabiati jihatidan mеhnat faoliyatibilan shug‘ullanmay yashayolmaydi. Agarda odam mеhnat faoliyatidan to‘xtab qolsa, undaypaytda o‘z hayotiniham tugatgan bo‘lur edi. Shu sababliham mеhnat faoli faoliyati odamning yashashini ta’minlovchi engasosiy faoliyatdir.
Mehnatning ijtimoiy mohiyati, turlari. Ijod va ilhomlanish
Odam kun kechirish uchun faqat tevarak-atrofdagi olamnibilib qolmasdan, shu bilan birga uni o‘zgartirishi, mehnatfaoliyatibilan shug‘ullanishi lozim. Mehnat bu ma’lum ijtimoiy-foydali, moddiy yoki ma’naviy mahsulot yaratishgayo‘naltirilgan faoliyatdir. Odam tabiat moddasini o‘z hayotiuchun yaroqli ma’lum bir formada o‘zlashtirib olish uchun o‘zbadanining tabiiy kuchlarini, qo‘l va oyoqlarini, bosh va barmoqlariniharakatga keltiradi. Shu harakat vositasi bilan tashqitabiatga ta’sir qilib, uni o‘zgartiradi, shu bilan birga inson o‘ztabiatini ham o‘zgartiradi.Mehnat bilish faoliyati bilan mahkam bog‘langandir, chunkihar qanday ish bilim va tajribani talab qiladi. Mehnat faoliyatidashaxsning sifatlari, psixik jarayonning xususiyatlari vakishiningxislatlari namoyon bo‘ladi. Mehnat faoliyati tufaylikishida tafakkur, qobiliyatlar, qiziqishlar rivojlanadi, irodamustahkamlanadi, xarakter tarkib topadi. Mehnat kishida turlihis-tuyg‘ular uyg‘otadi, kishilarning sog‘ligi va psixik holatigata’sir ko‘rsatadi. Mehnatning jismoniy va aqliy turlari mavjudbo‘lib, har ikkisi ham o‘ziga xos kechadi. I.P. Pavlov shundayyozgan edi: «Men butun umrim davomida aqliy mehnat bilanjismoniy mehnatni yaxshi ko‘rib keldim... Jismoniy mehnatnihatto ko‘proq qadrlayman...».
Tashabbus namoyon bo‘ladigan, qandaydir bir yangilikyaratiladigan,ish jarayoniga o‘zgarish kiritiladigan har qandaymehnat turi ijodiy xarakterga ega bo‘ladi. Biror mehnat vazifasinioriginal ravishda hal qilishga yoki faoliyatning ijtimoiyqiymatga ega yangi moddiy yoki ma’naviy mahsulotniyaratishga ijod deyiladi. Mehnat ijodiy xarakterga ega bo‘lishi uchun, avvalo kishi amal qiladigan g‘oya bo‘lishi kerak. Ijodishga katta qiziqish bo‘lishini va iloji boricha uni yaxshiroq bajarilishnitalabqiladi. Ijod zamirida tasavvur yotadi. Tasavvurbo‘lmasa ijod ham bo‘lmaydi. Yangi narsani ijod qilishdan oldinuni fikran tasavvur qilmoq kerak. Ilhomlanish kishiningma’naviy kuchlari va qobiliyatlarining nihoyatda ko‘tarinkitarzdabo‘lishidir. Ilhomlanish tufayli kishi mehnati juda samaralibo‘ladi, alohidaqimmatli fikrlar vujudga keladi, zarurso‘zlar topiladi, kishi hamma fikrini bir joyga to‘plaganda butunfaoliyat jarayoni oson va tez bajariladi. Bunda o‘z mehnatidanqanoat hosil qilishdek quvonchli tuyg‘u boshdan kechiriladi. Ilhomlanish faqat rassomgagina emas, balki olimga ham, ishchiga ham zarur. Tarbiyachining ham mashg‘ulotda biror narsani so‘zlab berayotganida yoki bolalarga badiiy asar o‘qib berayotganida ilhomlanishi juda ham zarur bo‘ladi. Ilhomlanish odatda o‘z mehnatiga chuqur hayajon bilan yondashadigan va shu sohada ishlaydigan kishilardagina paydo bo‘ladi. Doimiy, astoydil va g‘oyat jiddiy mehnat qilganda, kishida ilhom, ijodiy fikrlar tez-tez paydo bo‘lib turadi. Bunga atrofdagi sharoit, kishilarni, tabiatni kuzatish va hokazolar yordam beradi. Ba’zan ijod qilish uchun yil fasli ham ahamiyatga ega bo‘ladi.
Mavzu yuzasidan savollar:

  1. Faoliyat va uning turlari haqida gapirib bering

  2. O’yin va mehnat faoliyatining psixologik mohiyati haqida nimalarni bilasiz?

  3. Mehnatning ijtimoiy mohiyati, tarbiyachilik kasbiga oid ijod va ilhomlanish deganda nimani tushunasiz?

Foydalanilgan adabiyotlar





  1. E.G’oziyev. “Psixologiya” Darslik. “O’qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2008.

  2. S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. O’quv qo’llanma. Toshkent-Faylasuflar-2013




Download 4,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish