Malaka amaliyotida talaba: -korxonaning ishlab chiqarish va boshqarish strukturasi bilan tanishish;
-korxonasining ishlab chiqarish dasturi va assortimenti bilan tanishish;
-korxonaning istiqboldagi rejalari;
-maxsulot sifatini boshqarish sistemasi;
-atrof muxit muxofazasini ximoyalashga karatilgan chora tadbirlar;
Ishlab chiqarish korxonasining bo’lim va ularda ishlatiladigan jixozlari bilan tanishishni korxonadan tayinlangan amaliyot raxbari tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonaning asosiy ish joyida ishchi-shogird sifatida ishlash jarayonida esa talaba bajarilayotgan operatsiyaning maqsad moxiyati, qo’llaniladigan jixozlar, xamda asosiy va yordamchi materiallarni o’rganishi.
Bajarilayotgan operatsiyada nuqsonlar paydo bo’lish sabablari va uni bartaraf etish yo’llarini mukammal o’rganishi talab etiladi.
O’zlashtirilishi lozim bo’lgan amaliy ko’nikmalar.
Talabalar amaliyot o’tish davrida quyidagilarni o’zlashtirishi lozim.
-korxonasining ishlab chikarish dasturi va assortimentini;
-korxonaning istiqboldagi rejalari;
-maxsulot sifatini boshqarish sistemasi;
Tayyorlov - sexida: -sexning vazifasi. Materiallar assortimenti;
-korxonaga olib kelinayotgan gazlamalar va furnituralarni qabul qilib olish
tartiblari;
-materiallarni saqlash tartiblari;
-material uzunligi,eni va nuqsonlarini aniqlash usullari va jixozlari konstruktsiyasi; .
-ishchi andazalarni tayorlash texnologiyasi;
Bichish - tsexida: -bichuvchilarga to’shama tuzish va bichish usullari;
-materiallani to’shash usullari va jixozlari;
- bichuvchining ish joyining tashkil etilganligi;
-to’shamaga andozalarni joylashtirish usullari;
-bichish usullari va jixozlar konstruktsiyalari;
-bichishda xosil bo’ladigan chiqindilarni qayta ishlash muammolari;
-bichilgan detallarning sifatini nazorat qilishni tashkil etish;
-tsexdagi mavjud muammo va kamchiliklar, xamda ularni bartaraf etish chora- tadbirlari.
5. Amaliyot xisobotiga qo’yiladigan talablar. Amaliyot natijalari asosida talabalar xisobot yozishlari lozim. Xisobotda quyidagi masalalar yoritilishi lozim.
Kirish Xisobotning kirish qismida mamlakatimiz iqtisodiy isloxotlarning tikuvchilik sanoatini rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqgan vazifalar to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Asosiy qism Xisobotning asosiy qismida talaba malaka amaliyoti o‘tagan korxona to’g’risida quyidagi ma’lumotlarni keltirishi lozim:
-korxonaning ishlab chiqarish va boshqarish strukturasi, assortimentlari va istiqboldagi rejalari;