Ochiqlik va bozor iqtisodiyotiga asoslangan tartibni qo`llabquvvtlash.
Davlat sektori prudensial tartibga soluvchilar va nazoratchilar vositasida faoliyat ko`rsatishi orqalimoliviy institutlarning riskka tortilishini nazorat qilish bilanxardoimkurashadi.Moliyaviyinstitutlaro`zlariningfaoliyatidagicheklovlar yuzaga kelishidan qochishadi va risklarni niqoblashda ancha tajribali va moxir bo`lishib, har doimbank nazoratchilaridan ma‘lumotlarni yashirishga intilishadi.SHuningdek, nazoratchilar ham pora olishlari yoki siyosiy bosim uyushtirishadi hamda o`z ishlarini to`g`ri bajarmasliklarimumkin. Bu muammolarni hal etish uchun moliyaviy bozorlar moliya institutlarini ko`p riskka chalinmasliklari maqsadida tartibga solishga muxtojdir. Xukumat tomonidanbanklar va boshqa moliya institutlar balansining holatini ochiqligini ta‘minlanishi qo`llabquvvatlanishi tartibga solinishi lozim.Bundan tashqari depozitorlar va kreditorlar past darajada kapitallashuvga ega moliya institutlarga pul qo`yishni xoxlamasliklari sababli xukumat tomonidan moliya institutlarining ko`proq kapitalga ega bo`lishi rag`batlantirishi lozim.YUqori darajadagi riskli faoliyat bilan shug`ullanuvchi institutlardandepozitorlar va kreditorlar pullarini olib chiqib ketishlari sabablibank faoliyatining ochiqligini qo`llabquvvatlash bilan bog`liq qoidalar ham riskka uchrashnichegaralaydi.
Valyutalarning nomutanosibligini chegaralash.
Ko`rganimizdek, rivojlanayotgan davlatlar moliya tizimi milliy valyuta qiymatini pasayishi natijasida juda ham kuchsizlanadi. Ushbu mamlakatlardagi firmalarning maxsulotlari va aktivlarining narxi milliy valyutada baholanganligigaqaramasdan, tez tez xorijiy valyutada qarz olishadi.Milliy valyuta kursining tushishi xorijiy valyutada ifodalangan qarz yukini oshishiga sabab bo`ladi. Chunki ushbu qarzni ancha qimmat xorijiy valyutada qaytarilishiga to`g`ri kelib, firmalarning balansini yomonlashtirishimoliyaviy inqirozni keltirib chiqaradi.Xukumatlar valyutalarning nomutanosibligini huquqiy xujjatlar qabul qilish yoki soliqlarni joriy qilish orqali nomoliyaviy firmalar tomonidan xorijiy valyutada ifodalangan qarzlar ajratilishini qisqartiradi. Bank faoliyatini tartibga solish ham banklar tomonidan xorijiy valyutada qarz olishnikamaytiradi. Valyuta kursi o`zgara olishi mumkin bo`lgansuzuvchi kurs rejimiga o`tish yuqori darajadagi riskli faoliyatni yuzaga kelishi oqibatida xorijiy valyutada qarz olishni qisqartiradi. Narx barqarorligini ta‘minlashga yo`naltirilganmonetar siyosat yuqori suratdagiinflyasiya natijasidamilliy valyuta o`zqiymatini
94
yo`qotishini oldini oladi. Bu holat firmalarning xorijiy valyutaga nisbatan milliy valyutada qarz olishlarini rag`batlantiradi.