Namangan muxandislik texnologiya instituti pul va banklar


Iqtisodiy tiklanish boshlandi



Download 1,58 Mb.
bet96/127
Sana09.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#538753
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127
Bog'liq
pul va banklar

Iqtisodiy tiklanish boshlandi.


Janubiy Koreyada bo`lganidekdunyoning boshqa mamlakatlardagi tovarlarning narxi o`sishi natijasida Argentinaning eksportiga talab oshdi va o`zo`zini to`g`irlash mexanizmi ishga tushdi. 2003-yilning oxirigacha iqtisodiy

91
o`sish surati yillik 10% atrofida bo`lgan bo`lsa, Ishsizlik darajasi 15%dan past ko`rsatkichga teng bo`ldi. Inflyasiya darajasi 5%dan pastga sho`ng`idi.(14-rasm)


15.14-rasm



Rivojlanayotgan davlatlar va rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqirozning yuzaga kelishi o`rtasidagi farqni aniqlaganimizga qaramasdan, rivojlangan davlatlarda ham rivojlanayotgan davlatlardagi kabi xususiyatlarga ega moliyaviy inqiroz sodir bo`lgandir. Bu holat keyingi betdagi ifodalangan ―Rivojlangan davlat iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlat iqtisodiyotiga qachon o`xshaydi: 2008- yilning Islandiya moliyaviy inqirozi’.

Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozni oldini olish.


Ushbu rivojlanayotgan davlatlarning moliyaviy inqiroz tajribasi tasvirlangan bo`lib, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozni yumshatish borasidagibir nechta hukumatlarning siyosatini maslaxat beradi.

Prudensial tartibga solish va bank nazoratini kuchaytirish.


Ko`rganimizdek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning ildizi bank tizimiga borib taqaladi. Moliyaviy inqirozning oldini olish uchun xukumatlar tijorat banklarining riskli faoliyatini chegaralash uchun prudensial tartibga solish va bank nazoratini rivojlantirishi lozim. Birinchidan, tartibga soluvchilar banklarning iqtisodiy shokdan mumkin yo`qotishlarga qarshi etarli darajada kapital bilan ta‘minlanganligini kafolatlashlari lozim. Shuningdek, ko`proq yo`qotishlarni boshdan kechirishi sabablibank egalariga xavfsizroq investitsion faoliyatni amalga oshirishlari uchun imtiyozlar berilishi shart.

Navbatdagi moliyaviy xabar.“Rivojlangan davlat iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlat iqtisodiyotiga qachon o`xshaydi: 2008- yilning Islandiya moliyaviy inqirozi”.


2008-yilda boshlangan Islandiyada moliyaviy inqiroz va iqtisodiy pasayishdunyoda yuqori yashash standartlariga ega kichik, boy millat uchun taajubli xodisalarni yuzaga keltirib,rivojlanayotgan davlatdagi moliyaviy inqirozssenariysi takrorlandi.
Moliyaviy liberallashuv jarayonlarining bir qismi sifatida 2003-yilda Islandiya xukumati davlat ulushiga ega banklarni Island bank sanoatini
92
kengaytirgan maxalliy investorlarga sotdi.Ushbu investorlar nemis va britan uy xo`jaliklaridan xorijiy valyutadagi depozitlarni jalb qilish hamda xorijiy valyutada ifodalangan kreditlar etarli va arzon bo`lganqisqa muddatli ulgurji fond bozorlaridan katta miqdorda qarz olishmaqsadidachet elda filiallarni tashkil qilishdi.Ular fondlarni aynan bank egalariga aloqasi bo`lgan mahalliy investitsion firmalarga yo`naltirishdi. Tabiyki, fondlarning katta qismi kapital va ko`chmas mulk ko`rinishidagi yuqori riskli investitsiyalarga yo`naltirildi. Islandiyaning qimmatli qog`ozlar bozori qiymati YAIM ning 250%miqdorigacha tezkorlik bilan o`sdi va firmalar, uy xo`jaliklari hamda banklar xorijiy valyutada qarz olishdi. Natijada rivojlanayotgan davlatlarda bo`lgani kabi kuchli valyuta nomutanosibligi sodir bo`ldi. Bir vaqtning o`zida Islandiyaning tartibga solish tizimi bank risklarini samarasiz nazorat mexanizmi bilan ta‘minlangan edi.
2008-yil oktyabrda AQSH investitsion banki Lehmann Brothers ning bankrotlikka uchrashi Islandiya banklarini moliyalashtirib turgan ulgurji qarz tizimini to`xtatishiga olib keldi.Fond bozoriga yo`lning mavjud emasligi natijasida banklar o`larining xorijiy valyutadagi qarzlarini qayta to`lay olishmadi. Ko`pgina hollarda banklar tomonidan qabul qilingan ta‘minot boshqa Island banklarini aksiyalarini o`z ichiga olib, ularning narxi oldingi qiymatini ma‘lum bir qismigacha pasaydi. Banklarning aktivlari shu darajada o`sib ketgan ediki, mamlakatning yalpi ichki maxsulotidan deyarli to`qqiz barobarga oshib ketgan edi. Natijada xukumat banklarni bankrotlikdan ishonchli tarzda qutqara olmas edi. Islandiyadan xorijiy kapital qochib ketdi va Island kronasining qiymati 50%gacha qadrsizlandi.
Valyuta kursini keskin pasayishi natijasida tashqi qarz yuki milliy valyutada ifodalanganda ikki barobarga ko`paydi. Natijada Island firmalari va uy xo`jaliklari kapitalining katta qismini emirilishi to`liq masshtabli moliyaviy inqirozni yuzaga keltirdi. Ishsizlik darajasini uch barobarga oshishi,ish haqini tushishi, xukumatda katta hajmda byudjeti defitsiti shakllanishi bilan iqtisodiyot kuchli retsessiya holatiga tushdi. Xorijiy kreditorlar bilan munosabatlar yanada taranglashgan bo`lsa, terrorizmga qarshi qonunga muvofiqxattoki island firmalarning aktivlari muzlatilishi Buyuk Britaniya bilan aloqalarni yanada og`irlashtirdi. Ko`pgina islandiyalik odamlar baliq ovlash va qishloq xo`jaligi sanoatidagi an‘anaviy ishlariga qaytishdi. Fuqarolar yomon vaziyatning ham yaxshi tomonlarini topishdi: island valyutasining qadrini pasayishi islandiyaning mashxur balig`i, Island pista ko`miri va atlantik lososni xorijliklar uchun ancha qulay bo`lishini ta‘minladi.
Prudensial nazorat 1) yaxshi risk menejment va monitoring tizimi 2) mavjud muxim risklarni yuzaga keltiradigan faoliyatni cheklash 3) xodimlar tomonidan o`g`irlik va ruxsat etilmagan xarakatlarni oldini olish maqsadida ichki nazoratni o`z ichiga oluvchi o`z o`rnida to`g`ri risk menejment jarayonlarini banklarda mavjudligi kafolatlash orqali xavfsizroq va sog`lomroq bank tizimini qo`llabquvvatlashga yordam beradi.Janubiy Koreya misolida ko`rsatganidek, tartibga solish tizimi tijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchilar tomonidan banklarni egallab olinishiga ruxsat berilmasligi lozim. Tijorat faoliyati bilan shug`ullanuvchilar banklarni egallab olishsa,Janubiy Koreyadagi chebollar kabibank kreditlarini o`z maqsadlarini moliyalashtirish yo`lida foydalanishadi. Bu
93
holat yuqori riskli kreditlash faoliyatini kengayishiga, o`z navbatida bank inqirozini keltirib chiqaradi.
Prudensial nazorat ishlashi uchun nazoratchilarda o`zlarining faoliyatini amalga oshirishlari uchun etarli darajada resurslar bo`lishi kerak. Rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyoti uchun bu juda ham jiddiy muammo hisoblanib, prudensial nazoratchilar juda kam ish haqi olishadi va kompyuter kabi instrumentlar etishmaydi. Siyosatchilar tomonidan prudensial nazoratchilarga katta bosim mavjud bo`lib, siyosiy ulushini olish (yoki to`g`ridanto`g`ri pora olish) maqsadidabanklardan juda qattiqbo`lmasliklarni talab qilishadi. Mustaqilroq tartibga soluvchi va nazorat agentligi siyosiy ta‘sirga qarshi turishi, o`z ishini bajarishi va bank risklarini kamaytirishi lozim.

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish