Yaponiya banki.Yaponiya Banki 1882 yilda tashkil topgan. Monetar siyosatni hukumat tomonidan tayinlanadigan va parlament tomonidan tasdiqlanadigan, rais, uning ikkita o’rinbosari, hamda oltita tashqi a‘zolardan tashkil topgan, Siyosiy Kengash olib boradi; ularning hammasi lavozimlarini besh yil davomida egallaydilar.
Oxirgi paytgacha, Yaponiya Banki rasman, u yerdagi asosiy rol Moliya vaziriga tegishli bo‘lgan, hukumatdan mustaqil holda faoliyat yuritar edi. Biroq, 1998 yilning aprel oyidan amal qilayotgan, Yaponiya Banki haqidagi yangi Qonun 55 yil davomida ilk marotaba uning vakolatlariga o‘zgartirish kiritdi. Avvalom bor, yangi qonunga binoan, monetar siyosatning maqsadi – narx barqarorligini saqlab qolish. Bundan tashqari, qonun Bankga instrumentlarni va maqsadni tanlashda ko‘proq mustaqillikni ta‘minladi. Bundan oldin hukumat Siyosiy Kengashda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan ikkita vakilga ega edi, Moliya vazirligi va Iqtisodiy rejalashtirish bo‘yicha Agentlikdan bittadan. Endi esa hukumat ushbu ikkita idoraning ikkita vakilini kengash majlislariga yuborishi mumkinligi bilan, ular ovoz berish huquqiga ega emas, faqat monetar siyosat bo‘yicha qarorlarning ijrosini keyinga qoldirishni so’rashlari mumkin. Bundan tashqari, Moliya vazirligi Bankning ko‘plab operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini yo’qotdi, hususan, oliy rahbariyatni ishdan bo‘shatishni. Biroq, Moliya vazirligi Yaponiya Banki byudjetining, monetar siyosatga aloqasi bo‘lmagan, bir qismini nazorat qilishda davom etadi, bu holat Bank mustaqilligini bir oz darajada kamaytiradi.
Yevropa markaziy banki. Maastrixt shartnomasi orqali ta‘sis etilgan, Yevropa markaziy banki (YEMB) va Yevropa markaziy banklar tizimi o‘z faoliyatini 1999 yilning yanvar oyida boshladilar. Markaziy bank tuzilmasi AQSH FZT tuzilmasi bilan o‘xshash. Alohida davlatlarning banklari, AQSH federal zahiraviy banklari singari, huddi o‘sha pozitsiyalarni egallaydilar. Yevropa markaziy bankining ijroiya organi tarkibiga prezident, vitse-prezident va sakkiz yillik muddatga saylanadigan to’rtta qolgan a‘zolar kiradi. Monetar siyosat bo‘yicha kengash ijroiya kengashining oltita a‘zosi va barcha Yevropa davlatlari markaziy banklarining raislaridan tashkil topgan; ularning hammasi kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi kerak.
Yevropa markaziy banki – dunyodagi eng mustaqil markaziy bank – hattoki Germaniya markaziy banki (Bundesbank) bilan solishtirganda, ko‘proq darajada mustaqil.
114 ―The economy theory of money, banks and financial markets.’F.Mishkin 2006. p.432
Yevropa markaziy banki monetar siyosatni to‘liq boshqarib, maqsad va instrumentlarni tanlashda mustaqillikka ega – ham Yevropa ittifoqidan, ham boshqa milliy hukumatlardan. Bundan tashqari, YEMB narxlarning barqarorligi uchun javob beradi. 115
Markaziy bankning asosiy maqsadi bo‘lib milliy valyuta kursini barqaror holatda saqlash va shu orqali mamlakat hududida baholar barqarorligini ta‘minlash hisoblanadi.116
Bugungi kunda har qanday davlatning moliya-kredit tizimida eng asosiy va muhim o‘rinni rasmiy pul-kredit siyosatini yurgizuvchi - Markaziy bank egallaydi. O‘z navbatida pul-kredit siyosati byudjet siyosati bilan birgalikda iqtisodiyotni butun mamlakat miqyosida tartibga solishning asosi bo‘lib hisoblanadi.
Banklar paydo bo‘lishining boshlangich davrlarida ular markaziy emissiya yoki tijorat banklari tariqasida yuzaga kelgan emas, ya’ni ular o‘rtasida xozirgidek bo‘linish bulmagan. Bank ishi rivojlanishining birinchi bosqichlarida rivojlangan mamlakatlarda ijorat banklari kapitallarni yig‘ish maqsadida muomalaga banknotalar chiqarganlar. Banklarning yiriklashuvi, bank ishining rivojlanishi natijasida banknotalarni muomalaga chiqarish yirik tijorat banklar qo‘liga o‘ta borgan va keyinchalik biror yirik bank ixtiyoriga berilgan. Bu bank milliy yoki emission bank keyinchalik Markaziy bank deb atalgan. Markaziy bank ya’ni kredit tizimini boshqarib turuvchi, barcha banklar faoliyatini nazorat qilib turuvchi kredit instituta sifatida namoyon bo‘ladi.
Jahon amaliyotida Markaziy banklar vujudga kelishining ikki asosiy yo‘li mavjud.
Birinchi yo‘l - bu uzoq davr davomida tijorat banklarining rivojlanishi natijasida, ularni milliylashtirish yo‘li bilan Markaziy banklarning tatkil tsilinishi. Bunga misol kilib Angliya bankini 1844yil, Frantsiya bankini 1848 yil, Ispaniya banki 1874 yil, Germaniya Reyxsbanki - 1875 yil, Italiyada 1893 yilda, Ispaniyada 1874 yilda mavjud banklarning emission markaz sifatida faoliyat ko‘rsatishga moslashganligini keltirish mumkin.
Ikkinchi yo‘l - tashkil qilingadayoq Markaziy bank -emission markaz sifatida qabul qilingan banklar. Bunday banklarga AQSHning Federal banklari, 1913 yillarda ko’pgina Lotin Amerika mamlakatlarda tashkil qilingan banklar, Avstriya banki va boshqalarni misol keltirish mumkin.
AQShda Markaziy bank funksiyasini 12 federal rezerv bankdan iborat Federal Rezerv tizimi bajaradi. Federal rezerv banklar aksioner banklar bo‘lib, bu banklarning aksionerlari sifatida milliy tijorat banklari faoliyat ko‘rsatadi. Tijorat banklar aksioner sifatida dividend olishadi. Dividend miqdori 6% dan oshmasligi kerak.
Federal rezerv Qonuni va boshqa qonuniy xujjatldarni urgangan paytda biz FZTning rasmiy tuzilishi va monetar siyosatga tegishli qarorlarni kim qabul
115 ―The economy theory of money, banks and financial markets.’F.Mishkin 2006. p.433
116 Узбекистон Республикаси Марказий банки тўғрисидаги Конун. Тошкент, 1995 йил, 21 декабрь.
qilishini ko’ramiz. Ammo qonunchilikdagi belgilangan faoliyat qarorlarni qabul qilinish tartibi va xukmronlikni haqiqiy bo‘linmasini to‘liq ko‘rsatmaydi.
FZT yaratuvchilari 1913 yilda bu tizim 12ta alohida o‘zaro aloqador markaziy banklarni birlashtiruvchi butunlay nomarkazlashgan tizim bo‘lishi kerakligi haqida fikr berishgan. Boshlang‘ich rejada FZT foiz stavkalarini boshqarib, pul massasini nazoratini olib borishda iqtisodiyotni axvoliga umuman ma’sul emasligi belgilangandi. Keyinchalik FZT iqtisodni barqarorlashishiga javob bera boshladi va shu bilan o‘zini yagona markaziy bank bulib aylanishiga yordam berdi.
1913 yilda federal zaxira Qonuni mualiflari FZT monetar siyosatni boshqarishda faqat bitta instrument, ya’ni FZTga kiruvchi banklarning diskont ssudalarini boshqarish orqali ishlatadi. Ochiq bozordagi operatsiyalarni ishlatilishi oxirgacha tushunasiz edi, chunki zaxira talablari Federal zaxira Qonuni bilan mustahkamlanardi. Diskont ssudalar Federal zaxira banklari va Federal zaxira Kengashi qarori bilan birgalikda berilardi, shuningdek ikkalasi xam monetar siyosatni belgilashi mumkin. Ammo, kengashning diskont stavkani
«tekshirib tasdiqlash» qarori, shu siyosatni belgilashda viloyat banklari ustidan xukmronlik qilishga huquq berardi. 117
Do'stlaringiz bilan baham: |