Nyu-York Federal Zaxira Banki bir nechta sabablarga ko`ra asosiy ahamiyatga ega. Birinchidan butun amerika moliya tizimining xolatini xavfsizlik va farovonligini belgilovchi AQSHning ko‘pchilik yirik xususiy banklar bu tumanda joylashgan. Nyu-York Federal Zaxira Banki barcha bank xolding kompaniyalari va o`z tumanidagi shtat ma‘muriyati bilan litsenziyalangan banklarni, shuningdek AQSHning yirik moliya tizimi muassasalarini faoliyatini nazorat qiladi. Xayratlanarli emas, bank nazorat guruhi- Nyu-York Federal Zaxira Bankida va FZTeng yirik bo`linmasi hisoblanadi.
Nyu-York bankining asosiy o`rin egalashining ikkinchi sababi- bu uning obligatsiyalar va valyuta bozorlaridagi aktiv faoliyati. Nyu-York Federal Zaxira Banki tarkibiga, ochiq bozordagi operatsiyalarni(obligatsiyalarni sotish va sotib
olish) olib borish uchun javobgar savdo bo`limi kiradi. Bu operatsiyalarni miqyosini bank tizimining zaxiralarining miqdori belgilab beradi. Xazina qimmatli qog`ozlari bozoridagi aktiv faoliyatiga binoan va Nyu-York va Amerika fond bozorlariga teritorial yaqinligi bo‘lgan, Nyu-York Federal Zaxira Banki boshliqlari, doimiy ravishda AQSHning asosiy moliya bozorlari bilan aloqadorlikni olib borishadi. Bundan tashqari bank valyuta bozoridagi operatsiyalar bo`yicha bo`linmalarini, valyuta intervensiyalarini FZT va AQSH g`aznachiligi nomidan olib borilishini o`z ichiga oladi. Bu moliya bozorlaridagi faoliyat Nyu-York Federal Zaxira Bankini mamlakatdagi va chet eldagi moliya bozorlaridagi tadbirlari haqida, ayniqsa inqiroz vaqtida va FZTning boshqaruvchilari va boshqa bozor ishtirokchilarini aloqalari haqida ma’lumot bilan ta‘minlab turadi.
Nyu-York Federal Zaxira Bankining asosiy o`rin egalashining 3-sababi, bu xalqaro hisoblar Bankining (Bank for International Settlements, BIS) ishtirokchisi bo‘lib hisoblanuvchi yagona FZbankidir. Shuning uchun FZB prezidenti, boshqarma kengashi ishtirokchilari bilan bir katorda chet davlatlari asosiy banklari bilan birgalikda har oylik majlislarda FZTni taqdim etadi. Chet davlatlari markaziy banklarining boshqaruvlari bilan yaqin aloqasi va valyuta bozorlaridagi faoliyati, Nyu-York Federal Zaxira Banki xalqaro aloqalarda markaziy banklararo va boshqa ishtirokchilari o`rtasida asosiy o`rin egallashini ko`rsatadi. Undan tashqari Nyu- York Federal Zaxira Bankida 100mlrd.dollariga yaqin oltin zaxira mavjud – Fort Noksdan ko`proq.
Nixoyat, Nyu-York Federal Zaxira Bankining prezidenti- federal rezerv prezidentlari o`rtasida yagona FOMC ning doimiy ishtirokchisi va shu kengashning vitse-prezidenti bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli Nyu-York Federal Zaxira Bankining prezidenti, boshqarma kegashining prezidenti va vitse prezidenti