6-mavzu. Markaziy bank va uning funksiyalari
REJA:
1.Markaziy bank faoliyatining maqsadi. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi. Markaziy bankning funksiyalari.
2.Markaziy bank faoliyatining maqsadi va vazifalari. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi.
3.Markaziy bankning funksiyalari: emission funksiya; ‘ banklarning banki’ funksiyasi.
4.Markaziy bankning ‘davlatning banki’ funksiyasi; rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqarish funksiyasi.
1.Markaziy bank faoliyatining maqsadi. Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi. Markaziy bankning funksiyalari.
Mamlakatning Markaziy Banki - shu davlat bank tizimining asosiy
qismi bo‘lib hisoblanadi. Markaziy bank - birinchi o‘rinda davlat va iqtisodiyot o‘rtasida vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Ammo Markaziy bank o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymaydi.
Markaziy bank - masalan, Angliya banki, Frantsiya banki, Bundes bank, Yaponiya banki, Shvetsariya milliy banki, Finlyandiya banki va boshqa yagona banklardan tashkil topadi.
Markaziy bank mulk shakliga ko‘ra ular Davlat (kapital davlatga tegishli) aksioner va aralash kapitalli turlariga bo‘linadi.
Ba‘zi Markaziy banklar Davlat banklari ko‘rinishlarida shakllanadilar. Ularga Kanada markaziy banki 1943 yilda shakllanganligi misol bo‘lishi mumkin. Ba‘zi Markaziy banklar- oldin xususiy bank masalan, Angliya banki ( 1694 ), sifatida keyinchalik esa milliylashtirilib davlat bankiga aylantirilgan.
Aksioner turidagi Markaziy bank qatoriga AQSh FRT (Federal Rezerv tizimi) kiritish mumkin. FRS 1913 yildagi Federal Rezerv asosida paydo bo‘lgan aralash turdagi Markaziy banklar jumlasiga kapitalida davlat, aksioner va xususiy va kapital ishtirok etgan banklar kiradi. Bu guruhlar qatoriga kiruvchi Yaponiya banklar (1882y.) misol qilib keltirilishi mumkin. Qonun buyicha 1942yilda 55% ustav kapitali davlatga tegishlidir. Deyarli barcha mamlakatlarda Markaziy bank huquqiy me’yorlarini tartibga soluvchi, aniklovchi (belgilovchi) qonunlar mavjuddir. Turli mamlakatlarda Markaziy banklarga turli funksiyalarni belgilab berilishi mumkin. Lekin Markaziy bank doimo Davlat va bank belgilarini o‘zida mujassamlashtirilgan o‘zida Davlatning tartibga soluvchi organi bo‘lib qoladi.
12ta federal zaxira tumanining har birida bir nechta tumanlarda filiallarga ega 1tadan FZ banki mavjud. Tumanlarning, federal zaxira banlari va filiallarning joylashishi 1-rasmda ko‘rsatilgan. 3ta aktiv bo‘yicha eng yirik banklar Nyu- Yorkda, Chikagoda va San-fransiskoda joylashgan bo‘lib, birgalikda ular 50%dan yuqori FZTning aktivlariga ega. Nyu-Yorkdagi FZ banki aktivlarning 1/4qismiga egalik qilib, FZTdagi eng yirik bankdir.113
113 ―The economy theory of money, banks and financial markets.’F.Mishkin 2006. p.431
12 ta federal zaxira tumanining har birida bir nechta tumanlarda filiallarga ega 1tadan FZbanki mavjud. Tumanlarning, federal zaxira banklari va filiallarning joylashishi ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |