6-LABORATORIYA ISHI
FRENEL BIPRIZMASIDA LAZER NURLANISHINING INTERFERENTSIYASINI KUZATISH VA TO’LQIN UZUNLIGINI ANIQLASH
Umumiy ma’lumotlar
Frenel ko’zgusi bir-biriga nisbatan bir oz burilgan ikkita yassi ko’zgudan tashkil topgan. Yorug’likning nuqtaviy manbasi S Frenel ko’zgusida akslanganidan keyin, bir-biriga yaqin joylashgan ikkita mavhum S1’va S2’ yorug’lik manbasi yuzaga kelib, ular kogerent bo’lganligi tufayli bir-biri bilan interferensiyalanadi. Bu esa ikkita alohida yorug’lik manbalari sezilarli interferensiya hodisalarini yuzaga keltirmasligi muammosini hal qiladi. Ikkita mavhum kogerent yorug’lik manbasini bitta yorug’lik manbasining akslanishi yuzaga keltiradi. Frenel ko’zgusida akslangan yorug’likda parallel interferension chiziqlar sistemasi yuzaga keladi. Mazkur tajribada yorug’lik manbasi S, lazer nurini kengaytirish uchun qo’llanilgan linzaning fokusida joylashadi. Tajribada qo’llanilayotgan geliy-neonli lazerning to’lqin uzunligini aniqlash uchun, biz oldin intensivlikning ikki maksimumi orasidagi d masofani topishimiz kerak. Keyin esa ikkinchi linza yordamida kuzatish ekranida yorug’lik
manbasining ikkita mavhum S1’ va S2’ tasviri olinadi va proyeksiyalangan tasvirlar orasidagi A masofa o’lchanadi.
Qurilmaning geometrik o’lchamlari ma’lum bo’lganligi sababli biz ulardan mavhum yorug’lik manbalari orasidagi masofani aniqlashda foydalanishimiz mumkin.
Kerakli jixozlar:
1 He-Ne lazer chiziqli qutblangan . . . . ......471 840
yoki
1 He-Ne lazer, 0.2/1 mVt . . . . . . . . . . . 471 83
1 Sozlanadigan Frenel ko’zgusi , ………. 47105 1
Linza, f = 5 mm . . . . . . . . . . . . . . .... 460 01
1 Linza, f = 200 mm . . . . . . . . . . . . . . ..460 04
460 32
460 351
1 Yarim shaffof ekran . . . . . . . . . ….. 441 53
1 Nasadka uchu nasos. . . . . . . . . . . . . . 300 11
1 Vernyer kronsirkuli, plastmassa. . . . . 311 52
Yorug’lik manbasi bilan kuzatish ekrani orasidagi L masofa katta bo’lganda, biz yorug’likning to’lqin uzunligini a va d
parametrlardan foydalanib, quyidagicha aniqlashimiz mumkin:
Ikki kogerent S1’ va S2’ to’lqin manbalaridan interferensiya, ular yo’nalishda (Rasm. 1, yuqoridagisiga qarang)
tarqalganida kuzatiladi. intensivlikning n chi maksimumi yo’nalishi hisoblanadi, unda yo’llar farqi:
s = a ⋅ sin
Ikki to’lqin uchun quyidagi o’rinli:
Δs = n ⋅ .
Nolinchi va n- maksimum orasidagi Dn masofa uchun kuyidagi geometrik munosabat qo’llaniladi:
tg = Dn/L.
Katta L masofalar uchun, sin ≈ , va biz quyidagini olamiz:
Mavhum yorug’lik manbalari orasidagi a masofa proyeksiyalangan tasvirlar orasidagi A masofa orqali
aniqlanadi. Tajriba geometriyasidan biz quyidagi munosabatni
olamiz:
L1
a = A
2
Rasm.1: Yuqoridagi: ikki nurli interferensiya uchun fokus masofasi F = 200 mm bo’lgan nurning linzasiz yo’li
Pastdagi: fokus masofasi F = 200 mm bo’lgan linza yordamida mavhum yorug’lik manbasini proyeksion ekranda proyeksiyalashdagi nur yo’li
Do'stlaringiz bilan baham: |