Ishnibajarishtartibi
1.Quyidagirasmdakeltirilganelektrzanjiriniyig’ilsin.A-ampermetr,R-reostat,Eo’zgarmastokmanbai, KK-qo’shkalit, G-tangensgalvanometr. Agar tangensgalvanometrning o’ramlar soni (n=100 ) kata bo’lsa, zanjirdan kichik tok o’tkaziladi va bu tokni o’lchash uchun ampermetr o’rniga milliampermetr qo’llaniladi.
3-rasm
2.Tangensgalvanometrniburib,uningtekisligimagnitmeridian,ya’niNStekisligibo’yichajoylashtiriladi.Bundamagnitnayzachalarininguchlari 00va 1800niko’rsatadi.
3.Qo’shkalityordamidaKKniulab, magnitnayzachasitaxminan 450niko’rsatgunchareostatyordamibilanzanjirdagitoko’zgartiribboriladivaampermetrko’rsatishiyozibolinadi.Nayzachatebranishito’xtagandankeyin,uninguchlariko’rsatayotgan burchaklaraniqlanadi.
4.Qosh kalit yordami bilan tangens galvanometrdagi tok yo’nalishi o’zgartiriladi va burchaklar aniqlanadi.
5.Magnit nayzachaning 25 300 va 35 400 og’ishlari uchun 3 va 4 –punktlar takrorlanadi.
6. c= ifoda bilan tangens galvanometr doimiysi va ifoda bilan yer magnit maydon kuchlanganligi gorizontal tashkil etuvchisi aniqlanadi,r-tangens galvanometrning radiusi,uning qiymati qurilmada ko’rsatilgan.
7.O’lchash xatoliklari hisoblanadi va o’lchangan hamda hisoblangan kattaliklar ,jadval tuzilib,yoziladi.
Diqqat!!! Ushbu ish yuzasidan hisobot yozing. Hisobotda har bir mashq bo‘yicha chiqargan xulosalaringizning bo‘lishi shart.
Sinov savollari
1. Yerning magnit maydoni induksiya vektori qanday yo‘nalgan.
2. Yerning magnit maydoni induksiyasining gorizontal tashkil etuvchisi deb nimaga aytiladi.
3. G‘altak o‘rami tekisligini magnit meridiani yo‘nalishida o‘rnatishning qanday zaruriyati bor.
4. Bio-Savar-Laplas qonunini tushuntiring va uning umumiy formulasini yozing.
5. Yerning magnit maydon induksiyasining gorizontal tashkil etuvchisini aniqlaydigan (8) formulani keltirib chiqaring.
Mustaqil shug’ullanish uchun adabiyotlar
1. Nazarov O‘.Q. ,,Umumiy fizika kursi’’2-qism (Elektr va elektromagnetizm)
Toshkent, ,,O‘zbekiston’’, 2002 yil.
2. Safarov A.S. ,,Umumiy fizika kursi’’ (Elektromagnetizm va to‘lqinlar),
Toshkent, ,,O‘qituvchi’’, 1992 yil.
3. M.Ismoilov, P.Xabibullaev, M.Xaliulin ,,Fizika kursi’’, ,,O‘zbekiston’’,
Toshkent, 2000 yil.
4. Haydarova M.SH., Nazarov O‘.Q. ,,Fizikadan laboratoriya ishlari’’,
Toshkent, ,,O‘qituvchi’’ 1989 yil.
5. V.I. Kozlov. ,,Obshiy fizicheskiy praktikum’’, ,,Elektrichestvo i magnetizm’’
Moskva, 1987.
6. O.Axmadjonov ”Fizika kursi” , 2-tom.1988 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |