Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar



Download 2,77 Mb.
bet34/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

4.1.Sifatni boshqarish tizimi va ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar
Sifat menejmenti tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi – XX asrda sifatni boshqarish bilan bog’liq g’oyalarni rivojlanishining eng muhim nuqtasiga aylandi. E.Deming “Korxonalar boshqaruvining amaliy tajribasini nazariya yordamida o’rganib chiqmagunga qadar, ularni tushunmasdan takrorlash, befoyda bo’ladi va bu muvaffaqiyatga olib kelmaydi”7 deb ta’kidlagan edi.
ISO 9000 seriya standartlarining 1994 yilgi tahririda sifat menejmenti tizimiga, “sifatni yalpi boshqarish uchun zarur bo’lgan tashkiliy tuzilma, usul, jarayon va resurslar yig’indisi” deb ta’rif berilgan. Yangi ISO 9000:2000 standartida sifat menejmenti tizimi “tashkilotga rahbarlik qilish va uni boshqarish uchun zarur bo’lgan sifatni boshqarish tizimi” deb ta’riflanadi.
A.V. Glichev mahsulot sifatini boshqarish tizimi, bu “kuch va mablag’larni minimal darajada sarflash orqali, iste’molchining ma’lum ehtiyoj va talablari qondirilishini ta’minlovchi xususiyatlarni mahsulotga tadbiq etish maqsadida, mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, undan foydalanish va servis xizmatini ko’rsatishda ishtirok etgan boshqaruv va ijro bo’limlari hamda ayrim shaxslarning o’zaro samarali faoliyatini tashkillashtirish usulidir” deb ta’kidlaydi. Albatta, xorijiy adabiyotlarda sifat tizimlariga berilgan ta’riflar shu fikrlar bilan cheklanib qolmagan.
Sifat menejmenti aniq tamoyil va kontseptsiyalarga, ularni xayotga tadbiq etishning amaliy modellariga tayanadi. Eng ko’p tarqalgan sifat menejmenti modeli 9000 seriyasidagi ISO xalqaro standartlar modeli hisoblanadi.
Xalqaro Standartlashtirish Tashkiloti (ISO- International Organization for Standardization) – butun dunyo bo’yicha Xalqaro standartlarni ishlab chiquvchi va qayta ishlovchi tashkilotdir. Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. SHu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarining Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo’lib uning tarkibiga 20 mamlakat vakillari kirgan. Lekin ISA ning faoliyati 1939 yili ikkinchi jahon urushi taьsirida to’xtatilgan.
1946-47 yillari Xalqaro standartlashtirish tashkiloti tashkil topdi va u qisqacha ISO deb yuritila boshlandi. Bugungi kunda ushbu tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko’rsatmoqda.
Bu tashkilot boshqaruv organi SHvetsariyaning Jeneva shahrida joylashgan bo’lib, o’z faoliyatini 1948-yili boshlagan. Hozirgi kunda 170 ga yaqin davlat milliy standartlashtirish institutlarini o’zida birlashtirgan. U xalqaro standartlarni, shu jumladan, 9000-turkumidagi standartlarni ham ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
To’qqiz ming – ushbu standartga berilgan tartib raqamidir. Standartlar turkumi deb atalishiga sabab, ISO 9000 standartidan tashqari, ISO 9000 “Sifat menejmenti” oilasiga kiruvchi yana ISO 9001, ISO 9004, ISO 9000:2000; ISO 9000:2008; ISO 9000:2015 standartlari ham mavjud.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, dastlab sifatni boshqarish usullarini qo’llash sanoatda keng tarqaldi. Lekin hozirgi vaqtda ISO 9000 xalqaro standartlar seriyasiga muvofiq sifatni boshqarish falsafasi va uni ta’minlash me’yorlari xizmatlar ko’rsatish sohasida – sog’liqni saqlash, turizm, ta’lim va h..k.larda qo’llanilmoqda.
ISO (ISO) ning tashkil etishdan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi tovar almashinuvida va o’zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko’lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko’maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo’stlikni rivojlantirishdan iborat.
ISO 9000 seriyasining birinchi standartlari 1987 yilda nashr ettirilib shundan buyon bir necha marotaba qayta ko’rib chiqildi. Dastavval ular ishlab chiqarishda (o’z-o’zini baholash yoki birinchi tomondan) birinchi navbatda “ichki qo’llashda” rahbarlik sifatida, sifat tizimini yaratish va mustahkamlash uchun kiritildi. SHuningdek, ularning shartnoma xujjatlari sifatida qo’llanilishi, ya’ni buyurtmachi mahsulot yoki xizmatning sifati borasida bir muncha ishonchga ega bo’lishi e’tiborga olindi (ikkinchi tomonni baholash).
Hozirgi kunga qadar 17000 dan ortiq turli xalqaro standartlar ishlab chiqilgan, O’zbekiston Respublikasi nomidan ISO vakili – O’zbekiston Respublikasi ”O’zstandart” agentligi hisoblanadi. ISO 9000 standartlarining shakllanishi, sifatni boshqarish jarayonlari rivojlanishining mantiqiy natijasi bo’ldi.
ISO 9000 seriya standartlari qabul qilingach, sifatni kompleks boshqarishning ma’lum darajasi belgilab berildi. U sifatni samarali boshqarishni ta’minlab, ISO 9000 seriyali standartlarining barcha zarur elementlari, hamda korxona ixtisoslashuvi uchun qo’shimcha talab etilgan elementlarni ham, uning ish amaliyotiga joriy etilishi kerakligini shart qilib qo’yadi va bu bilan buyurtmachiga sifat kafolatini beradi.
Ushbu standart muvaffaqiyatli biznes yuritishning xalqaro e’tirof etilgan usullarining qisqacha tasnifidir. U muvofiqlik sertifikatini olish uchun bajarilishi zarur bo’lgan minimal talablar shaklida bayon etilgan8.
ISO standartlari turkumining universalligi shundaki, ularda mahsulot va xizmatlarning har bir turiga bo’lgan mutlaq o’lchovli me’zonlar qo’yilmaydi (masalan, mahsulotning texnikaviy ko’rsatkichlari talabi). ISO 9000 standartlari turkumi faqat sifat tizimining ishlash metodologiyasini aniqlab beradi, tizim esa o’z navbatida korxona tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot va xizmatlarning yuqori sifatini, boshqacha qilib aytganda – iste’molchilarning talabini yuqori darajada qandirilishini ta’minlaydi.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish