Texnologiyalar evolyutsiyasi va sifat siyosati
Zamonaviy texnologiyalar taraqqiyotining birinchi bosqichi yangiliklar texnologik kompleksining yuzaga kelishi va yoyilishi bilan tavsiflanadi. Ushbu kompleksning yangi g’oyalari insonning tabiat, mehnat predmetlariga bevosita ta’sir etish funktsiyalarini texnikaga o’tkazishni ta’minladi.
Mahsulotning yuqori sifatini fundamenti bo’lib printsipial yangi texnologiyalar, yuqori samarali va chiqindisiz jarayonlar, yangi konstruktiv materiallar va boshqalar xisoblanadi.
Yangi texnologiyalardan lazerli va plazmali texnologiyalarni aytsa bo’ladi. Lazerli jixozlar iqtisodning ko’p sohalarida mashinasozlikdan boshlab meditsinagacha qo’llaniladi. Plazmali texnologiya kam uchraydigan metallarni va qimmat kimyoviy ashyolarni olishda, yuqori sifatli pulatlar va maxsus quymalarni ishlab chiqarishda, hamda neftni, gazli kondentsatorni qayta ishlashda keng qo’llanilmoqda.
Plazmali qoplash texnologiyasi asboblarni xizmat muddatini uzaytiradi va yeyilishga chidamliligini oshiradi, hamda karroziya bilan kurashda samarali vosita xisoblanadi.
Biotexnologiya ham quyidagi bioximiya, molekulyar biologiya, ginetika, embriologiya kabi ilmiy yo’nalishlarda keng qo’llanilmoqda. Yangi organizmlarni loyixalashga yo’nalgan geninjeneriya rivojlanmoqda. Geninjeneriya usullari qishloq xo’jaligi o’simliklari xosildorligini oshirishga imkon beradi.
Yangi konstruktiv materiallar ichida sintetik polimer moddalar, plastmassalar, kompozitsion va keramika materiallari katta istiqbolga ega. Xozirgi vaqtda polimerlar, shisha tola va shishaplastinkalar, penoshisha, silekatlar, uglerodli tolalar va ugleplastinkalar keng qo’llanilmoqda.
Kompazitsion materiallar asosni (metall yoki nometall) mustaxkam iplar yoki tolalar ko’rinishidagi zichlovchi eliment bilan birikmasidan xosil bo’ladi. Kompazitsion materiallarning farqli xususiyati - talab qilinayotgan xossalarni olish imkoniyatidadir. Komponentlar o’rtasidagi xajmli nisbatni o’zgartirib kerakli mustaxkam, elastikli va boshqa maxsus xossali materiallarni olish mumkin. Kompazitsion materiallar kemasozlikda, aviatsion va kosmik texnikada ishlatilmoqda, kelajakda esa qurilish, transport va boshqa sohalarda ham foydalanish bo’yicha ilmiy, amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy kategoriya sifatida “sifat” tushunchasining rivojlanishi elektronika sanoati misolida ko’zga yaqqol tashlanadi. O’zining xususiyatiga ko’ra elektronika sifat haqidagi tasavvurni sezilarli darajada o’zgartirib yubordi.
Mashhur Amerika kompaniyasi IBM Yaponiya tajribasidan foydalangan holda 1980 – yillardan boshlab 100 foiz darajadagi sifat siyosatini olib borishga o’tdi. Ushbu siyosat natijasida mazkur kompaniya 1990 – yillarda superkomp’uterlarni ishlab chiqarish va sotish yuzasidan AQSH mudofaa vazirligi bilan shartnomalarni imzolashga muvaffaq bo’ldi.
Bu siyosatning asosida sifatni ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan harajatlarning o’zaro munosabati yotadi: loyihalashdan ishlab chiqarishga, jihozlarni o’rnatish va so’ngra ularni ekspluatatsiya qilishga qarab harakatlanishning har bir bosqichida zarur harajatlar ortib boradi. Ya’ni agar loyihalash bosqichida xatoni bartaraf qilish 1000 so’mni tashkil qilsa, u holda mashinani ishlab chiqarish bosqichida u 10 ming so’mga yetadi, buyurtmachiga yetkazish, montaj qilish va o’rnatish bosqichida – 100 ming so’m, foydalanish bosqichida u 1 mln. so’mni tashkil qiladi.
Milliy mashinasozlik sanoatida sifatni ta’minlash bo’yicha harajatlarni tadqiq qilish xuddi shunday natijalarni ko’rsatmoqda. Ular 1.5.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarda o’z aksini topgan.
1.5.1- jadval
Mahsulot hayotining bosqichlari bo’yicha umumiy harajatlarning sifat darajasini ta’minlashga ta’siri
Buyum hayotining bosqichi
|
Umumiy harajatlardagi ulushi (%)
|
Bosqichning umumiy harajatlarga ta’siri (%)
|
Tadqiq qilish va ishlab chiqish
|
1 – 6
|
60 – 80
|
Ishlab chiqarish
|
40 – 45
|
5 – 10
|
Ekspluatatsiyalashgacha olib borish
|
5 – 15
|
20 – 30
|
Ekspluatatsiya
|
40 – 54
|
15 – 25
|
Sifatga taktik yondashuv ishlab chiqarish va tayyorlanayotgan mahsulot turlari, talab va taklifning munosabati, mazkur mahsulotning asosiy ishlab chiqaruvchilarining raqobat kurashiga ko’p jihatdan bog’liq. SHunga ko’ra, rejalashtirilgan sifat darajasiga erishish yo’llari va vositalari izlanadi. Boshqa tomondan, bir qator yo’nalishlarda sifatga erishish strategiyasi umumiylik kasb etib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |