Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish



Download 2,77 Mb.
bet90/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

12.4. Iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish
Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog’idagi huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek sudlar ta’minlaydilar.
O’zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan, o’z vakolatlari doirasida mahsulot xavfsizligi, aholining sog’lig’i va mol-mulki, atrof-muhit, resurslarni saqlash yoki standartlashtirish bo’yicha iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligiga rioya etilishini quyidagilar nazorat qiladilar
Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi;
“O’zstandart” agentligi;
Sog’liqni saqlash vazirligi;
Qurilish vazirligi;
Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi.
Mazkur qonun moddasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida e’tirof etilgan norma bilan himoyalangan. Ya’ni, Konstitutsiyaning yuqorida zikr etilgan moddasida, davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi, deb ko’rsatilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) manfaatlari teng kelib qolganda ustuvorlik iste’molchi tomonidan bo’ladi.
Ma’lumki, davlat vazifalari va funktsiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari amalga oshiradilar. SHu ma’noda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yuzasidan davlatning funktsiyalari davlat hokimiyati boshqaruvi organlari, sudlar tomonidan amalga oshiriladi va iste’molchilar huquqlari himoyasi aynan shu organlar orqali ta’minlanadi.
SHuningdek, mahalliy hokimiyat organlariga mazkur qonunning 24-moddasi orqali iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari bajarilishini tashkil etish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilish, iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko’rib chiqish, iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib sudlarga murojaat etish kabi vakolatlar berilgan.
Mamlakatimizda iste’molchilar huquq va manfaatlarini kafolatlaydigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratilgan. “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”, “Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash to’g’risida”, “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi to’g’risida”, “Tovar belgilari, xizmat belgilari va tovarni kelib chiqish joyi, nomi to’g’risida”, “Standartlashtirish to’g’risida” va “Metrologiya to’g’risida”gi qonunlar hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bir qator me’yoriy hujjatlar iste’molchi himoyasining huquqiy asosi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi “Standartlashtirish to’g’risida”gi Qonun – Respublikamizda ishlab chiqariladigan va uning hududiga chetdan olib kiriladigan, mahsulotlarning aholiga realizatsiya qilinishi va ko’rsatilayotgan ish va xizmatlarning inson sog’lig’iga xavfsiz hamda sifati lozim darajada bo’lishini ta’minlashga qaratilgan.
“Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni – fuqarolarning qulay atrof-muhitga ega bo’lish huquqini kafolatlab, insonning toza va sog’lom atrof-muhitda yashashga bo’lgan sharoitini ta’minlashga asosiy e’tiborni qaratadi.
“Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni – oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligi bo’yicha, ularni ishlab chiqarish materiallari, qadoqlash, o’rash, markirovka qilish, saqlash, tashish hamda realizatsiya qilishga oid talablarni belgilaydi. SHuningdek, mazkur qonun oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat nazorati va tekshiruvi tartibini o’z ichiga oladi.
O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash to’g’risidagi Qonuniga binoan fuqarolarning sog’liqni saqlashga doir huquqlari davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlash, fuqarolarning sog’lom turmush tarzini shakllantirish, davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining fuqarolar sog’lig’ini saqlash sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solinadi. SHuningdek, ushbu qonunda asosan fuqarolarning sog’ligiga ta’sir etuvchi omillar haqida, shu jumladan, yashash hududining sanitariya-epidemiologiya jihatidan xotirjamligi to’g’risida, ovqatlanishning oqilona normalari xususida, tovarlar, ishlar, xizmatlar, ularning xavfsizligi, sanitariya normalari va qoidalariga muvofiqligi to’g’risida o’z vaqtida va aniq axborot olish huquqiga oid normalar aks ettirilgan.
Bugungi kunda O’zbekistonda iste’molchilar o’zining qonuniy manfaatlarini himoya qilishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bu borada ularga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo’yicha vakolatli davlat organlari yaqindan yordam bermoqda.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish