12.3. Iste’molchilar xuquqlarini ximoyalashda sud, xuquq-targ’ibot organlarining vazifalari
Davlat iste’molchilarni tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish chog’idagi xuquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari ximoya qilinishini kafolatlaydi.
Iste’molchilarning xuquqlari davlat tomonidan ximoya qilinishini davlat xokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek sudlar ta’minlaydilar.
Quyidagilar iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlari xisoblanadi; Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakil qilingan organ, O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi), O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qumitasi, iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish to’g’risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini o’z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.
Iste’molchilar xuquqlari ximoya qilinishi uchun maxalliy xokimiyat organlari:
iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish sohasidagi qonun xujjatlari bajarilishini tashkil etadilar;
iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;
iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko’rib chiqadilar;
iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) xuquqlarini ximoya qilib sudlarga murojaat etadilar;
o’z xuquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.
Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi organ va uning maxalliy organlari iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish maqsadida:
iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish to’g’risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
iste’molchilarning xuquqlarini ximoya qilish to’g’risidagi qonun xujjatlarini qo’llanish masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;
iste’molchilarning xuquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to’g’risidagi ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) ko’rsatmalar yo’llaydilar;
iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) xuquqlarini ximoya qilib, sudga murojaat etishga xaqlidirlar;
qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo’lishini va ularning sifatini ta’minlash maqsadida O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O’zstandart” agentligi), O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi qurilish vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qumitasi hamda tovar (ish, xizmatlar) xavfsiz bo’lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari o’z vakolatlari doirasida:
tovar (ish, xizmat)lar xafsiz bo’lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
tovar (ish, xizmat)lar xafsiz bo’lishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizatsiya qilishni to’xtatish (ishlar bajarilishini, xizmatlar ko’rsatilishini to’xtatish), ularni iste’molchilardan qaytarib olish to’g’risida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) ko’rsatmalar yo’llaydilar va bu xaqda iste’molchilarni xabardor qiladilar;
ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xafsiz bo’lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarda da’vo qo’zg’atadilar.
Tovar (ish, xizmat)lar xafsiz bo’lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organlari faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Xukumati muvofiqlashtirib boradi.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilarning xuquqlarini buzganlik uchun javobgar bo’ladi.
Monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshirishga vakolatli organ va uning maxalliy organlari, agar ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) iste’molchilar xuquqlarining buzilishini bartaraf etish to’g’risidagi ko’rsatmalarni bajarishdan buyin tovlasa yoki o’z vaqtida bajarmasa, unga jarima solishga xaqli.
O’zstandart agentligi va iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish bo’yicha davlat boshqaruvining boshqa organlari:
tovarlarni(ishlarni, xizmatlarni) majburiy sertifikatlash qoidalari ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan buzilsa;
o’zlarining ko’rsatmalarini ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bajarishdan bo’yin tovlasa, o’z vaqtida yoki lozim darajada bajarmasa;
normativ xujjat talablariga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat) tufayli iste’molchilarga zarar yetkazilsa, jarimalar solishga xaqlidir.
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) davlat boshqaruvi organining ko’rsatmasini to’liq yoki qisman xaqiqiy emas deb topish yoxud jarima solish xaqidagi qarorni bekor qilish yoki o’zgartirish to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga xaqlidir.
Ariza berish, agar sud ko’rsatmalarning yoki jarima solish xaqidagi qarorning ijro etilishini to’xtatib turish to’g’risida ajrim chiqarmagan bo’lsa, uni sudda ko’rib chiqish davrida bu xujjatlarning bajarilishini to’xtatib qo’ymaydi.
Tovar (ish, xizmat)lar xafsiz bo’lishi xaqidagi talablarga javob bermaydigan tovar (ish, xizmat)lar tufayli iste’molchilarga zarar yetkazilsa, tovarlar (ishlar, xizmatlar) xafsiz bo’lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari qonun xujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
Moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan ijrochi o’zining tugatilishi yoki bankrot bo’lishi extimolini nazarda tutgan xolda iste’molchilarning talablarini sug’urta qildirishi shart. Moliyaviy xizmatlar ijrochisi iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun o’zining javobgarligi to’g’risida sug’urta shartnomasi borligi xaqida iste’molchiga axborot berishi shart.
Iste’molchilar o’z xuquqlarini buzilishi bilan bog’liq davolar bo’yicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xafsiz bo’lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, iste’molchilarning jamoat birlashmalari iste’molchining (iste’molchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini ko’zlab qo’zg’atilgan da’volar bo’yicha davlat boji to’lashdan ozod qilinadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |