Quyida sanab o’tilganlarning qaysi biri YAIM tarkibiga kiradi:
mahalliy kitob do’konidagi yangi darslikning qiymati;
brokerdan yangi aksiyalarni sotib olish;
qo’shnisidan foydalanilgan avtomobilni sotib olish;
uy bekasining xizmati;
Kapital iste’moliga ajratmalar bu:
sof investitsiyalar;
amortizatsiya;
iste’mol tovarlarini xarid qilish uchun ishlatilishi mumkin bo’lmagan jamg’armalar;
sof chet el investitsiyalari;
Agar milliy daromaddan korporatsiya foydasiga soliqni, taqsimlanmaydigan foydani va ijtimoiy sug’urtaga to’lovlarni chegirsak, so’ngra sof transfert to’lovlarini qo’shsak, hosil bo’lgan miqdor bu:
amortizatsiya;
yalpi milliy mahsulot;
shaxsiy daromad;
sof milliy mahsulot;
Transfert to’lovlari bu:
faqat hukumat tomonidan alohida shaxslarga to’lanadigan to’lovlar;
uy xo’jaliklariga to’lanadigan va ular tomonidan evaziga tovar va xizmatlar taqdim etish ko’zda tutilmagan to’lovlar;
egri yo’llar bilan shaxsiy ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan mablag’lar;
daromadning milliy daromadga kirmaydigan qismi;
Ixtiyordagi daromad bu:
shaxsiy daromaddan yakka tartibdagi soliqlar va soliqdan tashqari to’lovlarni ayirish;
ish haqi, xizmat haqi, ijara haqi va kapitalga foiz shaklidagi daromadni o’z ichiga oluvcih miqdor;
YAIMdan amortizatsiyani chegirish
ish haqi va xizmat haqi, kapitalga foiz shaklidagi daromaddan shaxsiy daromadga soliq miqdorining ayirmasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |