2. Talaba mustaqil ishini tashkil etish.
«Menejmentga kirish» fanidan o’quv rejasida jami 120 soat mustaqil ishi ajratilgan bo’lib, 1 va 2 o’quv semestri uchun mo’ljallangan. fan bo’yicha umumiy soatlar taqsimoti quyidagi jadvalda aks etgan.
№
|
Mashg’ulotlar turi
|
Shartli belgilar
|
Soatlar
|
O’quv semestri
|
Kurs
|
1
|
2
|
1.
|
Ma’ruza
|
M
|
60
|
30
|
30
|
1
|
2.
|
Amaliy mashg’ulot
|
A
|
60
|
30
|
30
|
3.
|
Mustaqil ish
|
MI
|
120
|
60
|
60
|
4.
|
Kurs ishi
|
KI
|
-
|
-
|
-
|
|
Jami:
|
|
120 (240)
|
60 (120)
|
60 (120)
|
|
Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobilyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
O’zbekiston Resublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarini o’rganish va konspektlashtirish;
fanning ayrim mavzularini yangi o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;
belgilangan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
testlar yechish;
munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish;
ko’rgazmali vositalar tayyorlash;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza matnlarini tayyorlash;
talabalarning ilmiy jamiyatlari va to’garaklarida ishtirok etish;
kurs ishlari va loyihalarini bajarish;
nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash;
amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish (keys-stadi);
maket, model, badiiy asar, musiqa va namunalar yaratish;
ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash.
belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash; (test tuzish, BBB jadvalini to’ldirish, Ven diagrammasini yaratish, grafik organayzerlar ishlab chiqish, muammoli vaziyatlarni ishlab chiqish, simptom tuzish, klaster tuzish va boshqalar).
“talaba-o’qituvchi-kutubxona” kunida fan bo’yicha yangi o’quv adabiyotlari sharhini o’qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash;
axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;
talabalar yotoqxonasidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalanilgan holda mustaqil o’qish jarayonlarida ishtirok etish;
fakultativlar va maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;
kafedralar va fakultetlarning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo’ysundirilganki, butun o’quv jarayoni to’laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |