Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni
Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur
va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi
tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta’sir ko`rsatish,
xaridorlarning muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat.
Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
“Elektronika yutuqlarining kommunikatsiyaga o’ta yuqori tezlik bilan kirib
kelishi televideniya,kompyuterlar va electron tarmoqlar orqali axborotlar lamshish
tizimi –multimedya texnologiyalarining shakllanishiga olib keldi.Axborotlarni
qayta ishlash va thlil qilish imkoniayatlaridan foydalanish –multimediya
texnologiyalar ,keying yillarda dunyo fani va texnologiyasidagi innovatsiyaning
asosiy yutqlaridir.Multimediya texnologiayalari –o’ta murakkab mediya vositalari
va electron tarmoqlarining ko’p sohali kommunikatsiya imkoniyatlarini
shakllantirish va ulardan biznes amaliyotida foydalanish usulalri majmuasini
ifodalaydi. “14
1.2.1-rasmda turli raqobat strategiyalari keltirilgan bo’lib, ular axborot
texnologiyalarni qo’llashda ilg’or korxonalar bilan taqqoslaganda, sohadagi o’z
holatini tahlil qilish natijasida korxonada foydalanishi mumkin. Axborot
texnologiyalarini joriy qilgan ba’zi korxonalar, uchun afzallikni saqlab qolish
dolzarb hisoblanadi (A). Bunday korxonalarda oliy daraja rahbarlari axborot
texnologiyalarni rejalashtirish va foydalanish uchun bevosita javobgar
hisoblanishadi. Masalan, AQShda Bank One prezidenti axborot texnologiyalarni
rejalashtirish qumitasini boshqaradi hamda o’zini axborot texnologiyalarni
ishlatishda va joriy etishni boshqarishda shaxsan javobgardir deb hisoblaydi.
Boshqa firmalar marketinga axborot texnologiyalarni joriy qilish
imkoniyatlari minimal bo’lgan vaziyatdadir, biroq ishlab chiqarish va logistikada
axborot texnologiyalardan foydalanish uchun kattagina salohiyatga ega. Mazkur
korxonalar oldida integrasion sifatini yaxshilash vazifasi turadi (B). Bunday
korxonalarda axborot texnologiyalari uning sifatini oshirish va xarajatlarni nazorat
qilish yuli bilan, mahsulot chiqarishni va taqsimlashni modernizasiyalash,
integrasiyalash va muvofiqlashtirishga yo’naltirilgan. Mazkur axborot
texnologiyalar kattagina investisiyalarni, hamda joriy etish va boshqarishga
funksionalaro yondashuvni talab etadi. Funksionalaro integrasiyalar uchun oliy
rahbariyat bilan axborot texnologiyalar bo’linmalarning rahbarlari o’rtasida uzviy
aloqa dolzarb hisoblanadi.
Tijorat kanallari - ta'sischi kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida
ishlaydigan axborot va marketing xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish
(yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va boshqalar), xarid qilish, hordiq
chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, o’yinlar, forumlar), elektron
pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.
O‘zbekiston reklama bozori ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda
mamlakatimizda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun muhim rol
o‘ynayotir. Ushbu hujjat reklama ishlab chiqish va tarqatishda yuzaga keladigan
munosabatlarni shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.
O‘tgan yili mamlakatimiz reklama agentlari soni qariyb 480 tani tashkil etgan
bo‘lsa, bugun ularning soni 500 dan oshdi. Reklama tarqatishda televideniye
muhim o‘rin tutmoqda. Bugun reklama bozorida televideniyening ulushi 52, bosma
nashrlar ulushi 19, tashqi reklama 14 va radio ulushi 12 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, media soha ham jadal rivojlanmoqda. Marketingdagi yangi
yo‘nalishlar, brending asosiy trendlarini kompaniyalar strategiyasiga kiritish
imkoniyatlari, zamonaviy PR-kommunikatsiyalar uslublari, texnologiyalari va
ularning samaradorligini baholash, bugungi sharoitda media agentlari faoliyatining
istiqbollari, an’anaviy ommaviy axborot vositalari noshirlari uchun yangi biznes-
modellar, moliyaviy marketing yoki rivojlanishning dolzarb yo‘nalishlari, moliya
mahsulotlari hamda xizmatlarini ilg’or g’oyalari amalga oshmoqda.Marketing,
reklamani ishlab chiqish va tarqatish texnologiyalari, PR-texnologiyalar, media-
konsalting va monitoring, noshirlik ishi, grafika dizayni, audio va videreklamani
yaratish usullari takomillashmoqda.Axborot faoliyatining tijoratlashgani sari unga
ishlab chiqarishning boshqarishning bozor tamoyillari sifatida marketingning
umumiy tamoyillari asoslana boshlandi,bunda xo’jalik qarorlarini qabul qilishning
asosida bozor qarorolari yotadi,qarorlarning asoslanganligi esa tovarlarning
sotilishi bilan tekhsiriladi.Buning natiajasida axborot marketingi vjudga
keladi.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini tanlashda foydalanuvchi mohiyati bo’yicha marketinigni axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchi kabi usullaridan foydalanishi kerak.”Axborot marketingning asosiy elememntlari
quyidagilardan iborat:
-axborot bozorini tahlil qilish;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini narxlarini shakllantirish ; -axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularning foydalanuvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini o’rnatish; -reklama-targ’ibot tadbirlarini.”
Axborot marketingning tuzilishi marketingning umumiy tamoyillarini axborot mahsulotlari va xizmatlari sohasida yoyishning tog’ridan to’g’ri natijasi bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |