Bunday diplom himoyalari 1987-yildan boshlab kunduzgi bo‘lim bitiruvchi talabalari tomonidan ham amalga oshirildi. O‘sha vaqtda muhandislik mutaxassisligi bo‘yicha 390 kishi kunduzgi, 700 kishi kechki, sirtqi bo‘limlarda 560 kishi ta’lim olganlar. 1988-yilga kelib, shaxobcha 3-kichik tumanda joylashgan binoga ko‘chib o‘tdi. 1990-yildan “To‘qimachilik sanoati iqtisodiyoti va uni boshqarish” mutaxassisligiga birinchi marta 25 talaba qabul qilindi. Shu vaqtdan iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor berildi. Keyinchalik 30 talaba shu mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek va rus guruhlariga qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |