1977 yillarda ilk tashkil topgan bu ilm maskani Namangan shahrining markazida joylashgan bo‘lib, uning 2 ta o‘quv auditoriyasi bo‘lgan. Talabalar soni esa 500ta bo’lgan. 1981-yili umumtexnika fakulteti Toshkentdagi bosh institutning shaxobchasiga aylantirildi. Bu vaqtga kelib talabalar soni jami 750 kishiga yetdi. 1984-yildan kechki va sirtqi bo‘limlarda “To‘quvchilik, paxta va-kimyoviy tolalarni yigirish”, “To‘qimachilik mashina va apparatlari” mutaxassisliklari bo‘yicha dastlabki diplom ishlari Namanganda himoya qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |