Emallar ishlab chiqarish texnologiyasi
Suyuq
pigmentlangan
lok-bo’yoq
materiallarini ishlab chiqarish.
Pigmentlangan materiallar bir fazali va ikki fazali suyuq qoplama xosil qiluvchi
tizimlar asosida tayyorlanadi. Birinchisiga oligomerlar (polimerlar) ning organik
erituvchilardagi eritmalari, oliflar va tabiiy birikmalar eritmalari (sellyuloza
efirlari, smolalar, bitumlar) tegishli bo’lsa, ikkinchisiga – polimerlarning suvli va
organik dispersiyalari (organozollar va plastizollar) tegishli. Quyida eng ko’p
tarkalgan misollardan emallar va suvli-dispersion bo’yoqlar ishlab chiqarishni
ko’ramiz.
Emallar ishlab chiqarish. Emallarni oligomerlar (polimerlar)ning organik
erituvchilardagi eritmalarini pigmentlab olinadi. Ulardan ximoya va dekorativ
funksiyalarini bajaruvchi, tashqi yuza qatlamlarga ishlatiladigan lok-bo’yoq
qoplamalari olinadi.
Emallar ishlab chiqarish texnologik jarayonining asosiy operatsiyalari
quyidagilar: pigmentlarni (to’ldiruvchilarni) oligomer (polimer) eritmasi bilan
aralashtirish yoki pigment pastasini tayyorlash; pigment pastasini dispergirlash;
emalni tuzib tarkiblash; tozalash va qadoqlash.
Pigment pastasini tayyorlash, odatda, maxsus aralashtirgichlarda amalga
oshiriladi, jixozlarning konstruksiyasi dispergirlash operatsiyasining apparatura
ko’rinishiga bog’liq. Shunday qilib, agar dispergirlash biser dispergatorlarida
o’tkazilsa, u xolda pastalar tez aylanuvchan disksimon tishli aralashtirgichlarda
tayyorlanadi. Agar dispergator sifatida sharli tegirmonlardan foydalanilsa, u xolda
maxsus aralashtirgichlarga extiyoj bo’lmaydi va pastalarni bevosita sharli
15
tegirmonda tayyorlanadi.
Pigment pastalarini tayyorlashda retseptura bo’yicha xisoblangan pigmentlar
va to’ldiruvchilar miqdori to’laligicha ishlatiladi. Qoplama xosil qiluvchi modda
esa qisman sarflanadi.
Dispergirlash jarayoni tugagach, pigment pastasiga qoplama xosil
qiluvchining qolgan qismi va maxsus qo’shimchalar (sikkativlar, plastifikatorlar va
boshqalar) qo’shiladi. Aynan shu operatsiya emalni tarkiblash jarayoni bo’ladi.
So’ngra emal qovushqoqligi va rangi bo’yicha erituvchilar va koler pastalari
qo’shib standartlanadi (ishlab chiqarishda buni “tipga keltirish” deyiladi).
Lok-bo’yoq qoplamasi chiroyli tashqi ko’rinishga ega bo’lishi uchun emalda
biron-bir pigment agregatlari bo’lmasligi, shuningdek, begona zarrachalar (chang,
qil, tolalar va boshqalar) bo’lmasligi lozim. Bu zarrachalarning bo’lishi
qoplamalarning ximoyalash xossalarini pasaytiradi, shuning uchun emalni
filtrlarda yoki sentrifugalarda yaxshilab tozalanadi.
Emallar ishlab chiqarishning xar qanday texnologik jarayoni ayni bir xil
asosiy operatsiyalarni o’z ichiga olsada, biroq uni turlicha usullarda olib borish
mumkin.
Ularning biriga ko’ra, retsepturada ko’rsatilgan xamma pigmentlar
aralashmasi polimer eritmasida (lok) dispergirlanadi; bunda olingan pigment
pastasi rangi tayyorlanayotgan emal rangiga mos bo’ladi (rangli pastalar usuli).
Boshqa usulga ko’ra, xar bir pigment (yoki bir xil rangli pigmentlar aralashmasi)
loklarda aloxida dispergirlanadi, buning natijasida turli ranglardagi bir pigmentli
(bir kolerli) pastalar olinadi va ularni bir-biriga qo’shib aralashtirib emal
tarkiblanadi (bir pigmentli pastalar usuli). Uchinchi usul bo’yicha xam avval bir
pigmentli (yoki bir kolerli) pastalar olinadi, keyin ularni qovushoqligi tayyor emal
qovushoqligiga yaqin kelgunicha suyultiriladi (lok, erituvchi bilan) va faqat
shundan keyin tayyorlanayotgan emal rangiga bog’liq nisbatlarda aralashtiriladi.
Suyultirilgan bir pigmentli (bir kolerli) pastalarni, odatda, bir pigmentli
yarimtayyor (polufabrikat) emallar deyiladi. Bu usul kamdan-kam xolatlarda
qo’llaniladi, chunki undan foydalanish uchun ko’p yordamchi jixozlar kerak
16
bo’ladi.
Keyingi yillarda emal ishlab chiqarishning yana bir usuli keng tarqaldi –
bazaviy emallar asosida maxsulot olish. Bu usulga ko’ra, avval bir kolerli oq rangli
emal (“bazaviy emal”) olinadi va keyin uning asosida, unga koler pastalari
(konsentrlangan yoki suyultirilgan) qo’shib xar xil rangli emallar tayyorlanadi.
Emallarni bir pigmentli pastalar va oq bazaviy emallar usullarida ishlab
chiqarish loklarda xama pigmentlarni dispergirlab emal tayyorlash usuliga nisbatan
tayyor maxsulotni anchagina kolerlashni ta’minlaydi. Bu usullarni qo’llash
natijasida mexnat unumdorligi va jixozlardan foydalanish koeffitsenti oshadi.
Shuningdek jarayonni avtomatizatsiyalash va bir rangli emal ishlab chiqarishdan
boshqa rangga o’tish yengillashadi. Bu afzalliklarning xammasi ko’p xajmda emal
ishlab chiqarishda ko’proq darajada namoyon bo’ladi.
Emal ishlab chiqarish xar bir aniq xolatda ishlab chiqarish masshtabi, tayyor
maxsulot assortimenti va uning sifatiga bo’lgan talablarni xisobga olgan xolda
tanlanishi lozim[2].
Biser dispergatorlarida 1-3 xar bir pigment aloxida dispergirlanadi. Sxemada
ular uchta ko’rsatilgan, ba’zan esa retseptura tarkibiga kiruvchi pigmentlar soniga
ko’ra ko’proq talab qilinadi. Pigment pastalarini tayyorlash o’zgaruvchan ravishda
ishlaydigan tez aylanuvchan aralashtirgichlarda (disolverlarda) (4, 5 va 6) amalga
oshiriladi. Disolverlarning bu tartibda ishlashi biser tegirmonlarini uzluksiz
ishlashini ta’minlaydi. Pigmentlar disolverlarga bunkerlardan 7, 8 va 9 shnekli
dozatorlar 10-12 orqali uzatiladi. Erituvchi va lok disolverlarga dozalovchi
agregatlar 13, 14 va 15 orqali uzatiladi. Tayyor pastalar yig’uvchi sig’imlarda 16-
18 yig’iladi. Pastalarni biser dispergatorlari va yig’uvchi sig’imlarga uzatilishi
nasoslar 19 orqali amalga oshiriladi. Aralashtirgichlarda 20 emallar tarkiblanadi.
Emalning boshqa komponentlari aralashtirgichga dozalovchi agregat 21 orqali
uzatiladi. Emallarni standartizatsiyalash xam aralashtirgichlarda o’tkaziladi.
Tayyor emallar nasoslar 23 yordamida filtrlardan 22 utib qadoqlovchi agregatlarga
yunaltiriladi.
17
Rasm 1.
Bir pigmentli pastalar usulida rangli emallarni uzluksiz ishlab chiqarish
texnologik sxemasi:
1-3 - biser dispergatorlari; 4-6 - disolverlar; 7-9 – bunkerlar; 10-12- shnekli
dozatorlar; 13-15, 21- dozalovchi agregatlar; 16-18 – yig’uvchi sig’imlar; 20-
aralashtirgich; 19, 23 – nasos; 22 – filtr.
Rangli emallarni oq bazaviy emallar usulida uzluksiz ishlab chiqarishning
texnologik sxemasi 2-chi rasmda ko’rsatilgan.
Rasm 2.
Rangli emallarni oq bazaviy emallar usulida uzluksiz ishlab chiqarishning
texnologik sxemasi :
1-uzluksiz ishlovchi dissolver; 2-bunker; 3-shnekli dozator; 4, 14-dozalovchi
agregatlar; 5-qizdirgich; 6,8,16-nasoslar; 7-biser dispergator; 9,13-aralashtirgich;
18
10-dozalovchi nasos; 11,15-filtrlar; 12-yig’uvchi sig’im.
Yuqorida ko’rib o’tilgan sxemadan farqli ravishda bu yerda oq pigment
pastasi uzluksiz ishlovchi disolverda 1 tayyorlanadi. Unga pigment shnekli dozator
3 orqali bunkerdan 2 uzatiladi. Lok va erituvchi dozalovchi agregat 4 orqali
uzatiladi, bunda lok qizdirgichdan 5 o’tadi. Disolverdan pigment pastasi nasos 6
yordamida biser dispergatoriga 7 uzatiladi, undan esa nasos 8 yordamida oq
bazaviy emallar olish uchun aralashtirgichga 9 uzatiladi. Shu aralashtirgichlarga
nasos 10 yordamida lok quyiladi. So’ngra tayyor oq bazaviy emal filtrda 11
tozalanadi va yig’uvchi sig’imlarga 12 yig’iladi. Rangli emallarni tarkiblash
aralashtirgichlarda 13 o’tkaziladi. Buning uchun oq bazaviy emal, bir pigmentli
pastalar (ular 1-chi rasmdagi sxemaga ko’ra tayyorlanadi), erituvchilar va boshqa
zarur
qo’shimchalar kerakli miqdorda dozalovchi agregat 14 orqali
aralashtirgichga uzatiladi. Emalni standartizatsiyalash xam shu yerda utkaziladi.
Tayyor rangli emal filtrlarda 15 tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |