Namangan muhandislik-texnologiya instituti



Download 298,74 Kb.
bet1/18
Sana01.01.2022
Hajmi298,74 Kb.
#304199
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
2 520629842780514


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

IQTISODIYOT” FAKULTETI

MARKETING” KAFEDRASI

5230400 – “Marketing” (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabasining

Malakaviy Amaliyot

HISOBOTI

BAJARDI: Turg’unboyev B.

QABUL QILDI: ____________________________

NAMANGAN 2021

LOGISTIKA VA MARKETING

LOGISTIK MARKETING

REJA:

KIRISH


  1. Bob. Logistika va marketing tahlili

    1. Logistika faoliyati, funksiyalari va tamoyillari

    2. Marketing tushunchasi, vazifalari va funksiyalari

    3. Logistik marketing

Xulosa

Kirish

O‘quvchilar amaliyoti bu mutaxassislik fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan, o‘qish jarayoning bevosita korxona, tashkilot, va muassasalarda ishlab chiqarish sharoitlarida o‘tkaziladigan davomidir.

“Ishlab chiqarish amaliyoti” – o‘quv mashg‘ulotlari turi. Unda o‘quvchilar korxona, bank, tibbiyot, pedagogika va boshqa muassasalarda o‘quv dasturlarida belgilangan ishlab chiqarish vazifalarini mustaqil ravishda bajaradilar. Ishlab chiqarish amaliyoti talaba yoki o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy yoki unumliy mehnat bilan bog‘lab, ularda ko‘nikma va malakalar hosil qiladi. Ishlab chiqarish amaliyot muddati muayyan o‘quv yurtining tasdiqlangan o‘quv rejasida belgilanadi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish zamonaviy marketing uslublarini joriy etishni taqozo etadi.

Marketing ilmiy sohalardan biri sifatida mutaxassislarga qaror qabul qilishga yordam beradigan nazariy kontseptsiyalar va uslubiyotlarni tanlash mumkinligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun marketingning yetakchi kontseptsiyalari va vositalarini tadqiqot etish « Marketing » fanini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki marketing faoliyati sohasiga jamiyat hayoti jarayonlarining ob’yektlari-moddiy boyliklar, xizmatlar, tajribalar, voqealar, shaxslar, jo‘g‘rofiy hududlar, mulklar, korxona va tashkilotlar, axborot va g‘oyalar kiradi.

Marketing sohasi mutaxassislari o‘zlarining bilimlarini tovar mahsulotlari va xizmatlarga bo‘lgan talabni optimallashtirish yo‘lida foydalanishlari, talabning barcha holatlarini boshqarish ko‘nikmalarini egallashlari lozim bo‘ladi.

Bundan tashqari, ishlab chiqarishi va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyat va marketing sohasida erishgan muvoffaqiyatlari hamda ijobiy tajribalarini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish va amaliyotda qo‘llay bilish yoshlarda O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatiga, kelajagiga bo‘lgan ishonchini yuksaltiradi, vatanga bo’lgan mehr-muhabbatini oshiradi.

Bugungi kunda mamlakatimizni, avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur o‘ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta'siridan himoya qiladigan kuchli to‘siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli himoya vositasini yaratdi.

Moddiy oqimlarni boshqarish har doim xo‘jalik faoliyatining muhim tomoni hisoblanib kelingan, biroq nisbatan yaqin vaqtlarda u iqtisodiy faoliyatning eng muhim vazifalaridan biri tarzidagi mavqega ega bo‘ldi. Asosiy sabab -iste’molchining tez o‘zgaruvchi hoxish-istaklariga tez moslashuvchan bo‘lgan ishlab chiqarish va savdo tizimlari zaruriyatini tug‘dirgan sotuvchi bozoridan iste’mol bozoriga o‘tishidir.

Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko‘nikmalarini kengaytirish bilan bog‘liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganishda «Logistika» alohida o‘rin tutadi.

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda raqobat bozorida kimki logistika sohasida layoqatli (kompetentli) bo‘lsa, yetakchilik mavqeyiga ega bo‘ladi.

Jarayonlami tashkil etishning logistik konsepsiyasini faqatgina logistika sohasida mutaxassislar tomonidangina amalga oshirib bo‘lmaydi. Jarayonlarni tizimli tashkil etish falsafasi biznesning tayanch falsafasi bo‘lishi lozim. Tijoratchilar, iqtisodchilar, turli larmoq menejerlari logistika konsepsiyasini tushunishlari va qabul qilishlari, jarayonlarni logistik tashkil etishning asosiy usullarini bilishlari hamda erishiladigan samarani ko‘zda tutadigan bo'lishlari kerak. Shuning uchun ham bugungi kunda logistika sohasidagi keng qamrovdagi oliy ta’lim vazifasi nihoyatda muhim hisoblanadi.

Ma’lumki, g‘arb logistikasi modellari mamlakatimiz xo‘jalik amaliyotiga har doim mos kelavermaydi. Logistik tizimlar — bu atrof-muhit bilan uzviy aloqasiz qarab bo‘lmaydigan jonli tizimlardir. G‘arb tizimlaridan nusxa olish strategiyasi — bu egalik strategiyasi bo‘lib, biroq yetakchilik strategiyasi emas. Mamlakatimiz iqtisodiyotiga, birinchi navbatda, bizning sharoitimizga to‘g‘ri keladigan, jarayonlar samaradorligining keskin o‘sishiga imkon beruvchi logistika falsafasini tadbiq etish lozim.

Yangi ilmiy va o‘quv «logistika» fanini o‘rganish obvekti moddiy va ular bilan bog‘liq bo‘lgan axborot oqimlari hisoblanadi. Fanning dolzarbligi va uni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning keskin ortishi logistik yondoshuvdan foydalanish orqali moddiy tizimlar faoliyati samaradorligini oshirishning potensial imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Logistika xomashyo va yarimtayyor mahsulotlar olib kelish bilan iste’molchiga tayyor mahsulot yetkazib berish o‘rtasidagi vaqt oralig‘ini keskin qisqartirish imkonini beradi. Yuklarni saqlash va tashish xarajatlarini keskin qisqartirishga imkoniyat yaratadi. Logistikaning qo‘llanishi ma’lumot olish jarayonini tezlashtiradi, serviz xizmati darajasini oshiradi.

Logistika sohasidagi faoliyat ko‘p qirralidir. U transport, ombor xo'jaligi, zaxiralar, xodimlar boshqaruvi, axborot tizimlari, tijorat faoliyati va boshqalarni tashkil etishni qamrab oladi. Sanalgan vazifalarning har biri tegislili soha fanida chuqur o'rganilgan va bayon etilgan. Logistik yondashuvning yangiligi yuqorida sanalgan faoliyat sohalarining maromli tashkil etilgan yengil boshqaruvini va yuqori samarali material o'tkazuvchi tizimlarini yaratish maqulidagi uzviy bog‘liqligini ta’minlash hisoblanadi.





    1. Download 298,74 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish